Mavzu: O'zbekiston Respublikasida budjet jarayonini tashkil etish asoslari.
Kirish
Reja:
1.Budjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari.
2. Budjet jarayonini takomillashtirishda budjet nazoratini samarali tashkil etish.
3.G'aznachilik tizimini takomillashtirish orqali budjet jarayonida Moliya vazirligining ahamiyatini oshirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kirish
Bizga ma’lumki, o’tgan yillar mobaynida olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi qay darajada ekanligini ko’rsatib berdi. Bu borada, davlat moliyasi tizimining puxta ishlab chiqilganligi o’z natijalarini berdi. Xususan, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.”11-deya ta’kidlab o’tdilar. Ayniqsa, o’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda zamonaviy Davlat byudjetining barpo etilganligi, byudjet tizimi faoliyatini ta’minlashda byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo’lgan davlat hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyati samarali tashkil qilinganligi byudjet jarayoni munosabatlarini ta’minlab berdi. Biroq, byudjet jarayonini tashkil qilishda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishgan bo’lsada, shu bilan birga byudjet jarayonini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, byudjet jarayonini tashkil qilishda ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet jarayoni ijrosida o’rnini o’rgangan holda, Moliya vazirligi faoliyatini yanada samaradorligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, byudjet jarayonini tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o’rnini va ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligini o’zida aks ettiradi.
1.Budjet jarayoni bosqichlari va uni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari.
Mamlakatimizda davlat moliyasini tashkil etish va sog’lomlashtirish, byudjet daromadlarining barqarorligini, ularni shakllantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan byudjet siyosati tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat miqyosida dasturlarning qabul qilinishi o’z ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining o’z vaqtida qabul qilinishi xususida Islom Karimov: “Dastur o’ziga qamrab olgan, o’z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko’rsatish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz2” - deya ta’kidlab o’tgan edilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatmiz miqyosida byudjet jarayonini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalambor, byudjet jarayoniga ta’rif beradigan bo’lsak, “Byudjet jarayoni — Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni3. Byudjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi hamda byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |