Mavzu: O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq mexanizmi
Reja: 1.Soliq siyosatining huquqiy asoslari strategiyasi va mantiqasi. (17-22) 2.Soliq mexanizmining huquqiy asoslari. (38-43) ? (II. Yuridik shaxslarning soliqalri va soliqqa tortish.
1.Soliq siyosatining huquqiy asoslari strategiyasi va mantiqasi. Soliq siyosati-bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq bir maqsatlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, jori etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarning amaliyotida ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli orgonlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir. Soliq siyosatining huquiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustdagi « O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi (1991-yil 15-fevral), « O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmaganlarning daromad solig’I to’g’risida»gi (1991-yil 15-fevral), «Mahalliy soliqalr va yig’imlar to’g’risida»gi (1193-yil 7-may) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lgan bo’lsa, 1997-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasiningsoliq kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlari o’z kuchini yo’qotishiga olib kelib, ayrimlarining huquqiy bazasining kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. Soliq konsepsiyasi-bu solqilarning yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g’oyalari yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq konsepsiyasi chuqur aoasda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish konsepsiyasiga asoslanadi.Amalga oshirilishi lozim bolgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: solqi siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo’linadi. Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarning asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa, o’z navbatida, ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bog’liqdir. Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sa’y-harakatlarni bildiradi, yani qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo’nalishlar majmuasi- soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi. Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: • mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy etish; •amal qilayotgan soliqlarning samarali ishlashini taminlovchi mexanizmni shakillantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish; •soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularning ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
•soliqqa tortish tizimini shakillantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishga erishish. Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-moddasida 8-bandi va «O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, hukumatning taqdimiga asosan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilaydi. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq tizimi deb ataladi. Soliq tiziming asosi bo’lgan o’ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning obyektiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo’lishiga (subyektiga), budjetga yo’naltirilishiga va boshqa belgilariga ko’ra, ularning tasniflanishidir. Tarixan soliqlar ijtimoy tuzilishiga qarab yoki, boshqacha qilib aytganda, undirib olish manbayiga qarab, ikki guruhag- to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bolinadi: 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi subyektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat soligi, aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va boshqalar kiradi. 2. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar. Banday soliqlar soliq to’lovchi subyektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. 3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jsimoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi. Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 1. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga, asosan, egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasigaajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar. 3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar. 4. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar. Soliqlarning to’g’ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish obyektiga, to’lovchi bilan davlatning o’zaro munosabatlariga bog’liq boladi. To’g’ri soliqlar to’gridan to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o’tkazadi. To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi. Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (yer, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiyqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish obyektiga qarab , quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog’ozlardan olinadigan soliqlar. O’z mohiyatiga ko’ra, bunday soliqlar regressiv tusga egadir. Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat Tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymat taqsimlanishining ishtirokchisi bo’lib qoladi. Egri soliqlar to’g’ri soliqlardan farqli ravishda to’lovchining daromadli yoki mol-mulki bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi.
Egri soliqlar aksizlarni, davlatning fiscal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o’z ichiga oladi. Aksizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va h.k.) va universal (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa) tu’rlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |