Mavzu: O`zbekiston xududida ibtidoiy davr san’ati. Reja: O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari. Ibtidoiy davrning ma`naviy madaniyat Tosh davri madaniyati



Download 99,71 Kb.
bet3/5
Sana20.02.2022
Hajmi99,71 Kb.
#461188
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5224245747515397919

. Eng sodda qurollar yasash bilan inson o`zini yaratdi va o`zi bilan hayvon o`rtasiga chegara qo`ydi. Bu esa insonning tabiat ustidan hukmron bo`lishida birinchi qadam bo`ldi. Xozirgi davrda fanda ibtidoiy odamlarning eng avvalgi vakillaridan birini Pitekantrop deb ataladi. Pitekantroplarning qoldiqlari dastlab Yava orolidan topilgan. Birmuncha vaqt o`tgandan so`ng Xitoyning Pekin shahri yaqinidagi g’ordan Sinantrop («Xitoy odami»)ning qoldiqlari topilgan. Bu erdan 40 ga yaqin sinantroplarning suyaqlari bilan birga juda sodda tosh qurollari, sinantropga ovqat bo`lgan hayvonlarning suyaqlari va nihoyat ularning olovdan foydalanganliklarini ko’rsatuvchi kul qoldiqlari topilgan.

Odamning rivojlanishidagi keyingi bosqich Neandertal’ bosqich deb nomlanadi. Germaniyaning Neandertal’ shahri yaqinidan topilgan odam qoldiqlari nomi bilan yuritiladi. 14 Respublikamiz xududidagi Teshiktosh g’oridan (Surxondaryo viloyati, 1938 yil) ham 12 yoshli neandertal’ bolaning qoldiqlari topilgan. Odamga qurol va yaroq ishlash uchun xizmat qilgan birinchi material tosh, ya`ni chaqmoqtosh yoki unga yaqin mineral jinslar, xususan oqtosh (kvarts) bo`lgan. Chaqmoqtosh yer sharining barcha yerida juda keng tarqalgan bo`lib, bu mineralda juda ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan uch xususiyat–qattiqlik, yupka bo’lakchalarga bo`linib ketish va kesuvchi o’tkir qirralar mavjud bo`lgan. Agar tabiatda shu chaqmoqtosh bo’lmaganda insoniyatning boshlang’ich tarixi qandaydir boshqa yo`l bilan ketishi mumkin edi.

Olov odam tomonidan bo’ysundirilgan va o`z manfaatiga xizmat qilgan dastlabki tabiat kuchi bo`lgan. Natijada odam hayvonot olamida ustunlikka erishib, biologik mavjudot sifatida undan uzoqlashgan. Olovning egallanishi ilk paleolit davrining buyuk madaniy yutug’i bo`lgan. Paleolit davrining yana bir yutug’i kishi tafakkuri va nutqining paydo bo`lishidir. Tafakkur va nutq qobiliyati taraqqiyotining qudratli sharti va omili bo`lib, ular kishilikni butun xayvonot dunyosidan ajratdi. Tafakkur va nutqning vujudga kelishi odamda rivojlanishi ilk insoniy munosabatlarning shakllanishi va taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan. Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti - moddiy ishlab chiqarishning, ya`ni moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov singari til va tafakkur ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini tezlashtirgan.


Download 99,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish