Mavzu: O`zbekistonda targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirishga oid islohotlarning amalga oshirilishi Reja


Namanganda ulug` o`zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi



Download 142,82 Kb.
bet7/8
Sana06.06.2022
Hajmi142,82 Kb.
#642179
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil Ozbekiston

Namanganda ulug` o`zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboev nomli maqomchilar muzey, Urganchda Xorazm amaliy san`ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o`g`lining uy-muzeyi, Toshkentda o`zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o`zbek raqqosasi Mukarram Turg`unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta`lim muassasalarida ko`plab muzeylar ochildi.
1996 yili 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo`lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko`rsata boshladi. Bu muzey o`zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo`lib qoldi.
1996 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o`sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo`lyzmalari, Ulug`bekning astromik va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi.
O`zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta`minlaga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg`armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta`minoti bo`yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta`mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlanadi. Muzeylar faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatish, moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda “O`zbekmuzey” Respublika jamg`armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko`maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta`sis etildi va u 1999 yildan boshlab o`zbek, rus va ingiliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.
O`zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nrdir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me`moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro`yxatiga kiritilgan. 2005 ta me`moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san`at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo`riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar , me`moriy obidalar, monumental san`at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e`tirof etiladi.
O`zbekiston muzeylari aholi orasida o`lkamiz tarixi, xalq amaliy san`ati asarlaridan iborat etnografik ko`rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma`naviy kamolati yo`lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo`riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san`at asarlari oldida ta`zim etmoqdalar. Franciya, Turkiya, eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O`zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 26 майдаги “Маданият ва санъат соҳасининг жамият ҳаётидаги ўрни ва таъсирини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6000-сон Фармони қабул қилинди.
Фармон асосида Ўзбекистон Республикасида миллий маданиятни янада ривожлантириш, янги Ўзбекистоннинг янги тарихини яратиш, моддий ва номоддий маданий мерос дурдоналарини сақлаш ва тарғиб этиш, халқ оғзаки ижодиёти ва ҳаваскорлик санъатини янада оммалаштириш, юртимизнинг жаҳон маданий маконига фаол интеграциялашувини таъминлаш, маданият ва санъат соҳасини инновацион ривожлантиришга қаратилган тизимли чора-тадбирлар амалга оширилди.
- 2018 йил 28 ноябрдаги ПҚ-4038-сон қарори билан Ўзбекистон Республикасида миллий маданиятни янада ривожлантириш Концепцияси ва уни амалга ошириш бўйича Йўл харитаси тасдиқланди;
- маданият ва санъат ташкилотларининг «дўстлар клублари» фаолиятини йўлга қўйиш орқали уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, моддий-техника базасини мустаҳкамлаш бўйича мутлақо янгича самарали тизим яратилди;
- музейлар реновация дастури қабул қилинди, ўзбек халқининг кўҳна ва бетакрор санъати намунаси бўлган «Хоразм лазгиси» ЮНЕСКОнинг Инсоният номоддий маданий меросининг репрезентатив рўйхатига киритилди;
  • маданий мерос объектлари ва санъат ашёларини реставрация қилиш бўйича миллий мактаб, шунингдек, халқ чолғулари, миллий рақс, мақом йўналишларида республика кўрик-танловлари қайта тикланди;
  • мамлакатимизда мунтазам равишда ўтказиладиган Халқаро мақом санъати анжумани, Халқаро бахшичилик санъати фестивали, «Шарқ тароналари» халқаро мусиқа фестивали, «Буюк ипак йўли» халқаро фольклор санъати фестивали ҳамда «Рақс сеҳри» халқаро фестивали ташкил этилиб, ўзбек мумтоз ва фольклор санъатининг ноёб намуналари ва анъаналарини ҳамда маданий мулоқотни янада ривожлантириш бўйича самарали тизим йўлга қўйилди.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni asosida quyidagilar tashkil etildi:
  • maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy maktabi muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’at instituti;

  • - davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
    Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji tashkil etildi.
  • Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etildi.
  • V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq etgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi.


  • Download 142,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish