Mavzu: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari reja



Download 28,87 Kb.
bet5/5
Sana14.01.2023
Hajmi28,87 Kb.
#899433
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari

2008-yil O‘zbekiston Respublikasining «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan. 2019-yil yanvar oyida ushbu harakat O’zbekiston Ekologik partiyasiga aylantirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan – bugungi kunga qadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir oltita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi. Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro – jamiyat – davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi.
Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. Konsepsiyaning asosiy ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish
II. Sud-huquq tizimini isloh etish
III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash
IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish
V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish
VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga asosan Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish belgilandi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish, O‘zbekiston Respublikasida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridanbiri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan e’tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shartsharoitlar yaratish yo‘lidan bordi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi“ (1948-yil 10-dekabr) „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt“ (1966-yil 19-dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt“ (1966-yil 19-dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi. O‘zbekiston Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi. 1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“gi Qonun bilan belgilab berildi.
Adabiyotlar:
1. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‘zbekiston yo‘li. - Toshkent: Ma’naviyat, 2011.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullaev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013.
5. Levitin L. O‘zbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
6. O‘zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
7. G‘ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. O‘zbekiston. - Toshkent: Mehnat, 2001.
Download 28,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish