Birinchi yo‘nalish – matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa Shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo‘nalish – ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘lib, bu sohada Farobiy, al-Kindiy, Ibn Sino, Zahiriddin Bayhaqiy, Muhammad narshahiy va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar.
Biz yuqorida zikr etgan olimlar qomusiy olimlar bo‘lib, ular o‘z sohalarida ish olib borish bilan bir qatorda boshqa bir qancha fanlarga doir ham tadqiqotlar olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |