Mavzu: O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati. Reja


O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan islohatlar va ularning natijalari



Download 72,09 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2022
Hajmi72,09 Kb.
#452577
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati

O’zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan islohatlar va ularning natijalari

Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning sifat jihatidan yangi bosqichi bosib o‘tilgan yo‘lga xolis va tanqidiy baho berishni, islohotlarning dastlabki bosqichlarida ilgari surilgan tamoyillar va yondashuvlarning amalga oshirilishi samarali va to‘liq ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning mos mexanizmlarini yaratishda to‘siq bo‘layotgan omillarni aniq belgilashni taqozo etadi.


Demokratik bozor islohotlari hamda yangilanish yo‘lida qilinayotgan barcha ishlar xalq manfaati uchun, uning farovonligini ta'minlashga qaratilib, iqtisodiyotning amaldagi holatiga asoslangan holda ijtimoiy himoya mexanizmlarini mustahkamlash, uni aniq toifadagi kishilarga qaratilishini kuchaytirish zaruriyatini ko‘rsatadi. Bu aholini ijtimoiy himoya qilishda aniqlik va adolatni, shu maqsadlar uchun ajratilayotgan katta miqdordagi mablag‘lardan o‘rinli foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning ijrosi esa, jamiyat barqarorligi, fuqarolar osoyishtaligi va millatlar totuvligini ta'minlaydigan omildir.
Ilmiy tadqiqotimiz davomida ijtimoiy himoya tizimining tartibga solinishida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari faoliyati boshlangan dastlabki yillardan madadga muhtoj deb topilgan kam ta'minlangan ko‘p farzandli oilalarni moddiy ta'minlash maqsadida davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ ajratildi23.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofazalash Vazirligining ijtimoiy madad sohasidagi ko‘rsatkichlari dastlabki 2 yil ichida mahalla tizimiga yo‘naltirilgan umumiy mablag‘ oxirigacha sarflanmaganligi ko‘rsatadi. Dastlab, hisobot yili oxirida ortib qolgan mablag‘dan mahalladagi boshqa ijtimoiy maqsadlarda foydalanilgan. Chunki qonunlar va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar, shuningdek, qarorlar ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshiradigan mahalla kengashlari davlat mablag‘laridan foydalanishda juda ehtiyotkordir. Ular javobgarlikdan va davlat pulini suiste'mol qilishda mahalla ahli tomonidan ayblanishdan, ya'ni, jamoatchilik nazoratidan xavfsiraydilar. Shunday bo‘lsa-da, bizning tadqiqotlarimiz 1997-1998 yillarda respublika bo‘yicha mahallalarning umumiy sonidan 2,3% da ijtimoiy ta'minotni tayinlash va taqsimlashda suiste'molliklar sodir etilganligini ko‘rsatadi. Bu suiste'molliklarning ko‘pchiligi aslida muhtoj bo‘lmagan qatlamlarga mahalla kengashi raislari tomonidan tanish-bilishchilik va turli moddiy manfaatdorlik, xususan, madad pulining ma'lum miqdorini olib qolish hisobidan yordam tayinlanishida kuzatildi.
Ijtimoiy institutlar orqali ijtimoiy himoya tizimining tartibga solinishining dastlabki yillarida asosiy e'tibor ko‘p farzandli kam ta'minlangan oilalarga qaratilib, ularga ajratilayotgan to‘lov pullari miqdori boshqa qatlamlarga nisbatan balandligi bilan ajralib turgan. Shuningdek, onaga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 eng kam ish haqi miqdorida moddiy ko‘mak mamlakatdagi mavjud narx-navo darajasiga qarab uzluksiz oshirib borildi.
Xullas, tizim joriy ettirilgan dastlabki yillarda kam ta'minlangan ko‘p farzandli oilalar va 2 yoshgacha bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan onalarga to‘lanadigan yordam pullarining miqdori o‘sib borgan. 1998 yilni «Oila yili» deb e'lon qilinganligi, oilaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va uning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy manfaatlarini izchil ravishda ta'minlash, oila farovonligini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyasi kafolatlarini o‘z ichiga oluvchi davlat dasturi ishlab chiqilib, uni hayotga tatbiq etilishi hukumatimizning oila farovonligi, tinchligi va barqarorligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish zaruriyatini kuchaytirdi. Natijada, o‘sha yili mahalla tizimi orqali bolali oilalarning asosiy qismi nafaqa oldi. Tizim faoliyatini samaradorligi va adolatliligi, uning muhtoj qatlamlarga yaqinligi, muhtojlikni aniqlashda hukumat ko‘rsatmalariga asoslanish bilan birga, mahalliy ko‘rsatkichlardan foydalanish xususiyatlari natijasida aholi ishonchi oshib bormoqda. Ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq qilish davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoniga mos bo‘lib, unda davlat hokimiyati organlari vakolatlarining ma'lum qismini nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borilishi, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishning asosiy vazifalarini bugungi kunda amaliyotga keng joriy ettirilayotganligidan guvohlik beradi. Ularni amalga oshirish birinchidan, bosqichma-bosqichlik tamoyili asosida davlat funksiyalari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga asta-sekinlik bilan o‘tkazilishi, ikkinchidan, bu funksiyalarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari olishga tayyorligi, uchinchidan, ijro etish faoliyatini mahalliy organlarga berib, markazda nazorat vakolatini qoldirish, to‘rtinchidan, barcha tadbirlarni amalga oshirishda o‘zbek milliy davlatchiligi an'analariga tayanish tamoyillariga asoslanadi



Download 72,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish