2.3. O’zbekistonda donchilik va donli ekinlar rivojlantirishda amalga
oshirilgan ishlar va islohatlar.
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalari orasida fermer
xo`jaliklari ham salmoqli o`rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq
fermer xo`jaliklariga istiqbolli yo`nalish sivatida e`tibor berildi. Rahbarlar,
mutaxassislar va olimlar bu xo`jaliklarning rivojlanishga tabiiy sharoit yaratib
berdilar. Natijada fermer xo`jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo`jaligida o`z
faoliyatini olib boishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi.
2001 yilning 1 yanvariga 52228 ta fermer xo`jaligi mavjud bo`lib, ularga 1038,1
ming gektar yer biriktirilgandi. Fermer xo`jaliklarida 366,7 ming kishi mehnat qildi.
2003 yilning 1 yanvariga kelib ularning soni 72406 tani tashkil etdi. Shundan 63497
tasi dehqonchilik, 6150 tasi chorvachilik, 2759 tasi bog`dorchilik va boshqa
sohalarda tashkil etilgan. Ularning umumiy yer maydoni 1591,7 ming gektar,
o`rtacha bir fermer xo`jaligining yer maydoni 22 gektar. Fermer xo`jaliklarida
1477,2 ming tonna don, 937 ming tonna paxta, 28,4 ming tonna kartoshka, 213,1
ming tonna sabzavot, 76,3 ming tonna poliz, 56,1 ming tonna meva, 31,5 ming tonna
uzum, 81,7 ming tonna sut, 272,4 ming tonna go`sht (tirik vaznda), 265,6 ming dona
tuxum va 9,0 tonna jun mahsulotlari yetishtirildi. 2002 yilda fermer xo`jaliklarining
qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi.
Fermer xo`jaliklari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Fermer
xo`jaliklari to`g`risida”gi qonuni va o`z nizomi asosida yuritadi. Fermer xo`jaliklari
ustun darajada ularni tashkil etish imkoni katta zonalarda ko`proq rivojlantiriladi.
YA`ni yer maydonlari yetarli, mehnat resurslari juda ko`p bo`lmagan yerlarda,
zahira yerlarda ko`proq tashkil etiladi. Ular davlat yerlarida faoliyat ko`rsatadilar.
Fermer xo`jaliklariga yer 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam bo`lmagan muddatga
beriladi.
O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalarining yana bir shakli
dehqon xo`jaliklaridir. Dehqon xo`jaliklari aholining mustaqillikka qadar mavjud
bo`lgan shaxsiy tomarqa xo`jaliklari rivojlanishi natijasida ularning o`rniga vujudga
26
keldi. Ular 1990 – 2000 yillar davomida 2,3 mln.tadan 3,3 mln.taga yetdi. Yangi
vujudga kelgan dehqonxo`jaliklari ixtiyoridagi sug`oriladigan yer 0,35 gektarni
tashkil etdi. Oldin aholining shaxsiy tomorqa uchastkalari aksariyat holda 0,08
gektardan oshmas edi. 2001 yilning 1 yanvariga bo`lgan ma`lumotga qaraganda,
mamlakatda 3322606 ta dehqon xo`jaligi bo`lib, ular 522592 gektar yerga ega.
Shulardan, 1798401 tasi dehqon xo`jaligi sifatida qayta ro`yxatdan o`tdi, 800
mingdan ziyodi yuridik shaxs sifatida shakllandi.
Dehqon xo`jaliklari 2002 yilda 1973,4 ming tonna sabzovot (respublikada
yetishtirilgan jami sabzavotning 74,8 foizi), 583,9 ming tonna kartoshka (80%),
292,7 ming tonna poliz (64%), 498,8 ming tonna mnva (62,6%), 219 ming tonna
uzum (35%), 766,4 ming tonna go`sht (91,1%), 3402,7 ming tonna sut (90,2%) va
751,8 mln. dona tuxum (60%) yetishtirdi. Shu yili dehqon xo`jaliklari mamlakatda
yaratilgan qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 66 foizini, shu jumladan,
dehqonchilik mahsulotlarining 43,4 chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini ishlab
chiqardi.
Dehqon xo`jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O`zbekiston
Respublikasining “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda.
Dehqon xo`jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi
mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo`jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy
ravishda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasiga badallar to`lab borishlari mumkin.
Shunday hollarda Pensiya jamg`armasining tuman bo`limlarida ularga mehnat
daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |