Integral — mujassam, ajratib bо‘lmaydigan kism degan ma’noni bildiradi. Har bir bola ta’limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng xukukka ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "Hamma uchun ta’lim" dasturini qabul qiladi. О‘zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo chekdi. Keng miqyosda "Hamma uchun ta’lim"(Obucheniye dlya vsex) joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi.
Rivojlangan mamlakatlarda "Maxsus ta’lim zaruriyati" nomli xujjatga javoban SVR —Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi hamda kasaba uyushmalarining vakillarini о‘z ichiga qamrab olgan. Uning asosiy maqsadi — jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni himoyalash, huquqlarini tiklash, vakolat berish, ta’limtarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |