mavzu: O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. Ajratilgan soat: soat. Mashg‘ulot turi



Download 31,13 Kb.
bet2/8
Sana08.02.2023
Hajmi31,13 Kb.
#909299
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza 4

2-reja bayoni:
MDH oldida katta muammolar turardi. Bu muammolarni yechish uchun Hamdo‘stlik mamlakatlar davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.
1991 yil 30 dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘ldi. Kengashda MDH mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Imzolangan hujjatlar orasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlar boshliqlari kengashi va hukumatlar boshliqlari kengashi to‘g‘risida muvaqqat bitim” alohida o‘rin tutadi.
Bitimda davlatlar boshliqlarining Kengashi oliy organ bo‘lib, unda Hamdo‘stlikda qatnashuvchi barcha davlatlarning vakillari umumiy manfaatlari sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun davlat boshliqlari darajasida qatnashdilar, deb ta’kidlandi. Unda davlatlar boshliqlari Kengashi bilan hukumatlar boshliqlari Kengashining faoliyati hamdo‘stlik a’zolarining davlat suverenitetini va suveren tengligini, o‘z taqdirini o‘zi belgilashdan iborat daxlsiz huquqini, ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik va do‘q qilmaslik, nizolarni tinch bartaraf etish, oz sonli millatlarning huquqlarini hurmat qilish asosida amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘yildi. Bitimda: “Kengashda har bir davlat bir ovozga ega bo‘ladi. Kengashning qarorlari hammaning roziligi – yakdillik bilan qabul etiladi ”, - deb ta’kidlab qo‘yilgan. Davlatlar boshliqlarining Kengashi yi lida kamida ikki marta, hukumatlar boshliqlarining Kengashi esa 3 oyda kamida bir marta majlisga yig‘iladi. Hamdo‘stligidagi davlatlarining davlat tillari kengashlarining rasmiy tillaridir, ish tili rus tilidir deb belgilab qo‘yildi.
Minsk Kengashida muhokama qilingan boshqa masalalar bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:
-kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish sohasida birgalikdagi faoliyat haqida bitim;
- sobiq SSSRning chet ellardagi mol-mulki to‘g‘riisda bitim;
- MDH kengashlarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida protokol.
1992 yil 9 fevralda Moskvada MDH davlat boshlihlarining navbatdagi kengashi bo‘lib, unda quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • ekologiya va tevarak atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim;

  • bir-birlarining hududlaridan yuklarni bemalol o‘tkazish haqida bitim (unda yuklar uchun bojxona solig‘i, boj hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun soliqlar va yig‘imlar solmaslikka kelishildi. Ammo bitimni Ukraina imzolamadi);

  • gidrometereologiya sohasida o‘zaro aloqalar haqida bitim;

  • temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma.

1992 yil 20 martda Kiyevda MDH davlat boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda SSSRning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, SSSR Davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev uchrashuvida davlatlarning chegaralarini va Hamdo‘stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo‘riqlash haqida bitim imzolandi.
1992 yil 15 may kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar - Hamdo‘stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo‘shlig‘idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagona byudjetni shakllantirish va chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Sobiq SSSR daromadlari, qarzlari va mol-mulklari to‘g‘risida axborotlar tinglandi. Toshkent kengashida 13 ta muhim muammo yuzasidan bitimga erishildi. Imzolangan hujjatlar orasida “Kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning makomi haqida bitim” alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Hamdo‘stlik davlatlari xavfsizligini kafolatlaydi.
1993 yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDH ni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslaxat kengashini tuzish, Afg‘oniston bilan Tojikiston o‘rtasidagi chegarani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o‘rnatuvchi harbiy bo‘linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. MDHning zarurligi, uni mustahkamlash kerakligi hamma Prezidentlar tomonidan ta’kidlandi. Minskda imzolangan hujjatlar iqtisodiy ahvolni barqarorlashtirishga, tinchlikni mustahkamlashda, tanglik jarayonlarini bartaraf qilishga qaratildi.
1993 yil 24 sentyabrdagi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlari kengashida MDH doirasida Iqtisodiy Ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi va shartnoma imzolandi. Kengashda boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, qator bayonot va nizomlar qabul qilindi. Har bir davlat o‘zining milliy valyutasini joriy etdi.
1993 yil 24 dekabrda Ashgabatda bulib utgan kengashda Gruziya MDHga a’zo bulib kirdi. MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad Deklarasiyasi qabul qilindi.
MDH davlat boshliqlarining keyingi kengashlarida ham kollektiv tinchlikni saqlash masalalari, erkin savdo makonini barpo etish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli hujjatlar qabul qilindi.
1994 yil 21 oktyabrda Moskvada MDH davlat boshliqlarining kengashi va asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integrasiyasiga doir masalalariga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasida integrasiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integrasiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Iqtisodiy Ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy Qo‘mitasi (DIK) tuzilib, uning maqsadi iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlash, MDH a’zolari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va hokazolardan iborat deb belgilandi. DIKning vazifasi iqtisodiyotini, islohotlarning borishini tahlil etish, xo‘jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni prognozlashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, transnasional xarakterdagi tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlari) bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdan iboratdir. DIKning shtab-kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. DIKning tuzilishi MDH mamlakatlari o‘rtasida uzilib qolgan aloqalarni qayta tiklashga, integrasiyani chuqurlashtirishga umid uyg‘otdi.
Shunday qilib, MDH tashkil etilganidan beri o‘tgan davrda iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid mingda ortiq masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. MDH mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarni muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha o‘zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisob olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog‘liq. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizm yaratilmadi, o‘zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.
O‘zbekiston MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integrasiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy – siyosiy organlarni tashkil etishga Qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integrasiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy, mustaqil, suveren davlatlar integrasiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi. Keyingi yillarda MDH ayrim a’zolarning To‘rtlar shartnomasi (Rossiya Qozog‘iston, Belorus) Ikkilar ittifoqi (Rossiya va Belorus) kabi qayta guruhlanishi ham sodir bo‘ldi. Bu MDHni yanada zaiflashtirishga olib borishi tabiiydir.



Download 31,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish