1. Ertalabki badantarbiya. Sog’lom bo’lishni va muntazam aqliy rivojlanishni o’ziga maqsad qilib olgan har qanday insonning ertalabki badantarbiyasi ish kunining asosiy dastlabki bosqichidan iborat bo’lmog’i lozim. Bu holatga o’qituvchi ham alohida e’tiborni qaratish lozim bo’ladi, ya’ni o’qituvchi har bir o’quvchining ish kuni badantarbiya mashqlarini bajarishdan boshlanishiga erishish kerak. Bunday mashqlar uchun mo’ljallangan harakatlar majmualarini jismoniy madaniyat darslarida o’rganish kerak. Har bir majmuaga 6-7 ta mashq kiritiladi va bunda muskullarning hammasini qamrab oluvchi mashqlar (harakatlar) e’tiborga olinmog’i lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |