Mavzu: O’zbekistonda hayot sug’urtasini ustuvor yunalishlari


Hayotni ma’lum muddatga sug‘urta qilish



Download 33,95 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi33,95 Kb.
#891896
1   2   3   4
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA HAYOT SUG’URTASINI USTUVOR YUNALISHLARI

Hayotni ma’lum muddatga sug‘urta qilish shakli qadimgi va an’anaviy sug‘urta turi hisoblanadi. Bunda sug‘urta shartnomasi ma’lum belgilangan davrga (bir yil, besh yil, o‘n yil), va sug‘urta summasi naf oluvchiga faqatgina sug‘urtalanuvchi shartnoma amal qilish davrida vafot etganda beriladi.
Ushbu sug‘urta turi sug‘urtalanuvchining vafot etishi hodisasida sug‘urta to‘lovini amalga oshirishning eng yuqori kafolatini beradi va eng minimal sug‘urta mukofotini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi - sug‘urtalangan shaxsning bevaqt vafot etishidan ko‘riladigan zarardan uning oila-a’zolarini himoya qilishdir. Sug‘urta mukofoti shartnoma amal qilishi davomida to‘lab boriladi. SHartnoma sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi daromadida ishtirokini ham, investitsion daromadidagi ishtirokini ham va boshqa shu kabi holatlarni ko‘zda tutmaydi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta summasini to‘lash bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib renta ko‘rinishida to‘lanishi ham mumkin.
Hayotni bir umrga sug‘urta qilish shakli – bu sug‘urtalangan shaxsning butun umri davomida vafot etishidan sug‘urtalash bo‘lib, bunda sug‘urta hodisasi qaerda va qachon yuz berishi hech qanday rol o‘ynamaydi. Shartnomada sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi daromadida ishtirok etishi, investitsion daromadidagi ishtiroki va boshqa shu kabi holatlar ko‘zda tutiladi va bu sug‘urta hodisasining qachon yuz berishiga qarab sug‘urta summasining turlicha bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sug‘urta shartnomasning muddati belgilanmaydi. Sug‘urta mukofoti bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib sug‘urta shartnomasi amala qilishi davomida to‘lab borilishi mumkin. Sug‘urtalangan shaxs 75-80 yoshga to‘lgandan keyin sug‘urta mukofotini to‘lashdan ozod etiladi. Sug‘urta summasi bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib renta shaklida to‘lanishi mumkin.

2. O‘zbekistonda hayotni jamg’arib borish tarzida sug’urta qilish
Mamlakatimizda hayot sug‘urtasi sovet tuzumi davrida birmuncha rivojlandi..
1917-1990 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda hayotni sug‘urtalash “Gosstrax” tomonidan bajarib kelingan. Mustaqillikdan keyin esa sohaga e’tibor kuchaydi.
Bugungi kunda hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarining o‘rtacha 15-16 foizi sug‘urta qoplamalariga yo‘naltirilmoqda.
Hayot sug’urtasini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri ushbu sohani liberallashtirib borish va shu bilan bir vaqtning o‘zida uni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirib borishdan iborat. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tartibga solish normalari va nazorat vositalarisiz amalga oshirilgan liberallashtirish, ayniqsa o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun bozorda xaosning yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun respublikada sug‘urta faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini rivojlantirish vazifasi aktual bo‘lib qolaveradi.
Shuni alohida aytib o‘tish kerak, mamlakatimizda barcha mulk shaklidagi sug‘urta kompaniyalari uchun bir xil shart-sharoitlar yaratilgan. Boshqa mamlakatlar qonunchiligidan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari uchun chegaralar belgilanmagan, ya’ni 100 foiz chet el kapitali ishtirokidagi sug‘urta kompaniyasini tashkil qilish uchun ham ruxsat berib qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda ya’ni milliy bozorimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining to‘rtdan bir qismining muassislari chet ellik ishtirokchilar hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘z tarkibiga umumiy qonunchilik, maxsus sug‘urta qonunchiligi va qonunosti hujjatlari, idoraviy me’yoriy hujjatlar kompleksini oluvchi, etarli darajadagi ishchan tizim yaratilgan. Bunday tizimning mavjudligi sug‘urta bozorining tez suratlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, qonunchilik doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qiladi.
Hayot sug‘urtasi boshqa sug‘urta turlari kabi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unga ko‘ra sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug‘urta summasini shartnomaning amal qilish davrida shartnomada ko‘zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma’lum yoshga etish) yuz berganda to‘lab berishni sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga mazkur shartnoma sug‘urtalanuvchining huquq va majburiyatlarini ham tartibga soladi.
Hayot sug‘urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda: vafot etish hodisasidan sug‘urtalash, jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasi, hayotni aralash sug‘urtalash, jamoa sug‘urtasi. Hayot sug‘urtasi shaxsiy sug‘urtaning bir bo‘g‘ini sifatida iqtisodiyotning o‘zgaruvchan qismi bo‘lgan ishchi kuchi bilan bog‘liq. Ushbu sug‘urta turida sug‘urta himoyasining ob’ekti bo‘lib fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk sug‘urtasidan farqli o‘laroq, hayot sug‘urtasining ob’ektlari ma’lum qiymatga ega emas.
Hayot sug‘urtasi rivojlangan mamlakatlarda ko‘p yillik tarixga ega va bu mamlakatlarda ushbu sug‘urta turi bo‘yicha etarlicha tajriba to‘plangan. G‘arbda sug‘urta insonlar hayotining zarur elementiga aylangan bo‘lib, har bir jamiyat a’zosi sug‘urta polisi olish uchun to‘lov pul mablag‘larini ishonchsiz joyga joylashtirish emas, balki turli risklardan himoya vositasi ekanligini tushunib etgan. Jahon tajribasida shaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasi, nafaqa yoki renta sug‘urtasi, kasalliklardan sug‘urtalash va baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga bo‘linadi. Hayot sug‘urtasi o‘z o‘rnida vafot etishdan sug‘urtalash va sug‘urta-jamg‘armadan iborat. Jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasiga yaqin bo‘lgan sug‘urta turi bu sug‘urta-jamg‘arma hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda hayot sug‘urtasini odatda uzoq muddatga tuziladi. Bu muddat kamida 10 yil yoki 15-20 yil va undan oshiqni tashkil etadi. Sug‘urta-jamg‘arma turi qoidaga ko‘ra vafot etishdan sug‘urtalash va mehnat qobiliyatini yo‘qotishdan sug‘urtalashni o‘z ichiga oladi va sug‘urtalangan shaxsning shartnomada ko‘rsatilgan yoshga etishi sug‘urtalovchining shartnomada ko‘rsatilgan summani sug‘urtalanuvchiga to‘lash majburiyatini yuklaydi. G‘arb mamlakatlarida ushbu sug‘urta turining yana bir ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bunda sug‘urta shartnomasining muddati tugagungacha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan bo‘lsa ham sug‘urta summasi beriladi. AQSHda hayot sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning har ettinchisi sug‘urta-jamg‘arma turi bo‘lsa, Angliyada hayot sug‘urtasi shartnomalarining asosiy qismini sug‘urta-jamg‘arma turlari tashkil etadi.


Download 33,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish