Mavzu: O'zbekistonda donli ekinlar yetishtrishning mintaqviy xususiyatlari reja: kirish



Download 207,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana19.04.2023
Hajmi207,61 Kb.
#930421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonda donli ekinlar yetishtrishning mintaqviy xus

Kurs ishining maqsadi
: Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarishning 
ikkinchi yirik tarmog'idir. U kishilik jamiyatining eng qadimgi xo'jalik sohasi 
hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishlab chiqarish tarmog'i barcha davrlarda insonning 
kundalik iste’mol mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo'lib 
xizmat qilgan. Shu sababli, jahonda bironta mamlakat yo'qki, unda qishloq xo'jaligi 
va u bilan bog'liq bo'lgan o'rmon, ovchilik, baliqchilik xo'jaliklari tashkil topmagan 
bo'lsin. Hozirgi vaqtda bunday xo'jalik tarmoqlarida hammasi bo'lib 1,2 mlrd. dan 
ortiq kishi yoki jami iqtisodiy faol aholining 70 foizidan ko'prog`i ish bilan band. 
Kurs ishining vazifalari
: Qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlaridan biri 
uning joylardagi tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog'liq ekanligidir. 
Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda 



bug'doy, sholi, paxta, meva, choy
kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo'ladi. 
Shu sababli, qishloq xo'jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati 
turlicha bo'ladi.
Kurs ishining hajmi va tuzilishi
: Kurs ishi kirish, ikkita bob, oltita reja,
o’ttiz besh sahifa xulosa, ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan 
iborat.



I. BOB O’ZBEKISTON DONLI EKINLAR GEOGRAFIYASI 
1.1. O’zbekistonda tarqalgan donli ekinlar 
Ishlab chiqaradigan mahsulotlari xususiyatlariga ko'ra, barcha qishloq xo'jalik 
tarmoqlari ikki guruhga: dehqonchilik (ziroatchilik) va chorvachilikka bo'linadi. 
Shuningdek, qishloq xo'jaligi rivojlanish daiajasiga ko'ra ikki turga bo'linadi. 
Birinchisi, rivojlangan tovar qishloq xo'jaligi bo'lib, ularda ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar bozor, birinchi navbatda, tashqi bozor uchun mo'ljallangan bo'ladi. 
Bunday xo'jaliklar ishi intensiv tashkil qilingan zamonaviy dehqonchilik va 
chorvachilik sohalari bo'lishi mumkin. Ikkinchisi, asosan, ichki xo'jalik iste’moli 
uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan, odatda, kam samarali qishloq 
xo'jaliklaridir. Bunday xo'jaliklar qadimdan keng tarqalgan bo'lganligi sababli 
an’anaviy qishloq xo'jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda ekstensiv holda tashkil 
qilingan bo'ladi. Hoziigi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik xo'jaliklari jahonning 
rivojlanayotgan ko'pchilik mamlakatlarida keng tarqalgan. 
Tovar qishloq xo'jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng 
rivojlangan. Odatda, ularda FTI yutuqlaridan ustun darajada foydalanishga 
erishilmoqda. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish 
darajasi ularda juda yuqori. Bunday xo'jaliklarda endilikda ishlarni avtomatlashtirish 
(tarmoqlarda me’yoriy agroiqlim va boshqalar)ni yaratishga katta e’tibor beriladi, 
mikroelektronika, seleksiya, genetika, biotexnologiyaning so'nggi yutuqlarini joriy 
qilish asosiy o'rin tutadi. Ularda agrar (lotincha qishloq xo'jaligi demak) ishlab 
chiqarish sanoat bilan bog'lanib ketgan va agrosanoat xo'jaliklariga aylangan. 
Ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda so'nggi yillarda fermerlikning o'ziga xos 
agrobiznes shakli yuzaga keldi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa tovar qishloq xo'jalik mahsulotlari 
yetishtirishga e’tibor kuchayayotgan bo'lishiga qaramay, ular hamon an’anaviy, 
faqat o'zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo'jalik 
mamlakatlari bo'lib qolmoqdalar. Notovar qishloq xo'jaliklari aslida yuz millionlab 
mayda va o'rta xo'jaliklar asosida tashkil topgan. Ular odatda, o'zlarinigina oziq-



ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga arang qurbi yetishi 
mumkin. Jahonning ayrim mintaqalarida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Afrika, 
Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida hali ham omoch, motiga kabi oddiy 
ish qurollari va eski qoloq ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi. 
Dehqonchilik qishloq xo'jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan 
shug'ullanadigan eng asosiy tarmog'idir. Jahon dehqonchligi о`zida nihoyatda 
xilma-xil tarmoqlarni birlashtiradi. 
Donli ekinlar dehqonchilikning eng yirik tarmog'idir. Donli ekinlar turi ancha 
ko'p bo'lib, jahon ekin maydonlarining o'rtacha yarmi (0,7 mlrd. ga) da ekiladi. Don 
mahsulotlari aholi ozig'ining asosi bo'lib, hosilining yalpi hajmi 1,9 mlrd. t. g'allani 
tashkil qildi. 
Jahon don xo'jaligining eng samarali vakillari bug'doy, sholi va 
makkajo`xoridir. Bular orasida eng ahamiyatlisi esa bug'doydir. Uning asl vatani 
Kichik Osiyo va O'rtayer dengizbo`yi hududlaridir. 
Bug'doy jahonning deyarli barcha davlatilarida ekiladi va jami donli ekinlar 
maydonining 1/3 qismini band qilib kelmoqda. Jahonning asosiy bug`doyzorlari Yer 
sharining birinchi «bug'doy belbog'i» hisoblanadigan Shimoliy yarimshaming o'rta 
kengliklari bo'ylab tarqalgan. Bu kengliklarda joylashgan AQSH, Kanada, Rossiya, 
Ukraina, Qozog'iston, Xitoy jahonning eng yirik bug'doy yetishtiruvchi 
mamlakatlari hisoblanadi. Dunyoning ikkinchi bug'doy mintaqasi esa Janubiy 
yarimsharning o'rta kengliklari bo'ylab yastanib yotadi. Undagi bug'doyli maydonlar 
Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliyaning Janubiy hududlari bo'ylab joylashgan. 
Ushbu mintaqada joylashgan Avstraliya va Argentina davlatlari ham jahonda 
bug'doy yetishtiruvchi yirik davlatlardan hisoblanadi. Aholi jon boshiga eng ko'p 
sifatli bug'doy yetishtirish va uni eksport qilishda yirik davlat sifatida Kanada 
alohida o'rin tutadi. Mashhur Shimoliy Amerika Preriyasining yuqori kengliklari 
bo'ylab joylashgan Vinnipeg shahri Kanadaning «bug'doy poytaxti» hisoblanadi. 
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinni 
sholi egallaydi. 



Dunyo donli ekinlari ekin maydonlarining tarkibi quyidagicha: bug`doy – 
30%; sholi – 28%; makkajo`xori – 25%; arpa – 9%; oqjo`xori – 3%; javdar – 2% va 
boshqa donli ekinlar – 3%. 
Dunyo aholisining yarmiga yaqinining asosiy ovqati guruchdan tayyorlangan 
taomlardir. Sholi minglab yillar oldin Xitoy va boshqa Sharq davlatlarida ekilib 
kelingan va asta-sekin jahon bo`ylab tarqalgan. 
Sholi ekinlarining dunyoning issiq va suv yetarli hududlari bo`ylab tarqalishi 
uning xususiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Sharqiy, Janubiy va Janubi-sharqiy 
Osiyo mamlakatlari jahon yalpi sholi hosilining 9/10 qismini yetishtirmoqda. 
Umuman, dunyodagi barcha sug`oriladigan ekin maydonlarining 2/3 qismida sholi 
ekiladi.
Yana bir muhim donli ekin makkajo`xoridir. Uning asl vatani Meksika 
hisoblanadi. Makkajo`xori, odatda, doni va poyasi uchun ekiladi. AQSH 
makkajo`xori yetishtiradigan davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Uning hissasiga 
jahonda yetishtirilayotgan makkajoo`xori yalpi hosilining 40% idan ko`prog`i 
to`g`ri keladi. Dunyo davlatlari orasida makkajo`xori yetishtirishda Xitoy, 
Argentina, Avstraliya, Vengriyaning ham mavqeyi ancha yuqori.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashda moy, ildizmeva, sharbat, 
quvvat beruvchi ziroatchilik tarmoqlari ham ahamiyatlidir.
Aholi tomonidan iste`mol qilinadigan moyning 2/3 qismi soya, kungaboqar, 
yeryong`oq, chigit va boshqalardan olinadi. Soya yetishtirishda – AQSH (jahon 
soyasining yarmi), Braziliya, Argentina, Xitoy; yeryong`oq yetishtirishda – 
Hindiston; kungaboqar yetishtirishda – Rossiya, Ukraina; zaytun yetishtirishda 
Italiya, Ispaniya alohida ajralib turadi.
Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishda Rossiya, Polsha, Xitoy eng yirik 
mamlakatlardandir. Qandlavlagi, asosan, qand-shakar olishda ishlatiladi va uni 
yetishtirishda Ukraina, Fransiya, Rossiya yetakchilik qiladi. Shakarqamish 
Hindiston, Braziliya, Kubada ko`p yetishtiriladi. 
Choy (Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka), kofe (Braziliya, KOlumbiya, Meksika), 
kakao (Gvineya qo`ltiqbo`yi davlatlari) quvvat beruvchi shifobaxsh ekinlardandir. 



Jahonda 80 dan ortiq mamlakatlarda paxta ekilib, yiliga o`rtacha 17-18 mln. t 
tola ishlab chiqariladi. Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O`zbekiston eng ko`p 
paxta yetishtiradigan davlatlardan hisoblanadi. Paxta tolasini eksport qilishda esa 
AQSH, Pokiston, O`zbekiston yetakchilik qiladi.
Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yirik tarmog'idir. U 
kishilik jamiyatining eng qadimgi xo'jalik sohasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu 
ishlab chiqarish tarmog'i barcha davrlarda insonning kundalik iste’mol 
mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. 
Shu sababli, jahonda bironta mamlakat yo'qki, unda qishloq xo'jaligi va u bilan 
bog'liq bo'lgan o'rmon, ovchilik, baliqchilik xo'jaliklari tashkil topmagan bo'lsin. 
Hozirgi vaqtda bunday xo'jalik tarmoqlarida hammasi bo'lib 1,2 mlrd. dan ortiq kishi 
yoki jami iqtisodiy faol aholining 70 foizidan ko'prog`i ish bilan band. 
Qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi tabiiy iqlim 
sharoiti bilan chambarchas bog'liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim 
sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug'doy, sholi, paxta, meva, choy 
kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo'ladi. Shu sababli, qishloq xo'jalik tarkibi 
va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo'ladi.

Download 207,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish