kichik biznesni innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
kichik biznesni innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
kichik biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlarni samaradorligi oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish;
kichik biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishni moddiy ta’minotini takomillashtirish;
kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish;
kichik biznes saohasi uchun malakali raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
kichik biznesda kooperatsiyani chuqurlashtirish.
Kichik biznesni ushbu yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamalkatimiz sharoitlariga tatbiq etish muhimdir.
Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya va Fransiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek ishlob chiqarish tuzilmasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italyan modeli»dir. Bunday sanoat okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ladi, jumladan:
korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi;
korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi;
korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid ma’lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga keladi;
milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar yetakchi mavqega ega bo‘ladi;
tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida bandlik yuqori darajada bo‘ladi.
Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli «konstellyatsiya» ahamiyati alohida e’tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik jarayon uchun mas’ul bo‘ladigan, ba’zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar. Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi, shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi.