O’zbekiston Respublikasida davlat hokimyatchiligi
Ma’lumki, hozirgi kunda deyarli barcha demokratik taraqqiyot yo’nalishini
tanlagan davlatlar konstitutsiyalarida hokimyatlar bo’linishi prinsipi u yoki bu
tarzda mustahkamlangan. Bu xususiyat sobiq sotsialistik makonda tashkil topgan
davlatlarga, xususan MDH davlatlariga ham xos, albatta.
Xalqaro hamjamiyatning munosib a’zosi bo’lgan O’zbekiston ham o’zining
oliy maqsadi – huquqiy davlat qurish va fuqorolik jamiyatini shakllantirish
ekanligini butun jahonga e’lon etib, hozirgi kunda ushbu maqsad sari intilmoqda.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri bo’lgan hokimyatlar bo’linishi
prinsipi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Asosiy
qonunninig 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimyatining tizimi
– hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linish
prinsipiga asoslanadi”, deb belgilangan.
Aytish joizki, hokimyatlar bo’linish nazariyasining bosh qoidalarining uzul-
kesil hayotga tadbiq etishi, ularning shakllanishi, har bir jamiyatda huquqiy davlat
va fuqorolik jamiyatining shakllanishi darajasi bilan bog’liq ekanligi. Shu bois
hokimyatlar bo’linishi prinsipining to’la amalga oshishi muayyan vaqatni talab
etadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz tariximizning o’sha tub burilish
nuqtasida, g’oyat xatarli va murakkab kunlarda haqiqatdan ham yakkayu-yagona
to’g’ri yo’lni tanladik. Ya’ni, mustabit tuzum, o’ta mafkuralashgan, milliy
o’zligimizni toptagan eski tuzimdan voz kechib, xalqimizning xohish-irodasi,
azmu-qarorini bajo keltirib, ochiq demokratik va huquqiy davlat qurish, ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakillantirish yo’lini tanladik”
16
.
16
Karimov.I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqirlashtirish va fuqorolik jamiyatiniasoslarini
shakillantirishning asosiy yo’nalishlari. T,: 2002. «O’zbekiston». 6b.
Hozirgi kunda, O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning huquqiy bazasi,
asosi mavjud. Bu huquqiy asosni hayotga tadbiq etishning tashkiliy-huquqiy
mexanizmi ham mavjud. Asosiy masala – yangi jamiyat asoslarini qadamba-
qadam qurish va shakllantirishdan iboratdir.
Demokratik tamoyillarni “so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy
qilish” huquqiy davlat asoslarini shakllantirishning yo’nalishlaridan biridir.
Demokratik tamoyillardan bo’lgan hokimyatlar bo’linishi prinsipi va undagi “bir-
birini tiyib turish va o’zaro muvozanatda ushlash” tizimi ham tobora amaliy va
hayotiy mazmun kasb etib bormoqda, biroq bu jarayonni ham yangi sifat
darajasiga ko’tarish lozim. Bu masala yuzasidan ham qator ishlar amalga
oshirilmoqda.
XULOSA
Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishganimizdan so’ng davlatimiz oldida turgan,
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri – bu yangi davlat organlari tizimini
shakillantirish edi. Zero, yangi jamiyat qurish vazifasini eski davlat organlari
yordamida amalga oshirib bo’lmasligi aniq va ravshan edi.
Mustaqilligimizni mustahkamlaydigan, yangi jamiyat qurish manfaatlariga
xizmat qiladigan, inson va fuqorolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan
organlar tizimi barpo etildi va ularning keng faoliyat yuritishiga imkoniyat
yaratildi.
Davlat hokimyati organlari tizimining hokimyatlar bo’linishiga asoslanishi,
bu prinsipni hayotga real singdirilishi yuzasidan olib borilayotgan islohotlar davlat
mexanizmining demokratik mohiyatidan dalolatdir.
Sud hokimyatini hokimyatning mustaqil, teng bir tarmog’iga aylantirish
borasida olib borilayotgan va rejalashtirilayotgan islohot va o’zgarishlarning,
tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlarning
salmog’i
jamiyatimizning huquqiy
davlatchilik sari qat’iy ketayotganligini ko’rsatib turibdi.
Yurtboshimiz
ta’kidlaganlaridek,
“Hokimyatning uchinchi tarmog’i
bo’lmish sud tizimini mustahkamlash, sudlarning mustaqilligini, ularning faqat
qonunga bo’ysunishini kuchaytirish borasida mohiyat-e’tiborga ko’ra mutlaqo
yangi qadam qo’yildi desak, mubolag’a bo’lmaydi”.
Bu o’zgarishlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad shuki, biz odamlarning
sudlarga faqat jazovlovchi idora emas, balki avvalo insonning haq-huquqlarini
himoya qiluvchi idora deb qarashiga erishmog’imiz lozim. Shundagina ko’zlangan
maqsadlarimizga og’ishmay erishishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |