Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari



Download 3,02 Mb.
bet211/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

24.1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik rivojlanish bilan birga ta’lim-tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o‘zining «Hamsa», «Mahbub ul qulub» kabi ta’limiy axloqiy asarlarida, shuningdek «Munojat», «Vaqfiya», «Majolisun nafois», «Muhokamatul ul-lug‘atayn», «Qirq hadis» asarlarida tarbiyaga oid qarashlarini ifoda etadi. Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi:

Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,

Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.

Yoki


Odami ersang demagil odami

Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o‘rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U ilmda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Navoiy ilm-fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etdi, uning yonidan maktab ochib, o‘z vakfidan mablag‘ ajratdi. Madrasada qattiq intizomga amal qilinishini nazorat qildi.

Adib ustoz-murabbiylarga ham katta talablar qo‘yadi, ularni avvalo o‘zlari bilimli va tarbiyali bo‘lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi:

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila1.

Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etdi.

Alisher Navoiy o‘z davrining ilg‘or, ma’rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta’lim-tarbiya aqidalari, o‘zidan ilgari o‘tgan mutafakkirlarning qarashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o‘rni, aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib berdi.

Navoiy tasavvurlaridagi komil insonga xos bo‘lgan eng yuksak fazilatlarga: ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muhabbat kiradi. Chunki, baxtli hayotga intilgan Navoiy fikricha, oqil, qobiliyatli, dono inson o‘zining kuch-quvvatiga, aqlu zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ilikni yoritadigan chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni «Nazmul javohir» asarida:

Kim olim esa nuqtada barhaq de oni,

Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.

Har kimsaki, yo‘q ilmga anga ahmaq de oni,

Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmaq de oni1.

Ya’ni ilmli, oqil odam o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikni engib o‘tadi, Kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo‘lmaydi va ilmning vazifasin inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Shunga ko‘ra u o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rufatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi, deb hisoblaydi. Chunki ilm egallashdan maqsad ham xalqining, o‘z mamlakatining baxt-saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat etishdan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Masalan, Mirzo Ulug‘bekni Shunday insonlardan, deb ta’riflab, uning nomi ilmu xikmatda, tarixda abadiy qoldi, deydi.

Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo‘lish bilan qanoatlanib qolmasligi, balki u yana sabr-toqat, saxiylik, himmatli, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq va vafo hamda Shu singari fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozimligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Shoirning «Hamsa»siga kirgan «Xayratul abror» dostoni va «Mahbubul qulub» asarlari axloqiy didaktik asarlaridan hisoblanadi.

«Hayratul abror» muqaddima qismiga oid bir necha boblardan tashqari 20 maqolat, har bir maqolatga oid 20 she’riy hikoyadan tashkil topgan bo‘lib, maqolatning har birida Navoiy o‘z davri uchun zarur bo‘lgan biror ijtimoiy siyosiy yoki ixloqiy masalani qo‘yadi, uni o‘z davridagi hayotdan, ijtimoiy tabaqalarning ahvolidan kelib chiqish va atroflicha tahlil qiladi va unga insoniy munosabat bildiradi. «Hayratul abror»dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin:



  1. Falsafiy masalalar.

  2. Ijtimoiy-siyosiy masalar.

  3. Axloqiy-ta’limiy masalalar.

Asarning 5-maqolati insoniy fazilatlardan biri –saxiylikka bag‘ishlanadi, saxiylik qoidalarini ko‘rsatib beradi. U saxiy insonni shunday ta’riflaydi: «Ey xushyor odam, sen shunday odamni saxiy deb bilki, baxt-davlat uning boshini yuqori ko‘tarib, ahvoli yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham birovdan molu amal tama’ qilmasa…u qo‘lida bor narsa bilan qo‘li qisqa odamni xursand qiladi…birovning yarasini ko‘rsa malhamini ayamaydi»2.

6-maqolat tarbiyaga bag‘ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ism qo‘yish, so‘ngra yaxshi muallimga berish, yashi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota-onani hurmat etishga chaqiradi:3

Boshni fido ayla ato qoshiga,

Jismni qil sadqa ano boshiga.

Ikki jahoningga tilarsen fazo,

Hosil et ushbu ikkisidan rizo.

Tun-kuningga aylagali nur fosh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

Navoiyning «Mahbub ul qulub» asari asosida insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyasi yotadi. U inson haqida qayg‘uradi, uning dardini chekadi. Insoniylikka yarashiqli fazilatlarni madh etadi, unga zid bo‘lgan illatlarni nafratlaydi. Asar uch qismdan iborat:


1-qismda feodal jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifasi haqida so‘z yuritiladi. Dehqonlar va ularning mehnati ulug‘lanadi.

2-qismda odob va axloqqa oid masalalar yoritiladi. Odabli insonlar ulug‘lanishi, hurmatli bo‘lishi ko‘rsatiladi.

3-qismda saxiylik, oliyjanoblik, muruvvat, karam, vafo, muloyimlik kabi insoniy xislatlar tahlil etiladi. Qator maqollar keltiriladi: «Tilga ixtiyotsiz –elga e’tiborsiz», «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim», «Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur».

Navoiy ilmni va ilm ahllarini ulug‘laydi. Mamlakat obodonligini ta’minlashda xalq ahvolini engillashtirishdi ilm ahliga katta umid bog‘laydi. Navoiyning ta’lim-tarbiya haqidagi o‘gitlari, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalarining uzviy qismini tashkil iladi. U butun umri davomida ilm-ma’rifatni targ‘ib qiladi. Navoiy merosini chuqur o‘rganish undan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish hozirgi kunimizning muhim talablaridan biridir.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish