2.1-jadval
O`zbеkistоn Rеspublikаsidа 2006-2011 yillаrdа хizmаt ko`rsаtish vа turizm sоhаsidаn tushаdigаn fоydаlаrning ko`rsаtkichlаri (mln. so`m hisоbidа)
Mintаqаlаr
|
2005 y
|
2006y
|
2008y
|
2009 y
|
2010 y
|
2011 y
|
Jаmi 2006-2011 y
|
O`zbеkistоn Rеspublikаsidа jаmi
|
566,4
|
1712
|
2000
|
2440
|
2976
|
3869
|
12997
|
SHundаn:
|
|
|
|
|
|
|
|
Qоrаqоlpоg’istоn Rеspublikаsi
|
1,1
|
1,1
|
1,3
|
1,7
|
2,5
|
3,3
|
9,9
|
Vilоyatlаr:
|
|
|
|
|
|
|
|
Аndijоn
|
3,5
|
3,5
|
4
|
4,9
|
6
|
7,8
|
26,2
|
Buхоrо
|
190,8
|
170
|
190
|
231,8
|
282,8
|
367,7
|
1242,3
|
Jizzах
|
3
|
3,6
|
4,2
|
5
|
6,1
|
7,9
|
26,8
|
Qаshqаdаryo
|
18,1
|
18,1
|
21
|
25
|
31
|
40,3
|
135,4
|
Nаvоiy
|
6,4
|
2,4
|
2,8
|
3
|
4
|
5
|
17,2
|
Nаmаngаn
|
0,9
|
2,3
|
3
|
4
|
5
|
6,5
|
20,8
|
Sаmаrqаnd
|
303,9
|
304
|
350
|
420
|
504
|
651
|
2229
|
Surхоndаryo
|
71,6
|
82
|
90
|
95
|
102,5
|
126,3
|
495,8
|
Sirdаryo
|
0,2
|
0,5
|
0,6
|
0,8
|
1
|
2
|
4,9
|
Tоshkеnt
|
10,7
|
14,1
|
16,2
|
19,8
|
24,5
|
31,8
|
106,4
|
Fаrg’оnа
|
7,5
|
18
|
21
|
23
|
25
|
26,4
|
113,4
|
Хоrаzm
|
-51,3
|
39
|
45
|
55
|
68
|
88,5
|
295,5
|
Tоshkеnt sh.
|
0
|
1053,4
|
1250,9
|
1551
|
1913,6
|
2504,5
|
8273,4
|
Mаnbа: «O`zbеkturizm» MKning 2006-2011 yillаrdа хizmаt ko`rsаtish vа sеrvis sоhаsini jаdаl rivоjlаntirish dаsturi.
Dasturning ikkinchi bo`limi – “O`zbekturizm” MKning 1999 – 2005 yillardagi “investitsiya dasturi“, - deb nomlanib, unda Samarqand shahrida “Prezident Otel” mehmonxonasi qurilishi (mablag’ning 85 % xorij investori, 15% investor “O”zbekturizm” MK hisobidan), shahardagi “Samarqand” mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln. AQSH dollari. Xorijiy va mahalliy sarmoya), Xivada yangi mehmonxona qurilishi (bu ham 85 % ga 15%), Urganchda “Xorazm” mehmonxonasini qayta tiklash (7,5 mln. AQSH dollari-Hindiston krediti) Toshkent shahridagi “O`zbekiston” mehmonxonasini qayta tiklash (31,2 mln AQSH dollari, xorijiy sarmoya ), shuningdek, 50-60 o`rinli 2-3 yulduzli mehmonxona qurilishi (20 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya ), Toshkent viloyati Chorvoq suv ombori hududida dam olish zonasi va golf klubi qurilishi (100 mln AQSH dollari, xorijiy sarmoya), Buxorodagi “Buxoro” mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, xorijiy sarmoya), Andijondagi 60 o`rinli yangi mehmonxona qurilishi (12 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), shahardagi “Oltin Vodiy” mehmonxonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), Jizzaxdagi “O`zbekiston” mehmonxonasini qayta tiklash (10 mln AQSH dolari, xorijiy va mahalliy sarmoya), Termizdagi mehmonxoni qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), Shahrisabzdagi “Shahrisabz” mehmonxonasini qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda kata mablag’ talab etiladigan vazifalar maqsad qilib olingandir. Shuningdek, Avtobus – avtomobil parkini modernizatsiyalashtirish (zamonaviylashtirish) uchun 12 mln AQSH dollarida miqdorida sarmoya talab qilinishi belgilab berildi. Dasturlashni quyidagi jadvalda yaqqol ko’rishingiz mumkin
Quyidagi diagrammada jadvalning diagrammadagi aksini ko’rishingiz mumkin
2.1-diagramma
Manba: Izlanishlar natijasida muallif ishlanmasi.
3. O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlat tomonidan qo`llab–quvvatlash tizimi
O`zbekiston juda katta turistik potentsialiga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizmning markazlaridan biri hisoblanadi. Turistlarni jalb etuvchi qadimdan Xitoy va Evropa mamlakatlarni bog`lab turuvchi Buyuk Ipak yoli o`tgan katta miqdordagi me’moriy haykallar va tarixiy davrga ega bo`lgan shaharlardan: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoqon, Termizdir. O`zbekistonning qadimgi shaharlarda zamonaviy me’morchilik O`zbekiston uchun o`zigacha hususiyatga ega bo`lgan o`tgan asrlar milliy binokorlikning xaykallari bilan bog`liqdir.
O`zbekiston xorijiy mehmonlarni jalb qilishda ham boshqa zahiralarga ega: (gohida faqat O`zbekistonda uchraydigan) hayvonot va o`simliklar olamiga boy bo`lgan cho`l va qo`riqxonalar, turizmning faol ravishda rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tog` qirralar va daryolar, dunyoda uchramaydigan shifobahsh suvning mineral manbaalar, faqat O`zbekistonda uchraydigan amaliy san’atning an’anasi va o`zga xos madaniyati va yildan-yilga o`sayorgan mamlakatdagi iqtisodiy potensiali.
Davlat hukumati unvoniga ko`tarilgan turizmni rivojlanishini qo`llab-quvvatlashda turizm hukumat, xususiy shaxslar va turizm sohasi bilan shug`ullanadigan tashkilotlar uchun daromadlarning asosiy manbaasi bo`lmoqda.
Hozirgi kunda O`zbekistonda 397ta xususiy turistik firmalar foaliyat ko`rsatib kelmoqda, ulardan 214 poytaxtda, 183-barcha viloyatlarda asoslanmoqda. Mehmoxonalarning 120tasi Toshkent shahrida, respublikaning hududlarida esa -88 joylashgan. 2011 yili statistikaga muvofiq, turistlarning 312 ming nafariga xizmat ko`rsatilgan. 2010 yilda turistik xizmatlarni ko`rsatishda tarmoqlar oxirgi uch yil ichida 73 % o`sishni tashkil etgan 17,5 mlrd so`m miqdordagi mablag`lar qo`lga kiritildi. Xususiy tadbirkorlarning ulushlari umumiy xajmdagi xizmatlar 90 % o`sdi.
Ko`rsatkichlarga muvofiq, 2010 yilga 2,1 ming joylar sig`imi bilan 1,07 ta xonalardan iborat 56 ta mehmonxonalarni qurish shuningdek, “Buxoro”, “Ziyorat” va “Kumushkon” sayohat bazasini qayta ta’mirlash rejalashtirilmoqda.
Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan namoyon bo`lmoqda:
respublika iqtisodiyotining asosiy tarmog’i bo`lmish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish;
turizm sohasida bir qancha qulayliklarni ta’minlash;
turizm sohasida huquqiy va normativ bazalar yaratish;
turizmda raqobatni takomillashtirish;
keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishdan iborat.
Turizm korxonalarini qonuniy aksiyalashtirish amalga oshirildi. Misol tariqasida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasining bir qator obyektlarini xususiylashtirishni olishimiz mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, davlat siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri – turizm faoliyatini amalga oshirish va raqobatni kuchaytirishga qaratilgan. Shu tufayli, turizm iqtisodiyotida xususiy tarmoqni rivojlantirishga keng yo`l ochib berildi.
Respublika hukumati turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirmoqda. Bundan tashqari, turizm sanoatida xorijiy investitsiyalar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan xorijiy investitsiyalarga bir qancha qulayliklar berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Davlat ahamiyatiga ega investitsiyalar hukumat tomonidan kafolatlanadi. Ta’kidlash lozimki, bu turizm sohasining barcha tarmoqlarida tadbirkorlikni iqtisodiy barqarorlashtirishning baquvvat dastagi hisoblanadi.
2. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hududida yangidan tashkil topgan turizm korxonalari birinchi foydani olguncha barcha soliqlardan ozod qilinadi. Fiskal imtiyozdan tashqari, turizm biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy rag’batlantirish stavkali imtiyozli kreditlar berish, yangi turizm obyektlarini ko`rish uchun ssudalar berish yo`lga qo`yilgan.
Ta’kidlash lozimki, davlatning asosiy kapital qo`yilmalari turizm sohasi rivojining zahirasi hisoblanadi. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash jarayonida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi 100 dan ortiq turizm obyektlarini ta’mirladi va zamonaviy ko`rinishga keltirdi. Ushbu obyektlar saqlash va xorijiy sayyohlarga ko`rsatish uchun hokimiyatlarga ijaraga berilgan.
O`zbekiston Respublikasi hukumati rahbarligida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi Butun jahon turizm tashkiloti bilan birgalikda va BMT rivojlanish dasturi ko`magida “O`zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish” milliy proyektini ishlash uchun xalqaro ekspertlar guruhini tuzdi. Ushbu guruhga Maykl Jozef Mak Nalti boshchiligida O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH va Hindistonlik yuqori malakali mutaxassislar kirdi. Loyihaning asosiy maqsadi – mamlakatga ko`p miqdorda xorijiy sayyohlarni jalb qilish, turizm tadbirkorligini daromadli tarmoqlardan biriga aylantirish, mutaxassis kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, raqobatbardosh va kuchli turizm sohasi bilan jahon bozoriga chiqishdan iborat. Xorijiy ekspertlarning baholashicha, O`zbekistonda turizmning yillik o`sishi 7 % ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, turizm sohasida davlat siyosatini asosiy yo`nalishi turizmni respublika iqtisodiyotining daromadli tarmog’iga aylantirish, turizm sohasida huquqiy va normativ bazasini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. O`zbekiston rahbariyati turizm faoliyatini amalga oshirish, raqobatni takomillashtirish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratmoqda. Davlat siyosati turizm sohasini rivojlantirish uchun diqqat – e’tibori servis xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, zamonaviy turizmni yaratish, keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishga qaratilgan.
O`zbekiston Respublikasing “Turizm to`g’risidagi” qonunning qabul qilinishi respublika hukumati ushbu sohaga kata e’tibor qaratilayotganini ko`rsatadi. O`zbekiston respublikasi prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasing tashkil etish to`g’risidagi farmoni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1993- yil 3- iyundagi O`zzbekiston Rspublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora tadbirlari miqyosidagi” qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yil 11-noyabrdagi “Turizm faoliyati to`g’risidagi meonini tasdiqlash xususida” gi qarori, O`zbekiston Respublkasida 2006-2010-yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora tadbirlari to`g’risidagi yaqool fikrimizning dalilidir.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublkasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modilda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamalakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko`rsatadi. U mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda invivsitsiya va capital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo`lib hisoblanadi. Ma’limki bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda asosan, xusisiy va tijorat, kompaniyalar turistlarga xizmat ko`rsatadi.
Biroq har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mushkul, agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza qilish axborot reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa u holda turizmni kutilganidek rivojlantirish darajasiga olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va chegaralarini qayta isloh qilish, turizmni tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi xorijiy invistitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishliuslubiy amaliy yondashuvlarni ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston turizm infratuzilmasiga sobiq ittifoq davridan asos qilingan edi. Biroq bu sohada qilingan daromadlarning qayta taqsimlash muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilar edi.
1985-1989-yillarda O`zbekistonda ichki va hududiy turizmning hajmi 1.4-1.6 mln. chet elliklarning miqdori atiga 130- 180 ming kishini tashkil etgan xolos. Mamlakatimiz mustaqilikga erishgandan so`ng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi
Umumman olganda, O`zbekiston Respublkasida turizm infratuzilmasini rivojlantirishni beshta bosqichga bo`lish mumkin:
Birinchi bosqich (o`z ichiga 1992-yilni oladi) ushbu bosqich Respuplikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirish bilan xarakterlanadi, bu bosqichda turizm infratuzilmasidayetakchi hisioblangan “O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasiga asos solindi.
Ikkinchi bosqich (1993-1995-yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko`rsatish hajmining oshib borishi bilan birgalikda yangi turistik yo`nalishlarni ishlab chiqish xizmat ko`rsatishni yangilash, yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kenggaytirish, boshqaruvning tashkiliy tuzilishini mukammallashtirish va boshqa shu kabi vazifalar bilan bog’liq bo`lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki ularni faqatgina “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi kompaniyasi doirasida hamjihatlikda hal qilish mumkin bo;ib qoldi. Kompaniya turistik operatorlar bilan to`gridan-to`gri aloqa qilish maqsadida Germaniya(Frankfurt-Main), Angliya(London), AQSH(Nyu-York), BAA(Sharma) va Rossiya (Moskva) kabi bir qator mamlakatlarda o`zining vakolatxonalarini ochdi.
Uchinchi bosqich (1995-1997) da xususiylashtirish jarayoni boshlandi 1996-yilning boshlarida “Ozbekturizm” Milliy kompaniyasi tizimidagituristik obyektlarumumiy miqdorining 90% ga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.
To`rtinchi bosqich (o`z ichiga 1998-yilni oladi bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, invistitsiyalar oqimini barqarorlashtirish imkoniyatlari yaratildi. Respublikamizda milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish turizmga bevosita tegishli bo`lgan xizmat ko`rsatish infratuzilmasini xususan turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara bojxona xizmatini qayta shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich,(1999-yil may oyidan keyingi davrlar) ushbu bosqichda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining turizimni rivojlantirishning davlat dasturi to`g’risidagi farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turiamning tutgan o`rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosini shakllantirdi balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi.
Ushbu me’yoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qo`shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari O`zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatic vakolatxonalarida turizm bo`yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.
O`zbekistonda milliy turizm rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz mamlakatning asosiy turizm mintaqalariga bo`linishi xususida to`xtalib o`tish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublikada 5 ta asosiy mintaqa mavjud bo`lib ular:
-Farg’ona
-Samarqand
-Buxoro
-Toshkent
-Xorazm
mintaqalaridir.
Farg’ona turizm mintaqasi Farg’ona vodiysini o`z ichiga oladi.
Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me’morchilik obidalari. Qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’at maxsulotlari , sanoat va agrar kompleks lardan iborat.
Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir.
Mazkur turizm mintaqasida madaniy yodgorliklari poytaxt viloyatining bugungi hayoti qurilishlar , yangi shahar va qishloq;ar zamonaviy madaniyat mintaqasining tabiati diqqatiga sazovor bo`lishiga sabab bo`ladigan muhum omildir.
Avtomabil va temir yo`llari tarmog’i turizm mintaqasining turizm markazlarini bir biri bilan bog’laydi hamda shahar temir yo`l avtomabil turizmining rivojlanishiga imkon beradi.
Samarqand, Buxoro turizm mintaqasi Samarqand , Buxoro, Navoiy viloyatlarini o`z ichiga oladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O`zbekiston Respublikasida diniy turizmni va umumiy turizm sohasini Xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizda 740 dan ortiq kichik va o’rta biznes subyektlari, 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalar turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotganligi, turistik maxsulotning yangidan-yangi zamonaviy turlarini kichik va xususiy turistik firmalar tomonidan kashf etilayotganligi va bular doirasida turli xil turistik xizmatlarning ko'rsatilayotganligi, turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va boshqa shu kabi o’zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi.
O`zbekistonda milliy turizmni rivojlantirish yo`llari mavjud. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar o`z turistik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlarning katta potensialga ega. Milliy turizm o`zi bilan bog’liq sohalarni ham ijobiy tomonga rivojlanishiga olib keladi. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’la olishi g’oyasini o`z ichiga olgan.
Milliy turizmning mazmuni va ichki tuzilmasi, uni rivojlantirish yondashuvlari, turistik oqimlarini O`zbekistonda destinatsion marketing vositalari orqali o`sish mexanizmini asoslashda o`z ifodasini topadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi. Toshkent, 2009y.
O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Turizm to’g’risidа”gi qоnuni – O’zbеkistоnning yangi qоnunlаri. Toshkent, 2000y.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1995 yil 2 iyundаgi 1162 rаqаmli ”Buyuk Ipаk yo’li”ni qаytа tiklаshdа O’zbеkistоn Rеspublikаsining ishtirоkini аvj оldirish vа rеspublikаdа Хаlqаrо turizmni rivоjlаntirish bоrаsidаgi chоrа – tаdbirlаr to’g’risidаgi” fаrmоni.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “O’zbеkturizm” MKsining tаshkil tоpishi” to’g’risidаgi fаrmоni № PF – 447. 1992 yil 27 iyul.
O’zbеkistоndа turizmni rivоjlаntirishning 2005 yilgаchа bo’lgаn dаvlаt dаsturi O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning 15.04.1999 yildаgi PF – № 2286 fаrmоni.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining №346 1998 yil 8 аvgustdа qаbul qilingаn “Turistik tаshkilоtlаrning fаоliyatini tаkоmillаshtirish” to’g’risidаgi fаrmоyishi.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2006 yil 17 mаydаgi “Хizmаt ko’rsаtish vа sеrvis sоhаsini 2006 – 2010 yillаrdа rivоjlаntirish hаqidа”gi PQ – 325 – sоnli qаrоri.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2007 yil 21 mаydаgi “O’zbеkistоn Rеspublikаsidа 2010 yilgа qаdаr хizmаt ko’rsаtish vа sеrvis sоhаsini rivоjlаntirishni jаdаllаshtirish bo’yichа qo’shimchа chоrа – tаdbirlаr hаqidа”gi PQ – 640 – sоnli qаrоri.
“O’zbеkturizm” MKsining fаоliyatini tаkоmillаshtirish chоrа – tаdbirlаri hаqidаgi 360 – sоnli 2004 yil 28 iyuldаgi Vаzirlаr Mаhkаmаsinig qаrоri.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsinig № 346 sоnli 1998 yil 8 аvgustdа qаbul qilingаn “Turistik tаshkilоtlаrning fаоliyatini tаkоmillаshtirish to’g’risidа”gi qаrоri.
Do'stlaringiz bilan baham: |