- Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. 1991 yilning noyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda saylovning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi huquqiy jihatdan e'tirof etildi. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar mamlakat Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish hukuqiga ega ekanligi bayon etildi.
- Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta'sis qurultoyida asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |