Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi



Download 3,02 Mb.
bet205/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

Birinchisi – Shariat. Shariat qonun-qoidalariga qat’iy amal qilish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun – vujudni va qalbni tarbiyalaydi.

Ikkkinchisi – tariqat – nafsni tiyish, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, Xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat.

Uchinchisi – ma’rifat – hamma narsaning, butun borliqning asosi – Xudo ekanligini anglash. Bunda odam uning barcha kibru havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi. Shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi.

To‘rtinchisi – haqiqat – bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi, Allohning vasliga etadi, Alloh roziligiga erishadi. So’fiylarning eng oliy maqsadi ham shudir.

So’fiylik ko‘p qirrali oqim bo‘lib, «sof», «yagona» so’fiylik hech qachon bo‘lmagan. U turli ko‘rinishlarda, oqimlar tarzida namoyon bo‘lmagan. Ammo har biri ham inson kamoloti muammosiga turlicha yondashib, uni o‘z yo‘li, qarashlari orqali talqin etgan. Shunga ko‘ra tadqiqotchilar so’fiylikni uch oqimga mansub deb biladilar.



1-oqim Mansur Halloj, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiylarga mansub bo‘lgan oqim.

2-oqimga mansub so’fiylar birinchi oqim namoyondalari qarashlarini qabul qilgan, ammo ularni islom dini tartib-qoidalariga moslashtirgan. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi Zayniddin binni Muhammad Imom G‘azzoliy (1058-1111), Ahmad yassaviy (1041-1166)lardir.

3-oqim naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII asrning oxirlarida Shakllana borib, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng rivojlangan.

Naqshbandiya tariqati tasavvuf oqimlari ichida eng oxirgi, takomillashgan tariqatdirkim uning asoschisi Xoja Baxouddin naqshbanddir. Naqshbandiya tariqatining asosiy g‘oyalaridan biri, ma’lumki, «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni har doim inson qanday dunyoviy ish bilan band bo‘lmasin, dilida Allohni yod etib, zinhor uni utunmasligi kerak.

Naqshbandiya o‘zidan oldingi tariqatlardan bevosita hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. U tasavvufdagi ilgari o‘ta qattiq oqimni yumshatib, mo‘‘tadillashtirdi. Bu tariqat kasbu kor kishilariga juda mos keladi. Chunki bunday kishilar tirikchiligidan voz kechib, faqat tariqat bilan mashg‘ul bo‘lsalar, hech kim ularga o‘z-o‘zidan bir burda non bermaydi.

Naqshbandiya tariqatining tarkidunchilik qilmay, dunyoviy ishlardan yuz ugirmay turib ham Allohga etishish mumkinligini ko‘rsatib berganligi Islom olamida uning mavqeini oshirib jahon uzra keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bahouddin naqshband davrlaridan boshlab mavqei orta borgan bu tariqatning Shuhrati jahonni tutdi. XV asrda yashab o‘tgan mashhur Shayxlardan biri – Xoja Ubaydulloh Axror Valiy, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari Abdurahmon Jomiy va alisher Navoiy ham bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish