Mavzu: O’zbekistonda kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasini isloh qilish


Milliy dastur quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi



Download 26,53 Kb.
bet2/2
Sana16.07.2022
Hajmi26,53 Kb.
#810442
1   2
Bog'liq
2 5278608720538900583Sanoxat Xakimova 102

Milliy dastur quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish.
Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash
Kadrlar tayyorlash tzimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassisilar bilan ta'minlash,
pedagogik faoliyatning kunduzgi va ijtimoiy maqomini ko'tarish kabilar kiradi.

TEST


  1. Malakali kadr tayyorlash jarayoni necha bosqichga bo‘linadi?

    1. 5

    2. 4

    3. 2

    4. 3

  2. Malakali kadr tayyorlash jarayonining 2 bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

    1. 2005 -2007

    2. 2003-2004

    3. 2004-2009

    4. 2001-2005

  3. 2010 yilda davlat budjetining qanchasi mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog’liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan?

    1. 45%

    2. 70%

    3. 60%

    4. 50 %

  4. Malakali kadr tayyorlash jarayonining 1 bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

    1. 2003-2004

    2. 2007-2009

    3. 1997-2006

    4. 1997-2001

  5. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qachon qabul qilingan?

    1. 2009

    2. 2007

    3. 1999

    4. 1997

  6. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ Oliy Majlisning nechanchi sessiyasida qabul qilingan?

    1. 7

    2. 4

    3. 10

    4. 9

  7. Malakali kadr tayyorlash jarayonining 3 bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

    1. 2003 dan hozirgacha

    2. 2009 dan hozirgacha

    3. 1999 dan hozirgacha

    4. 2005 dan hozirgacha

  8. "...o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish” bu Malakali kadr tayyorlash jarayonining nechanchi bosqichida nazarda tutilgan jumla?

    1. 3bosqichida

    2. 2bosqichida

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. 1 bosqichida

  9. "...ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta'minlash" bu Malakali kadr tayyorlash jarayonining nechanchi bosqichida nazarda tutilgan jumla?

    1. 1bosqichida

    2. A javob to‘g‘ri

    3. 2 bosqichida

    4. 3 bosqichida

  10. "...ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlarni va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash" bu Malakali kadr tayyorlash jarayonining nechanchi bosqichida nazarda tutilgan jumla?

    1. 3bosqichida

    2. 1bosqichida

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. 2 bosqichida

  11. "Agarki dunyo imoratlari ichida eng uluqi maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir” bu jumla Prezidentimizning qaysi asarida keltirilgan?

    1. “Siyosat “

    2. “ Xalq bilan bo‘l “

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. “Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch"

  12. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qaysi qonun chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan?

    1. Qonunchilik palatasining

    2. Oliy Sud tizimining

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. Oliy Majlisning

  13. I. A. Karimov rasman mustaqillikni e'lon qildi?

    1. 1991 29 avg

    2. 1990 31 avg

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. 1991 31 avg

  14. Sh. Mirziyoyev qachondan boshlab Prezidentlik lavozimiga o‘tirdi?

    1. 2000

    2. 2020

    3. 2017

    4. 2016

  15. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejida ta'lim necha yil bo‘lgan avvallari?

    1. 5

    2. 4

    3. 2

    4. 3

  16. Maktab bosqichida necha yillik ta'lim bo‘lgan?

    1. 11

    2. 12

    3. 10

    4. 9

  17. Davlat budjetining 50%I qachon ta'limga yo‘naltirilgan?

    1. 2009

    2. 2005

    3. 2012

    4. 2010

  18. Nechanchi yilda Inqirozga qarshi dasturlar ishlab chiqilgan?

    1. 2010

    2. 2008

    3. 2005

    4. 2009

  19. 2009 yilda necha yillik o‘quv majburiy edi?

    1. 10

    2. 9

    3. 11

    4. 12

  20. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qaysi qonun dasturiga kiradi?

    1. Oliy Majlis

    2. Sud tizimi to‘g‘risidagi

    3. A va B javoblar to‘g‘ri

    4. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun

2-Topshiriq.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashab­busi bilan Oʻzbekiston tashqi siyosatida tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bu jarayonda Markaziy Osiyo mintaqasi tashqi siyosatning muhim yoʻnalishi sifatida belgilangani yaxshi qoʻshnichilik va qardoshlik anʼanalarini mustahkamlash, doʻstlik, hamkorlik muhitini kuchaytirishga zamin yaratmoqda. Tabiiyki, bunday yaqin aloqalar mamlakatlarimiz iqtisodiyoti rivojida ham oʻz samarasini namoyon qilayotir.Raqamlarga murojaat qilsak, 2017-yilda mintaqaning yalpi ichki mahsuloti 253 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yil yakuniga kelib, pandemiya boʻlishiga qaramay, bu koʻrsatkich 300 milliard dollarga yetdi. Mintaqa davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan savdo aylanmasi ham 2020-yilda 168 milliard dollarga yetib, 56 foizga oshdi. Bularning barchasi uzoqni koʻzlab yuritilayotgan oqilona siyosat samarasidir.Yurtimizda va mintaqamizda erishilayotgan bunday muhim natijalar xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilayotgani quvonarlidir. Qolaversa, tashqi siyosat sohasidagi dadil qadamlar tufayli Oʻzbekistonga xalqaro hamjamiyatning hurmat-eʼtibori oshdi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo yakdil mintaqa sifatida baholanishiga erishildi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan soʻng mintaqada turli integratsiya loyihalari yaratilgan. Ular sirasiga Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, Markaziy Osiyo ittifoqi tashkil etilishini kiritish mumkin. Bir qator omillar sabab ularning faoliyati uzoq davom etmadi. Ammo mintaqaviy hamkorlikka toʻsqinlik qiluvchi ushbu sabab­lar vaqtinchalik edi. Zero, mintaqa xalqlarining tarixiy ildizlari, madaniyati, din va til uygʻunligi, shuning­dek, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik paydo boʻlayotgan muammolarga birgalikda javob berish, ularga samarali yechim topish yoʻllarini izlash va taraqqiyot yoʻlida birgalikda intilish uchun zamin yaratmoqda.Garchi, bugungi kunda har bir davlat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni hamda turli tashqi siyosiy va iqtisodiy ustuvor yoʻnalishlarni mustaqil ravishda tanlagan boʻlsa-da, mintaqa davlatlarining barchasini koʻp asrlik savdo-iqtisodiy aloqalar, transport va energetika kommunikatsiyalarining rivojlanayotgan tarmogʻi, shuningdek, xavfsizlikka tahdid va xatarlarni bartaraf etishga intilish istagi birlashtiradi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yana-da qulay va samarali hamkorlik uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud.
MINTAQAVIY HAMKORLIKKA KOʻMAKLASHUVCHI ASOSIY OMILLAR
Jahon savdo yoʻllari chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo qadimdan madaniyatlar va sivilizatsiya­larning oʻzaro taʼsiri jarayonida muhim oʻringa ega boʻlgan. Buyuk ipak yoʻli (miloddan avvalgi II asr — milodiy XV asr) xalqaro transport aloqa yoʻli sifatida nafaqat Osiyo va Yevropa savdo yoʻnalishlari, balki qitʼalar va mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro axborot-sivilizatsiya muloqotini ham taʼminlagan, yangi texnologiyalar va yangiliklar tarqalishida oʻziga xos chorraha vazifasini oʻtab, qishloq xoʻjaligi ekinlari, agrotexnologiyalar, sivilizatsiyalararo va texnologik almashinuv, shuningdek, madaniy qadriyatlar uchun ham qulay sharoitlarni yuzaga keltirgan. Transport-infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni takomillashtirish va Markaziy Osiyoga xalqaro tranzit yuk tashuvchilarni jalb etish mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi eng muhim vazifalardan biridir. Uni hal etish mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash zarurati bilan belgilanadi.
Markaziy Osiyo davlatlarini zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi turish zarurligi va buni faqat mintaqada joylashgan barcha davlatlarning faol ishtiroki yordamida amalga oshirish mumkinligi haqidagi umumiy tushuncha birlashtirib turadi. Bularning barchasi mintaqaviy oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyoni “hamkorlik va taraqqiyot mintaqasi”ga aylantirish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
YANGI SIYOSAT — YANGI UMIDLAR
Prezidentimiz tashabbusi bilan yuritilayotgan tashqi siyosatning muhim yoʻnalishi mintaqamiz mamlakatlarining ana shunday salohiyatini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqsad yoʻlida olib borilayotgan izchil siyosat tufayli Oʻzbekiston xalqaro munosabatlar tizimida odatiy ishtirokchidan faol, tashabbuskor davlatga aylandi. Buni mintaqaviy va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan taklif-tashabbus­lar va ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani misolida koʻrish mumkin. Bu borada erishilayotgan yutuqlarga toʻxtalsak. Markaziy Osiyoda, eng avvalo, siyosiy muloqot, oʻzaro ishonch muhiti yuksak darajaga koʻtarildi. Buning aniq natijasi sifatida ­Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari tashkil etilgani boʻldi. Mazkur uchrashuv doimiy muloqot maydoniga asos soldi, mintaqada xavfsizlik, barqaror rivojlanishni taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.Siyosiy aloqalarning faollashuvi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-­sotiqning rivojlanishi mintaqaning investitsion jozibadorligi oshishiga zamin yaratmoqda. 2020-yil yakuniga koʻra, mintaqaga kiritilgan jami xorijiy sarmoyalar qiymati 37 milliard dollarni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 40 foizga oshdi. Bu raqamlar qisqa muddatda qanchalik oʻsishga erishilganini yaqqol ifoda etadi.Madaniy gumanitar aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Birgina turizm sohasini olaylik. Bugungi kunda bu yoʻnalishda ilgari deyarli foydalanilmagan imkoniyatlar ochil­yapti. 2017-yilda mintaqaning besh davlatiga 9,5 million sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, pandemiya davriga qadar bu koʻrsatkich ikki barobar oshgan.Mintaqadagi bunday oʻzgarishlar transmintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga ham qulay sharoit yaratmoqda. Yaʼni Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO — YAGONA MAKON, YANGI IMKONIYATLAR
MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO — YAGONA MAKON, YANGI IMKONIYATLAR
Aytish kerakki, mamlakatimiz tashqi siyosatida Janubiy Osiyo hamisha ustuvor yoʻnalish boʻlib kelmoqda. Ammo yaqin-yaqingacha biz Janubiy Osiyoga nisbatan asosan Afgʻoniston omili orqali, yaʼni xavfsizlik nuqtayi nazaridan yondashib kelganmiz. Buning natijasida ikki tomonlama munosabatlar yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmadi, mavjud imkoniyatlardan foydalanilmadi. Buni raqamlar bilan ifodalaydigan boʻlsak, 2017-yil Oʻzbekistonning ­Janubiy Osiyoning yetakchi davlatlari — Pokiston bilan savdo aylanmasi atigi 36,5 million dollarni, Hindiston bilan 323 million dollarni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2020-yil 123 million dollar va 442 million dollarga yetdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda xalqaro munosabatlar sohasida mazkur davlatlar bilan ham munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Bugungi kunda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik kuchaydi.Aytish kerakki, Janubiy Osiyo biz uchun yirik bozor, aholi nufusi 2 milliarddan ortiq. Yalpi ichki mahsuloti 3,4 trillion dollar. Janubiy Osiyo mamlakatlarining oʻrtacha yillik oʻsishi 6-7 foiz. Bu shuni ifodalaydiki, yonginamizda shunday katta iqtisodiy makon bor. Undan unumli foydalanish ikki tomonga ham katta manfaat yetkazadi. Buni boy tariximiz yaqqol isbotlaydi. Agar tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari azaldan yagona makon sifatida uygʻun rivojlanib kelgan, barcha sohalarda yaqin hamkorlik qilgan. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlari va boshqa tarixiy manbalar bu yaqin rishtalarning yaqqol dalilidir. Bugungi saʼy-harakatlarimizning asosiy maqsadi ana shu tarixiy aloqalarni tiklash, xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik, qardoshlik rishtalarini yana-da mustahkamlash, pirovardida mamlakatlarimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston soʻnggi yillarda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni tobora rivoj­lantirmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari dengiz yoʻliga chiqish uchun bir davlatni, faqat Oʻzbekiston ikki davlat hududini kesib oʻtishi kerak. Bu iqtisodiy oʻsishga jiddiy toʻsiq boʻlmoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo davlatlaridan Shanxayga bitta konteyner yetkazish Turkiya va Polsha davlatlariga nisbatan 5 barobar qimmat. Yana bir maʼlumot, dengizga chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan davlatlar eksport daromadlarining 18 foizini transport xarajatlariga ishlatadi. Bu koʻrsatkich dengizga chiqish imkoniyatiga ega davlatlarda 9 foizni tashkil etadi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotgan “Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yoʻli qurilishi mintaqalarimizning iqtisodiy rivojlanishini tubdan oʻzgartirishi shubhasiz. Iqtisodiy tahlilchilarning maʼlumotiga koʻra, yangi yoʻl ishga tushishi bilan Markaziy ­Osiyodan Janubiy Osiyoga bitta konteynerni yetkazish narxi 900 dollardan 286 dollarga arzonlashadi. Bundan tashqari, yuk tashishga sarflanadigan vaqt 35 kundan 3-5 kungacha qisqaradi. Shu bilan birga, eksport salohiyati ham keskin oshadi.Oʻz navbatida, xavfsizlik masalalarini ham inkor etib boʻlmaydi. Xususan, Afgʻonistondagi notinchlik,terroristik guruhlarning faoliyati bu boradagi ezgu maqsadlarimizga toʻgʻanoq boʻlishi tabiiy. Shu bois, Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishdan doimo manfaatdor va bu yurtda tinchlikni mustahkamlash, turli tarmoqlarni rivojlantirishga hissa qoʻshishga intilib kelyapti.
OʻZARO BOGʻLIQLIK KONSEPSIYASI YARATILMOQDA
Ikki mintaqaning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash uchun soʻnggi yillarda davlatlarimiz oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlar va bir qator xalqaro tashkilotlar doirasida koʻp tomonlama faol tashqi siyosat olib borilmoqda. Yuqori darajadagi uchrashuvlar tashkil etilyapti. Bundan tashqari, transmintaqaviy loyihalar ham rivoj­lanmoqda. Ularni amalga oshirish jarayonida erishilayotgan natijalar barobarida hali yechimini kutayotgan muammolar ham yoʻq emas.
3-Topshiriq.
2017 yil 16 noyabr kuni Axborot- resurs markaziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” nomli asarining 1-jildi qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining 1-jildidan davlatimiz rahbarining 2016 —2017 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi, Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishlarida, O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda, turli soxa vakillari bilan uchrashuvlarda,Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida, halkaro anjumanlar, tadbir va marosimlarda so‘zlagan nutq va ma’ruzalari hamda tabriklari o‘rin olgan Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев асарларининг 2-жилдиди уч бўлимдан иборат болиб, унинг биринчи бўлимига мамлакатимиз сиёсий-ижтимоий ҳаётидаги энг муҳимвоқеалар муносабати билан сўзлаган нутқ ва маърузалар ҳамда давлатимиз раҳбарининг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи киритилган.
Китобнинг иккинчи бўлмидан хорижий давлатлар ва нуфузли халқаро ташкилотлар раҳбарлари билан учрашувлардагио нутқ ва марузалар, учинчи бўлимдан эса юртимизда кенг нишонланиб келаотган умумхалқ байрамалари, тарихий саналар, турли ҳалқаро анжуманлар, тадбир ва маросимлар муносабати билан ёъланган табриклар ўрин олган.
Download 26,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish