Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari



Download 3,02 Mb.
bet266/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

30.2. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari

Lev Nikolaevich Tolstoy (1828-1910) o’zining pedagogik faoliyatini pedagogika sohasida nodir asarlar yaratish bilan birga 1859 yilda Yasnaya Polyanada o’z hisobiga dehqonlarning bolalari uchun maktab ochdi va taklif etilgan o’qituvchilar bilan birgalikda unda mashg’ulotlar olib bordi. Shuningdek, u To’la guberniyasida maorif ishlarini qayta tashkil etishda jonbozlik ko’rsatdi. Bu davrda uning tashabbusi bilan 20 dan ortiq maktab ochildi.

O’zining maorif sohasidagi tajribalarini keng yoyish maqsadida L.N.Tolstoy 1862 yildan boshlab «Yasnaya Polyana» nomli pedagogik jurnalini chiqara boshladi va uning sahifalarida «Xalq maorifi to’g’risida», «Savodga o’rgatish metodlari haqida», «Maktablarning erkin tarkib topishi va rivojlanishi», «o’quvchilarning eng yaxshi insholari» kabi bir qator maqolalarini e’lon qildi.

Tolstoy o’zining pedagogik asarlarida o’qitish nazariyasi masalalari yuzasidan bir qancha original didaktik g’oyalarni ilgari surdi. 60- yillarning boshida Tolstoy pedagoglik ishiga astoydil kirishib, bu sohada uzluksiz izlanish olib boradi va «har bir maktab o’ziga xos bir ta’lim-tarbiya laboratoriyasi bo’lishi kerak» degan talabni qo’yadi, uning Yasnaya Polyanadagi maktabi ham o’ziga xos tajriba laboratoriyasi edi. O’qituvchining o’quvchilar bilan erkin suhbati asosida tashkil etilgan bu maktabda 7 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan 30-40 nafar dehqon bolalari o’qir edi. Bolalardan tashqari, har yili qishloqdagi 3-4 nafar katta yoshdagi kishilar ham ta’lim olar edilar. Tolstoy o’zi tashkil etgan maktab uchun unda beriladigan o’qitish mazmunini ham, o’quv rejasini ham mustaqil tarzda ishlab chiqdi. Chunonchi, uning maktabida, o’qish, yozish, husnixat, grammatika, din darsi, rus tarixidan hikoyalar, arifmetika, tabiiyot va geografiyadan elementar bilimlar berilar, rasm va ashula o’rgatilar zdi. Rus tili darslarida Tolstoy o’quvchilarga badiiy hikoyalar Shaklida tabiiyot, geografiya va tarixdan ma’lumotlar berardi. U bunday hikoyalarning namunasi sifatida «Yasnaya Polyana maktabi» sarlavhali maqolasida 1812 yilgi Vatan urushiga oid hikoyani keltirar edi.

Tolstoy 1869 yilda «urush va tinchlik» romanini yozib, tugatgach, bolalar bilan o’tkazadigan mashg’ulotini yana qayta tikladi. 70-yillarda Tolstoy xalq maorifi sohasiga har tomonlama katta qiziqish bilan yondoshdi. 1872 yilda uning «Azbuka» («Alifbe») kitobi bosilib chiqdi. 1875 yilda esa qayta ishlangan «Novaya Azbuka» («Yangi Alifbe») hamda to’rtta «Kniga dlya chteniya» («o’qish kitobi») nashr qilindi.

Tolstoy savod o’rgatish uchui grammatikani yaxshilash ustida ko’p ishladi, o’z qishlog’idagi maktablarda tovush metodining ta’sirini aniqlash, bu mstodning afzallik tomonlarini bilib olish maqsadida maxsus tajriba ishlarini ham o’tkazib, ijobiy xulosaga keldi.

L.N.Tolstoy «Alifbo» va «o’qish kitobi» xrestomatiyalari bilan bir qatorda, o’z zamonasi uchun ko’pgina afzalliklarga ega bo’lgan arifmetika darsligini ham tuzdi. Ilg’or metodist-olim sifatida tayyorlab nashr etgan darslik va qo’llanmalar Tolstoyning o’z faoliyatida boshlang’ich ta’lim metodikasi bilan barakali Shug’ullanganidan dalolat beradi.

L.N.Tolstoy pedagogik faoliyatining so’nggi davri (1880 yildan to umrining oxirigacha) o’ziga xos bosqichdan iboratdir. Bu davr tolstoychilik diniy e’tiqodining shakllanishi bilan xarakterlanadi: odamlarga umumiy mehr-muhabbat, barcha gunohlarni kechirish, o’zaro kelishuvchilik, zulmga qarshi zo’ravonlik ko’rsatmaslik va hokazo. Tolstoy o’zining diniy-axloqiy ta’limotini dehqonlarning bolalari bilan o’tkazadigan mashg’ulotlarida, Shuningdek, katta yoshdagi aholi orasida keng targ’ib qildi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish