27.3. 1945-1991 yillarda o’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji
Ikkinchi jahon urushi g’alaba bilan tamom bo’lgach respublika xalq ta’limi urushdan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri keldi.
Urush davrida maktablar tarmog’i birmuncha qisqargan, o’quvchilar soni ham Shunga yarasha kamaygan edi. Ko’pchilik o’quvchilar turli sinflardan o’qishni tashlab, frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalarga ishga ketib qolishdi.
O’Sha yillarda yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablarni o’z vaqtida ta’mirlanmaganligi sababli ko’p maktab binolari o’quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda o’quvchilarning maktabni tashlab ketishi garchi birmuncha kamaygan bo’lsa ham, har holda davom etaverdi: 1945—46 o’quv yilida o’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 ming kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p bo’lib, 1946 yilda u barcha o’quvchilarning 37%ini tashkil etardi. Ayniqsa qiz bolalarni maktabga jalb qilish, ularni o’qishni tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko’ndalang bo’lib turardi.
O’qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan, 1947 yilda respublika bo’yicha 4 ming o’qituvchi etishmasdi. Tuman xalq maorif bo’limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta’lim bo’yicha direktor muovinlarining 60% dan ko’prog’i tegishli ma’lumotga ega emasdi. 1950 yilda 7125 maktab o’qituvchilarga muhtojlik sezardi.
Rasmiy Hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o’qitishga urg’u berdi. Natijada 60-yillarda o’zbekiston tarixi, o’zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ulardan bo’shagan soatlarga esa rus tili va adabiyoti fani o’qitildi. Masalan, o’qituvchilar «XIX asrni ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida o’zbek adabiy muhiti», «Milliy madaniy jarayonlar» to’g’risidagi mavzularda dars o’tishi lozim bo’lgan soatlarda rus madaniyatining «progressiv» ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur bo’ldilar. Natijada boy va ko’hna o’zbek xalqi tarixini o’rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan1.
Xalq xo’jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi besh yillikda o’ziga xos jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o’zi tug’ilib o’sgan Shaharlariga qaytib ko’chib o’tayotganligi sababli aholi sonida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta’lim maktablarida o’qitiladigan bolalarni hisobga olishning aniq va tezkor tizimi belgilanmagan edi.
Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab Shoxobchalarini tiklash va kengaytirish hamda ota-onalari bilan birga evakuasiyadan qaytib kelayotgan bolalarni yo urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qilish kerak edi. Bunday mas’uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang’ich maktablarni tamomlagan bolalarning hammasini to’la ravishda o’qishga tortishga ayniqsa katta e’tibor berishlari lozim edi. Va bu ish ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu esa bolalarni va o’smirlarni umumiy-majburiy o’qitishni kengaytirish uchun zarur Shart-Sharoit yaratib berdi.
Bu davrga kelib o’rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o’quv yurtlariga qabul qilinayotganlarning soniga qaraganda ancha ortib ketdi. O’rta maktablarni tamomlab chiqqanlarning ko’plari sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ishlashlariga to’g’ri keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga etarli sur’atda tayyorlanmagan edilar: maktablarda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi.
O’rta maktablarni tamomlaganlarni maxsus kasbiy tayyorlarligini oshirish maqsadida texnikumlar soni ko’paytirildi va Shu texnikumlar qoshida to’liq o’rta ma’lumotli kishilarni qabul qiladigan bo’limlar ochildi. Bu bo’limlarga o’qish muddati 2—3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari tizimida o’rta maktab negizidagi texnika bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1—2 yillik o’qish muddati bilan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillarda 1943 yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va smenali) tarmog’i birmuncha kengaytirildi.
1951—55 yillarga mo’ljallangan beshinchi besh yillik rejada politexnika ta’limiga katta o’rin berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning Ta’lim vazirliklari o’quv rejalari va dasturlarini qayta qurib, politexnika ta’limini oshirish to’g’risida maktablarga ko’rsatmalar berdilar.
1957—58 o’quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oliy o’quv yurtlarida boshlang’ich maktab uchun oliy pedagogika ma’lumotiga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakul’tetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo’lar edi. Chunki o’tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda qator kamchiliklar borligini ko’rish mumkin. Chunonchi, ko’pgina maktablarda o’quv-tarbiya ishlarining sifati davlat standarti talablariga etarlicha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan o’quvchilar soni hamon ko’p, o’quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora ko’payayotgan edi. Ko’pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi tipovoy talablariga javob berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlarida dars beradigan malakali o’qituvchilar etishmas edi, etti yillik umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish va o’rta ta’limni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo’q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o’Sha kunning birinchi galdagi vazifasi edi.
Boshlang’ich maktabda to’rt yillik boshlang’ich ta’limdan uch yillik boshlang’ich ta’limga o’tish amalga oshirildi.
To’liqsiz etti yillik o’rta maktab tashkil etilib, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o’quvchilar quyidagi o’quv yurtlarida o’qishlari mumkin edi. Ular: 1) To’liq umumiy ta’lim o’rta maktablarida (IX—X sinflarda); 2) o’qish muddati uch-to’rt yillik bo’lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959—1975-yillarda respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog’i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o’sdi; jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog’i kengaytirildi.
70—80-yillarda o’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o’zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o’quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, o’zbekistonda 1945—46-o’quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, ularda qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970—71-o’quv yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, o’quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga etdi... 1970—1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ 11% dan 8% ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi1.
Umuman xulosa qilib aytganda urushdan keyingi va tinch qurilish davridan to mustaqillik davrigacha respublika sobiq Ittifoq ta’sirida rivojlandi, takomillashib bordi. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’zbekiston maorifi, fan va madaniyati rus va Evropa madaniyati ta’sirida rivojlandi, ammo bu albatta o’zbek xalqining milliyligidan, asrlardan beri avlodlarga meros bo’lib kelayotgan qadriyatlardan ajralgan holda rivojlanish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |