Xulosa
Shu narsani takidlashni joiz bilamanki tashqi siyosat bu bir so‘z bilan aytganda davlatning kelajaki, keyingi taqdiri hisoblanadi. Shunday ekan ko‘pchilik takidlaganidek kelajak bugundan boshlanadi. O‘zbekiston ham shu asnoda yo‘l tutmoqda desam xech adashmagan bo‘laman. Oxirgi yillarda O‘zbekiston dunyo xamjamiyati uchun o‘z imidjini butunlay o‘zgartirdi. Xech kimga sir emaski hozirgi olib borilayotgan siyosatimiz oldingisidan sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Jahon amaliyotidan ma'lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o‘z qobig‘iga o‘ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish orqali o‘z taqdirini belgilagan.Bu juda muhim omil sanaladi.Buni O‘zbekiston misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini, shu jumladan tashqi siyosatni ham qamrab oldi. Mamlakatni barqaror rivojlantirish uchun qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan O‘zbekiston tashqi siyosati asosiy maqsadining ahamiyati bir necha martaga oshdi. Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlagan pragmatik siyosati tufayli so‘nggi ikki yildan oshiqroq muddatda O‘zbekiston tashqi siyosati sezilarli darajada faollashdi, mavjud muammolarni hal qilishda va yangi nostandart yondashuvlar bilan boyitildi. Respublikaning jahon miqyosidagi xalqaro nufuzi mustahkamlandi va shu yo‘ldan bormoqda. Shubhasiz, bunga 2017 yil 7 fevralda Prezident farmoni bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi hamda davlat rahbarining tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirishga, uning mamlakatimiz milliy manfaatlarini ilgari surishdagi salohiyatini kuchaytirishga qaratgan jiddiy e’tibori ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Joriy yilda davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi – yaqin qo‘shnilarga nisbatan ochiq va konstruktiv siyosat olib borish, Markaziy Osiyodagi muammolarni tenglik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va oqilona kelishuv asosida hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiq va qardoshlik siyosati qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyoda butunlay yangi, sog‘lom muhit, do‘stona vaziyat hamda mamlakatimiz va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
So‘zimni yakunlashim asnosida shunday xulosaga keldimki, hozir qilinayotgan barcha islohotlar, yangiliklar hoh u tashqi siyosatda, hoh ichki siyosatimizda umuman olganda har qanday soha bo‘lishidan qat’iy nazar bu narsa bizni O‘zbek millatimizni kelajakini, taqdirini belgilaydi. Bu yo‘lda biz ham muhtaram Prezidentimizga yelkadosh, ko‘makdosh bo‘lishimiz talab qilinadi.Zero, avlodlarimiz baxtli-saodatli, farovon hayot kechirib, bizdan bir umr minnaddor bo‘lib yashashsin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent-2012.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi portali.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, TDTU “Taraqqiyot strategiya markazi” direktori Xayitov Ulug’bek maslahatlari asosida.
www.google.com
www.sputnik.uz
www.kun.uz
www.daryo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |