Mavzu: O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati. Reja


O’zbekistonda ijtimoiy himoya soxasining me’yoriy-huquqiy asoslari



Download 72,09 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi72,09 Kb.
#452577
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati

O’zbekistonda ijtimoiy himoya soxasining me’yoriy-huquqiy asoslari.

O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga asos­lanuvchi yangi jamiyat barpo etar ekan, o’z mustaqil taraq­qiyotining dastlabki kunlaridayoq, "O’zbek modeli" degan nom bilan jahonga mashhur bo’lgan hamda mamlakatimiz ijtimoiyiqtisodiy, milliy xususiyatlarini aks ettiruv­chi ilmiy asoslangan dasturga muvofiq islohotlarni izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda.


Yangi jamiyat qurishning "O’zbek modeli" eng muhim ji­hatlaridan bo’lib, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish sanala­di va shu sababli bunday siyosat asosiy besh tamoyildan biri sifatida belgilab qo’yilgan.
Yuqorida belgilangan strategik taraqqiyot yo’liga mos ravishda davlatimiz tomonidan izchillik bilan aholining ijtimoiy zaif va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijti­moiymoddiy qo’llab quvvatlash yuzasidan kompleks chora­tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda hamda bu tadbirlar 1997 yildan buyon har bir kelayotgan yilni muayyan nomlar bilan nomlanishida, fuqarolarning ayrim qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan ishlarimizda o’z ifoda­sini topmoqda.
Bunda o’z navabatida aholini ijtimoiy himoyasini me’yoriy-xuquqiy asoslari yaratildi. Xususan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolar­ning ijtimoiy-iqtisodiy statusini belgilovchi, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy huquqlarni o'zida mustahkamlovchi va ularning amalga oshirilish kafolatlarini nazarda tutuvchi oliy yuridik kuchga ega bo'lgan hujjat sanaladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida fuqarolarni ijtimoiy yordam olish huquqlari bevosita kafolatlangan, unda: «Nag kim qariganda mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega» - deyilgan. Konstitutsiyaning boshqa ko'pgina moddalari fuqarolar erkinliklari, shaxs daxlsizligi, fuqaroning uzviy huquqlaridan sanalmish shaxsiy va daxlsiz huquqlariga oid normalarni nazarda tutadi va ular ham ijtimoiy ta'minot huquqlari amalga oshirilishida muhim o'rin tutadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko'ra: «O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili. dini, ijtimoiy kelib chiqishi. e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart».
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi axolini ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik tizimi shakllanishi va rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy. siyosiy, yuridik zamin bo'lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy himoyaga oid qonunlar. Fuqarolarning ijtimoiy ta'minotini amalga oshirish va ularni ijtimoiy himoyalash qonunlar asosida ro'yobga chiqariladi. Qonun oliy yuridik kuchga ega va vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan yuridik hujjat sifatda huquqlar va ularning kafolatlarini nazarda tutadi. Mamlakatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilinadi va shu tufayli hech bir qonunosti hujjati qonunlarga zid bo'lishi mumkin emas.
Fuqarolar ijtimoiy ta'minoti va ijtimoiy himoyasi sohasida quyidagi qonunlar ishlab chiqilgan:

  1. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Kodeksning 16 bobi davlat ijtimoiy sug'urtasi va ushbu manbadan ijtimoiy ta'minlashning asosiy qoidalarini nazarda tutadi. (1 paragrafi-Umumiy qoidalar (282-284-moddalar); ikkinchi paragrafi davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha beriladigan (285-288-moddalar); uchinchi paragrafi pensiya ta'minoti (289-294-moddalar) deb nomlanadi;

  2. «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonun1. Mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan va 1994-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilgan. Tarkibiy tuzilishiga ko'ra:

Muqaddima,

    1. bob. Umumiy qoidalar (1-6 moddalar);

    2. bob. Yoshga doir pensiya (7-14 moddalar);

    3. bob. Nogironlik pensivasi (15-18 moddalar);

    4. bob. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi (19-24 moddalar);

    5. bob. Pensiyani va ish haqini hisoblab chiqish tartibi (25-36 moddalar);

    6. bob. Ish stajini hisoblab chiqarish (37-42 moddalar);

    7. bob. Pensiya tayinlash (43-48 moddalar);

    8. bob. Pensiyani qayta hisoblash (49-51 moddalar);IX bob. Pensiya to'lash (52-67 moddalar) kabi boblardan iborat.Davlat pensiya ta'minoti sohasidagi asosiy qonun sifatida «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonun bu sohadagi barcha asosiy normalarni belgilab beradi;

v) O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg'arib horiladigan pensiya ta'minoti to'g'risida«gi Qonuni2. Mazkur Qonun 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan va 2005-yil 1-yanvardan amalga joriy qilingan. Qonunning vazifasi fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti olish huquqiga ega.
Ushbu qonun o'z tarkibiy tuzilishiga ko'ra quyidagicha:

      1. Umumiy qoidalar (l-5-moddalar);

      2. Jamg'arib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish (6-15-moddaIar);

      3. Jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini olish tartibi (16-23-moddaIar);

      4. Yakunlovchi qoidalar (24-27-moddalar);

g) «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi Qonun. (Yangi tahriri). Mazkur Qonunning yangi tahriri O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2008- yil 11-iyulda qabul qilingan.
Qonun o'z tuzilishiga ko'ra quyidagichadir:
I bob. Umumiy qoidalar (l-8-moddalar);
II bob. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to'sqinliksiz kirishi, transportdan. aloqa va axborot vositalaridan to'sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish (9-11-moddalar);
III bob. Nogironlarni reabilitatsiya qilish (12-14-moddalar):
IV bob. Nogironlarning ta'limi va ularni kasbga tayyorlash (15-22-moddalar);
V bob. Nogironlar mehnati (23-25-moddalar);
VI bob. Nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish (26-31-modda-
lar);
VII bob. Nogironlarning jamoat birlashmalari (32-34-moddalar);
VII bob. Yakunlovchi qoidalar (35-36-moddalar).
Ushbu Qonunda nogironlarni ijtimoiy ta'minlash va ularga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish yuzasidan kafolatlar nazarda tutilgan.
Mazkur Qonunning 5-moddasiga ko'ra: «Davlat nogironlar turmush faoliyatining chcklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo'lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta'minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg'unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta'minlash yuzasidan zarur chora- tadbirlar ko'rilishini kafolatlaydi»;
d) O'zbekiston Respublikasining «Homiylik to'g'risida»gi Qonuni. Bu Qonun 2007-yil 2-mayda qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat3.
Homiylik quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va himoya qilish, shu jumladan aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam ta'minlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, o'z jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironlarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish;

  • xalqlar o'rtasida tinchlik, do'stlik va totuvlikni mustahkamiashga ko'maklashish;

  • oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga ko'maklashish;

  • onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga ko'maklashish;

  • ta'lim, fan, madaniyat. san'at, ma'rifat sohasidagi faoliyatga, shuningdek, shaxsning ma'naviy kamol topishiga ko'maklashish;

  • kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga ko'maklashish, fuqarolarga ma'naviy-ruhiy yordam ko'rsatish;

  • jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga ko'maklashish;

  • aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash;

  • terrorchilik harakatlari, "tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko'rsatish;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;

  • madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish.

Qonun hujjatlariga muvofiq, homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablag'lari hamda boshqa moddiy mablag'lar berish, o'zga shaklda yordam ko'rsatish, shuningdek ularni qo'llab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi.
Saylovoldi tashviqoti va referendumga qo'yilgan masalalar bo'yicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi.
Qonunga zid bo'lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo'llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Mazkur qonun tuzilishiga ko'ra quyidagi ko'rinishga ega:

    1. bob. Umurniy qoidalar (1-5-moddalar);

    2. bob. Homiylik tashkilotlari (6-12-moddalar);

    3. bob. Homiylikning amalga oshirilishida davlatning

ishtirok etishi.
4-bob.Xalqaro homiylik faoliyati (13-18-moddalar);
5-bob. Yakunlovchi qoidalar (19-23-moddalar);
e)«Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini mujburiy su­g'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining 2009-yil 16 apreldagi Qonuni4
Ushbu Qonunning maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonunga ko'ra, xodim o'z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo'lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha ish beruvchi o'z fuqarolik javobgarligini sug'urtalashi shart.
Qonunning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
I bob.Umumiy qoidalar (1—4-moddalar):
II bob.Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi (5-11-moddalar);
III bob.Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta hodisasi yuz bcrganda .sug'urta tovonini to'lash (12-16-moddalari;
IV bob.Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish subyektiarining huquq va majburiyallari (17-20-moddalar);
V bob. Sug'urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari (21—23-moddalar);
VI bob. Yakunlovchi qoidalar (24-27-moddalar).
Yuqorida qayd etilgan qonunlardan tashqari yana bir qator qonunlar ham ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoya masalalariga taalluqlidir. (Masalan, «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi, «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi, «Sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida»gi va boshqa qonunlar).
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Qarorlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat ijtimoiy siyosati ro'yobga chiqarilishini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot sur'atlari va islohotlarimiz dinamikasiga muvofiq bu sohadagi muhim yangilanish va o'zgarishlarni o'z farmon va qarorlari orqali ro'yobga chiqaradi.
Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoya sohasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari yetakchi o'rin tutadi va tub burilishlar amalga oshirilayotganligini anglatadi. Bunday Farmon va qarorlar jumlasiga quyidagilar kiritilishi mumkin: 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4I61-sonli «Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi5 Farmon; 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-sonli «Ijtimoiy himoya yili» Davlat dasturi to'g'risida»gi Farmon6 va boshqalar.
3.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror­lari. «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunga muvofiq7 Vazirlar Mahkamasi (O'zbekiston Respublikasining Hukumati)-0'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisning qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radi, ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtiradi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar , muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Aholining ijtimoiy ta'minoti va uni ijtimoiy himoyalash sohasida Vazirlar Mahkamasi qonunlarni ijro etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonunini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 249-sonli qarori8 bilan davlat pensiyasini tayinlash va hisoblashga doir normativ huquqiy hujjatlar majmui tasdiqlandi (qarorning ilovalari). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 8-maydagi 95-sonli «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 2007-yiI 6-apreldagi PQ-616-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori hamda 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli «Davlat pensiyasini tayinlash va to'lash tartibini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi qarori9 bilan ijtimoiy ta'minot qonunchiligi sohasida muhim o'zgarish va yangilanishlar joriy etildi.
4. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining normativ huquqiy hujjatlari. «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonunning 12-moddasiga ko'ra: «Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari o'z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar. qoidalar va yo'riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar. qoidalar va yo'riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Ijtimoiy himoyaga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar turli vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ular orasida O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi yetakchi o'rinda turadi.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minotga oid qonunlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan ko'plab idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 20-mayda 1136-1-son bilan ro'yxatga olingan «Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibi to'g'risida Nizom»10; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1710-son bilan ro'yxatga olingan «Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to'ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig'ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi Yo'riqnoma»11: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 20-iyulda 198-1-son bilan ro'yxatga olingan «Ishlovchi pensionerlarga pensiya to'lash to'g'risidagi Tartibga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida»gi qaror12 va boshqalar.
5. Ijtimoiy yordam olish huquqining xalqaro huquqiy hujjatlarda aks etishi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy hujjatlar milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilinishi orqali, shuningdek, bevosita ham qo'llanilishi mumkin va shu sababli ular ijtimoiy ta'minot huquqining manbai sanalishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi istiqlol yillarida inson huquqlari bo’yicha 60 ta asosiy hujjatga qo’shildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi.
Fuqarolarni ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqlari xalqaro huquqiy hujjatlarda ham aks etgan, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari standartlari sanaluvchi va O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da. Jumladan, uning 22-moddasida “ Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy ta’minotga va o’zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsning, erkin rivojlanishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini milliy sa’y-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik orqali va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek resurslariga muvofiq amalga oshirishga xaqli” deb belgilangan.
Bundan tashqari “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro Fakt”da, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro Fakt”da, 1967-yilgi “Nogironlik, qarilik, boquvchisiz qolganlik nafaqalari to’g’risida”gi 128-Konvensiyada va boshqa xalaro xujjatlarda ijtimoiy himoya huquqlari nazarda tutiladi. Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi doirasida qabul qilingan Bitim va Kelishuvlar ham shunday xalqaro huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam va ximoya shakllari
O’zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatda axolini ma’lum bir toifalariga beriladigan ijtimoiy yordamlar pul yoki moddiy va madaniy-maishiy va ijtimoiy xizmatlar shaklida beriladi. Pul shaklidagi ta`minotlar, odatda, turli pensiya va nafaqalar tarzida tayinlanadi.
Mamlakatimizda 3 mln. 400 mingga yaqin fuqaro davlat pensiyasi bilan ta'minlanganliklari13, millionlab oilalar nafaqa va boshqa moddiy hamda ijtimoiy yordam bilan qamrab olinganliklari, ana shu maqsadlar uchun budjet mablag'laridan salmoqli moliyaviy mablag'lar sarf qilinayotgani, ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoyaning zarur infratuzilmasi shakllantirilgani va samarali ishlab turgani, bu sohada maxsus vakolatli markaziy va mahalliy davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyat yuritayotganligi ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarimiz ko’lami naqadar keng ekanini aniq-ravshan ko'rsatib turibdi.
Pensiya — bu mehnatga qobiliyatsizlar, nogironlar va boquvchisidan mahrum bo’lganlar uchun ajratilgan O’zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasi mablag’i hisobiga har oyda berib boriladigan pul shaklidagi ijtimoiy yordam shakli xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to’g’risida" qonuniga ko’ra davlat pensiyalarining quyidagi turlari mavjud:
1) yoshga doir pensiyalar;
2) nogironlik pensiyalari;
3) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari.
1)«Yoshga doir pensiya» tushunchasi qonunchiligimizda nisbatan yangi bo’lib, O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan qonunida dastavval muomalaga kiritildi. Bunga sabab qarilik va yoshga doir pensiya tayinlash yoshi tushunchalari o’rtasida jiddiy tafovut borligi bo’ldi. Ushbu qonunning 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pen­siyasini olish huquqiga:
• erkaklar 60-yoshga to’lganda va mehnat stajlari 25 yil bo’lgan taqdirda;
• ayollar 55-yoshga to’lganda va mehnat stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar.
Yoshga doir pensiya fuqaroning mexnat qobiliyati yo’qolishi yoki pasayishi bilan bog’langan bo’lib, muayyan yoshga yetishi va qonunda nazarda tutilgan hajmdagi ish staji mavjudligi asosida butun umrga tayin etiladigan davlat ta’minoti turlaridan biri hisoblanadi. Yoshga doir pensiya aslida fuqaroning o’tgan davrlardagi mehnat faoliyati, jamlyat boyliklari ko’payishiga qo’shgan hissasi uchun jamiyat unga beradigan moddiy ta’minot, mamlakat milliy daromadining taqsimlanishidan iboratdir.
Hozirgi paytda amalda bo’lgan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunga muvofiq yoshga doir pensiyalarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

  1. umumiy asoslardagi yoshga doir pensiya;

  2. imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;

  3. to’liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;

  4. muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiya;

Ushbu pensiyalar umumiy jihatlar bilan bir qatorda birmuncha o’ziga xos jihatlarga ham ega bo’lib, pensiyaga oid qonunchilik amaliyotda qo’llanilayotganida ushbu jihatlar e’tiborga olinmog’i lozim bo’ladi
2)Nogironlik pensiyalari-mehnat qobiliyatini amalda uzoq muddatga yoki butunlay yo’qotish (nogironlik) munosaba­ti bilan tayinlanadi.
Pensiya bilan ta`minlash shartlari va normalari bir qator holatlarga-mehnat munosabatlari yoki xizmatning, boshqa faoliyatning xususiyati, nogironlikning boshlanish sabablariga va hokazolarga bogliq bo’ladi.
Pensiya tayinlash shartlari nogironlikning sabablariga qarab farq qiladi: u mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida boshlansa, pensiya umumiy mehnat stajining muddatidan qat`i nazar tayinlanadi; agar nogironlik umu­miy kasallikning oqibati bo’lsa (ish bilan bog’liq bo’lmagan mayiblik), u holda pensiya tayinlash uchun, odatda, ma`lum umumiy mehnat staji talab qilinadi14. Uni belgilash uchun zarur bo’lgan umumiy mehnat stajining muddati pensiya uchun murojaat qilgan shaxsning yoshiga, ilgarigi ishning sharoitiga bog’liqdir. Nogiron bo’lgan xodim qancha yosh bo’lsa, mehnat staji shuncha kam talab qilinadi.
Nogironlik pensiyalari O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3 sentyabrdagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to’g’risida»gi qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnat qobiliyati to’liq yoki qisman yo’qotilgan, hamda umumiy kasallik tufayli nogiron bo’lganda tayinlanadi.
Nogironlik pensiyalari nogironlik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni to’xtatgandan keyinmi, bundan qat`i nazar quyidagi shaxslarga tayinla­nadi:
1) mulkchilik shakli, xo’jalik yuritish usuli va turidan qat`i nazar korxonalarda, muassasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarga;
2) jamoa, kooperativ, aktsiyadorlik, jamoa korxonalari a`zosi bo’lgan holda u erda mehnat qilgan shaxslarga;
3) harbiy xizmatchilarga:
4) Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan badallarni muntazam to’lab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xo’jalik a`zolariga;
5) Pensiya jamg’armasiga tegishli badallar to’langani holda ijtimoiy davlat sug’urtasi bilan sug’urtalangan boshqa toifadagi shaxslarga;
6) davlat ijtimoiy sug’urtasi bilan sug’urtalanmagan bo’lsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta`minoti xususida xodimlarga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.
3) Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi turli sabablar tufayli ota-onasidan judo bo’lib qolgan, mehnatga qobiliyatsiz, qaramog’ida bo’lib qolgan, ya`ni fuqarolarning boquvchilari vafot etishi tufayli to’xtab qolgan daromad manbai-tirikchilik vositalari o’rnini ma`lum darajada bo’lsada, qoplash yo’llaridan biri sifatida tayinlanadi va to’lanadi.
Boquvchini yo’qotganlik pensiyalari O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to’g’risida» gi 1993 yil 3 sentyabrdagi qonunining IV-bobida bayon etilgan qoidalar asosida tayinlanadi va to’lanadi.15
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari - bu aholini dav­lat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini mablag’ bilan ta`minlash maqsadida respubli­ka byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’i hisobidan har oyda beriladigan to’lovlardan iborat bo’lib, uning miqdori vafot etgan boquvchining ish xaqiga, uning qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga qobiliyatsiz oila a`zolari soniga bog’liqdir.
Tirikchilik uchun doimiy va asosiy manba bo’lib hisoblangan pensiyalardan farq qilgan holda, nafaqalar, odatda, vaqtincha yo’qotilgan ish haqi o’rniga to’lanadigan yoki tirikchilik uchun zarur bo’lgan manbaga qo’shimcha manba sifatida yoxud tirikchilik uchun zarur bo’lgan manbalar bo’lmagan hollarda beriladigan yordamlardir.
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha tayinlanadigan nafaqalarning barcha turlari uchun ikki belgi umumiy hisoblanadi ya`ni:
1) nafaqalar qonun bilan belgilangan hollarda yordam tariqasida beriladi;
2) nafaqalar O’zbekiston Respublikasi Byudjetidan tashqari Pensiya jamg’armasidan to’lanadi.
Nafaqalarning ushbu Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan to’lanishi boshqa maqsadlarda beriladigan to’lovlardan, ya`ni moddiy rag’batlantirish jamg’armasidan to’lanadigan yordam, mahalliy byudjet mablag’laridan va boshqa mablag’lardan beriladigan moddiy yordamlardan farqlash uchun asos bo’ladi.
Shu bilan birga o’zining aniq maqsadlariga ko’ra, ijtimoiy ta`minot bo’yicha beriladigan nafaqalarning turlari ham o’zining yuridik belgilariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Nafaqalarning birinchi turi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha beriladigan nafaqalar bo’lib, bu nafaqalar uzrli sabablarga ko’ra vaqtincha yo’qotilgan ish haqi o’rniga ma`lum bir muddat davomida yo’qotilgan ish haqi yoki unga tenglashtirilgan miqdorda to’lanadi. O’z xarakteriga ko’ra, bu nafaqalar mehnatga to’lanadigan haq bilan birga to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Shu bilan birga bu nafaqalar boshqa nafaqalar va pensiyalar bilan birga to’lanishi mumkin.
Nafaqalarning ikkinchi turi-bu hayot kechirishning asosiy manbai bo’lgan daromadlarga qo’shimcha sifatida yoki birinchi turdagi nafaqalarga qo’shimcha sifatida beriladigan nafaqalardir.
Bu nafaqalar tirikchilik uchun zarur bo’lgan manbaning o’rnida emas, balki qonunchilikda asosiy manbalar etarli emas deb hisoblanganda qo’shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida asosiy manbalarga yordam sifatida beriladigan nafaqalardir.
Nafaqalar har oyda to’lanadigan va bir marotaba to’la­nadigan bo’lishi mumkin.
Nafaqalarning uchinchi turi - tirikchilik uchun zarur bo’lgan manbalar, ya`ni mehnatga to’lanadigan haq, pensiya va boshqa manbalar yo’q bo’lganda yoki yo’q bo’lishi muqarrar bo’lgan shaxslarga beriladigan nafaqalardir. Bular, odatda, bolalikdan I va II guruh, nogironlariga va 16 yoshgacha bo’lgan nogironlarga, pensiya tayinlash uchun zarur mehnat stajiga ega bo’lmagan qariyalarga, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslarga beriladigan nafaqalardir16.
Nafaqalar to’lov manbalariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi;
1) O’zbekison Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan to’lanadigan nafaqalar;
2) Davlat byudjeti mablag’laridan to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar;
3) Mahalliy byudjetlar, korxonalar byudjetlaridana to’lanadigan nafaqalar.
Barcha xodimlar Mehnat kodeksining 282-moddasiga muvofiq davlat yo’li bilan ijtimoiy sug’urta qilinishi lozim.
O’zbekiston respublikasi Mehnat kodeksining 284-moddasida davlat ijtimoiy sug’urtasi hisobidan beriladigan ta`minot turlari ko’rsatilib qo’yilgan.
Sug’urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa, ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari hisobidan;

  • vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz nafaqalari, ayollar esa bundan tashqari, homiladorlik va tug’ish nafaqalari;

  • bola tug’ilganda beriladigan nafaqalar;

  • dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalar;

  • qo’shimcha dam olish kuni uchun beriladigan nafaqalar bilan ta`minlanadilar.

Shunindek davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lardan sa­natoriy-kurortlarda davolanish, dam olish, sug’urta qilingan xodimlarning shifobaxsh taomlari uchun xaq to’lash, bolalarning sog’lomlashtirish lagerlarini ta`minlab turish, davlat ijtimoiy sug’urtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi Nizomda ijtimoiy sug’urta jamg’armasini shakllantirish manbalari ko’rsatilgan.
"Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida"gi Nizom O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishib, 2002 yil 1 apreldagi 21-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vadirligida 2002 yil 14 mayda 1136-raqam bilan davlat ro’yxatiga olingan17.
Aholiga beriladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash yo’nalishlaridan biri - ularga pensiya va nafaqalar berishdan tashqari, boshqa shakllardagi yordamlar ko’rsatilishidan iborat. Pensiya va nafaqalardan boshqacha ijtimoiy yordam ko’rinishlari xilma-xil bo’lib, moddiy yoki boshqa nomoddiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda aholining muhtoj qatlamlari o’nlab turdagi ijtimoiy yordamlarni olmoqdalar, yuzdan ortiq shakldagi har xil imtiyozlardan foydalanmoqdalar va ana shu maqsadlar uchun davlat xazinasidan milliardlab so’m mablag’ sarf qilinmoqda.
Pensiya va nafaqalardan boshqa shakllardagi ijtimoiy yordamdan foydalanishga haqli bo’lgan shaxslar toifalari xilma-xil, doirasi juda keng bo’lib, ular qatoriga qariyalar, nogironlar, boquvchisiz qolgan fuqarolardak tashqari, yolg’iz keksa va yolg’iz nogironlar, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar, maktab o’quvchilari, urush qatnashchilari va boshqa shaxslar kiradilar.
Aholining ushbu tabaqalariga beriladigak ijtimoiy yordam shakllari ham rang-barang ko’rinishlarga ega bo’lib, ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkkn:
1) qariyalar, nogironlar va bolalarni davlat ta’minotiga olish, maxsus muassasalarda yashashlarini ta’minlash;
2) yolg’iz qariyalarga uylarida ijtimoiy yordam ko’rsatish va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta’minlash;
3) qariyalar, nogironlarga sanatoriy-kurort xizmatlarini ko’rsatish;
4) nogiron fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vositalari berish xizmatlarini ko’rsatish;
5) maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordamlar ko’rsatish;
6) fuqarolarning muayyan toifalariga turar joy, transport-aloqa, soliq, tibbiy-farmasevtika va boshqa sohalarda imtiyozlar berish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish.
Aholining muayyan toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va beriladigan imtiyozlar iqtisodiy tushuncha sifatida davlat va jamiyat tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’larni sarflanishidan iborat bo’lsa, yuridik tushuncha sifatida u fuqarolarga Konstitusiyaga muvofiq berilgangan ijtimoiy yordam olish huquqlarini amalga oshirilishidan iboratdir.
Bozor iqtisodiy munosabatlari kuchayib va chuqurlashib borayotgan, boqimandalik kayfiyatlariga barham berilayotgan sharoitda nochor va teng raqobatlashishga qodir bo’lmagan aholi tabaqalarini real ijtimoiy himoya qilinishi muhim ahamiyatga egadir.
Yolg’iz qariyalar, yolg’iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum bo’lgan bolalarni davlat ta’minotiga olish.Yolg’iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar haqida amalda g’amxo’rlik qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda ma’naviy-axloqiy saviyasiga baho beriladi va ushbu ko’rsatkichlar insonparvarlik darajasini belgilovchi muhim mezonlardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingani holda qariyalar, nogironlar, yetim-yesirlar haqida alohida g’amxo’rlik qilib kelinmoqda. 2002 yilni «Qariyalarni qadrlash yili» deb e’lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar, bolalarga bag’ishlanganligi hamda shu munosabat bilan zarur davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinayotganligi davlatimiz va jamiyatimizda inson va uning manfaatlari oldingi o’rinlarda turishini ko’rsatadi18.
Bugungi kunda Respublikamizda ko’plab «Saxovat uylari», «Mehribonlik uylari», «Muruvvat uylari» faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularda bir necha o’n minglab nochor fuqarolar davlat mehr-muruvvatidan bahramand bo’lmoqdalar.
Internat va pansionatlar parvarishga va tibbiy xizmat ko’rsatishga muhtoj bo’lgan yolg’iz qariyalar hamda nogironlarning doimiy yashashga mo’ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar bo’lib, ularning har xil turlari mavjud.
Qariyalar uyi yoki nogironlar uyiga joylashtirishga muhtoj bo’lgan fuqarolarni aniqlash, hisobga olish va ushbu muassasalarga yo’llab joylashtirish vazifasi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari zimmasiga yuklangan. Shuningdek, o’z hududida joylashgan internat uylarning faoliyatiga ko’maklashish va ularning ishini nazorat kilish ham ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qariyalar va nogironlar uylari respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan ta’minlanishi mumkin va ular yuridik shaxs sanaladi.
Internat uyiga hamda mehnat va urush faxriylari pansionatlariga 60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar, 18 yoshdan katta bo’lgan 1-2- guruh nogironlari qabul qilinadi. Surunkali ruhiy kasal bo’lgan shaxslar ruxiy-asab internat uylariga joylashtiriladilar.
Bolalar internat uylariga 4 yoshdan 17 yoshgacha aqli zaif yoki jismoniy yetuk bo’lmagan bolalar qabul qilinadi.
Internat uyida yashovchi va to’liq davlat ta’minotida bo’lgan fuqarolarga (ruhiy-asabiy kasalliklar internati-dan tashqari) internat uyidagi xarajat bilan pensiyasi o’rtasidagi farq to’lanadi, ammo pensionerga to’lanadigan summa uning pensiyasining 10 foizidan, urush nogironlariga esa 20 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Internat uyida yashayotgan fuqarolar tegishli asoslar va tartiblarda bu yerdan chiqarilishlari mumkin. Internat uyidan chiqarilgan fuqarolarni joylashtirish va ta’mi-notini amalga oshirish ijtimoiy ta’minot bo’limlariga yuklatilgan.
Internat uylariga odatda yordamga muhtoj va qonun bo’yicha ta’minlash va parvarishlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshlari yo’q fuqarolar joylashtiriladi. Ammo to’lov-kontrakt asosida yaqin qarindoshlari mavjud bo’lgan fuqarolar ham bu yerga joylashtirilishlari mumkin.
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlarga yuborish orqali davolash, salomatliklarini muntazam nazorat qilib turish - ularga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordamning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi qonunining 21-22-modsalarida pensioner va nogiron bo’lib qolgan fuqarolar zarur tibbiy-ijtimoiy yordamni olish huquqiga, shu jumladan sanatoriy va dam olish uylarida sog’lomlashtirish xizmatidan foydalanishga haqli ekanliklari ko’rsatib qo’yilgan.
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlar, dam olish uylariga yuborish asoslari, muddatlari, tartiblari O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazir-ligining 1993 yil 8 iyuldagi buyrug’i bilan tasdiqlangan bo’lib, unda barcha pensionerlar har ikki yilda, urush qatnashchisi bo’lgan nogironlar esa har yili bepul yo’llanma bilan sanatoriy-kurortlarga yuborilish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo’yilgan.19
O’zbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarni protez buyumlari, ortopediya poyafzali va boshqa protez-ortopediya ashyolari bilan ta’minlash tartibi, shartlari va muddat-lari O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan 1994 yil 17 fevraldagi buyruq bilan ta’minlangan shu haqdagi yo’riqnoma bilan belgilab qo’yilgan.
Ushbu yo’riqnomaga ko’ra protez-ortopediya buyumlari tegishli tibbiy muassasalar yo’llanmasi va xulosasi asosida fuqarolarga protez-ortopediya korxonalari tomonidan bepul (tegishli hollarda pul to’lanishi orqali) tayyorlab berilishi yoki savdo korxonalari (tibbiyot savdo shoxobchalari) orqali sotilishi belgilab ko’yilgan.
Fuqarolarni protez-ortopediya buyumlari bilan ta’min-lash ijtimoiy ta’minot bo’limlariga yuklatilganligi va ular tomonidan ta’minot amalga oshirilishi ham qayd etib o’tilgan,
Nogironlarni qo’lda boshqariladigan avtomobillar va motokolyaskalar bilan ta’minlash masalalari O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirining 1994 yil 29 sentyabrdagi buyrug’i bilan «O’zbekiston Respublikasidagi nogironlarni harakat vositalari (velokolyaska, kreslokolyaska va kichik gabaritli kolyaskalar) bilan ta’minlash tartibi tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra tegishli Tibbiy-mehnat ekspertlar komissiyasining xulosasiga muvofiq nogironlar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tegishli ro’yxatlarga ko’ra harakatlanish vositalari bilan ta’minlanishlari aytilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.Qarorga ko’ra 2002 yil 1 sentyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarning o’rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o’qiyotgan o’quvchi-bolalari bepul qishki kiyim-bosh to’plami bilan ta’min etilishlari belgilandi.
Ushbu qarorga ko’ra o’rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o’qiydigan kam ta’minlangan oilalarga mansub o’quvchilarning 2002 yilda 75 foizi, 2003 yil 1 sentyabrdan boshlab 100 foizi bepul darsliklar bilan ta’minlanishlari nazarda tutildi.
Yetim bolalar va ota-onadan qarovsiz qolgan to’liq davlat ta’minotidagi (bolalar uylaridagi) bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ular umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganlarida kiyim-bosh, poyafzal sotib olish uchun 2002 yilda eng kam ish haqining 80 barobari, 2003 yilda esa 100 barobari miqdorida bir yo’la nafaqa berish nazarda tutildi.
Chaqaloqlar uyidan chaqaloqlarni farzandlikka, tarbisiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har bir chaqaloq uchun eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida har oylik nafaqa berish belgilab qo’yildi.
Aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga keng qatlamli imtiyozlar berish ko’zda tutilgan. Bu imtiyozlar ulardan foydalanishga haqli bo’lgan shaxslar doirasiga, imtiyoz turlari va ularning ijtimoiy mohiyatiga hamda boshqa xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan fuqarolarga beriladigan ijtimoiy yordamni amalga oshirish shakli sifatida ular fuqarolar kundalik turmushida muhim o’rin tutmoqda. Shuni aytish kifoyaki, bugungi kunga kelib imtiyoz va yengilliklarning umumiy soni yuzdan ortiq shaklda amalga oshirilmoqda.
Tibbiy xizmat ko’rsatish va dori-darmon vositalari bilan ta’minlash yuzasidan imtiyozlar. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi qonuni20 (qonunning 17-moddasi) hamda uning asosida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlarga binoan beriladi21.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532-sonli «Davolash profilaktika muassasalarini moliyaviy ta’minlash tizimlarini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga ko’ra bu sohada imtiyozlar qayta ko’rib chiqildi.
Yuqoridagi qonun hujjatlariga ko’ra imtiyozlar dori-darmon vositalarini aholining muayyan toifalariga bepul berish yoki narxiga nisbatan muayyan foizlarda chegirma qilish yo’li bilan sotish, tibbiy muassasalarda xizmat ko’rsatish haqlaridan to’liq yoki qisman ozod qilish tarzida berilishi mumkin.
Fuqarolarga ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida soliq sohasida imtiyozlar berish, O’zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi”da22 hamda uning asosida qabul qilingan boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda nazarda tutib qo’yilgan.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turlari hamda soliq solishdan ozod qilingan daromadlari doirasi belgilab qo’yilgan.
Ushbu kodeksga ko’ra, fuqarolarga mol-mulk solig’i sohasidagi imtiyozlar, yer solig’i solish yuzasidan berila-digan imtiyozlar berish nazarda tutilgan.
Soliq va boshqa majburiy to’lovlar (yig’imlar) yuzasidan fuqarolarga berilgan imtiyozlardan foydalanish shartlari, tartiblari hamda muddatlari soliqlarni hisoblab chiqish va to’lashga oid bo’lgan tegishli yo’riqnomalar bilan belgilab qo’yiladi.



Download 72,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish