4. Madaniy jismoniy piyoda yurishlar va sayr qilishlar.
Bunday mashqlarga odatda havoning ochiq kunlari va darsdan tashqari vaqtlar tanlanadi. Jismoniy yayov yurishlar asosidagi sayrlarda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi:
Uni to’g’ri uyushtirishni rejalashtirish lozim;
Sayr dasturi mukammal ishlab chiqilmog’i lozim;
Sayr harakat rejasi oldindan aniqlanib, ma’qullanib olmog’i lozim;
O’quv yurti rahbariyati va ota – onalar bunday jismoniy harakatlar majmuidan xabardor bo’lmog’i lozim;
Ushbu harakatlar majmuini amalga oshirish muddatini bir kundan oshirmaslik lozim;
Sayr qatnashchilarining xavfsizligi va salomatligiga mutasaddilar oldindan belgilanishi lozim va Shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |