Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (1918-1970)



Download 3,02 Mb.
bet265/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (1918-1970) maktabda o’ziga topshirilgan bolalarni tarbiyalash, ularni xalqparvar, insonparvar, mehnatsevar, Vatanni himoya etishga doimo tayyor, qalbi olov va barkamol avlod qilib tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi va bu vazifalarni amalga oshirish uchun umrining oxirigacha ijodiy ishladi.

V.A.Suxomlinskiy 39 yoshida (1957 yil) pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo’ldi. Shu davrdan boshlab uning tarbiyaning turli masalalari yuzasidan ko’plab maqola, risola, monografiyalari e’lon qilina boshlandi. Uning ilmiy pedagogik asar va maqolalari ota-onalarni ham, o’qituvchilarni ham qiziqtira boshladi.

O’qituvchi – olim Suxomlinskiy tarbiyani yaxshilash, samarali natijaga erishish va davrimizning munosib fuqarolarini etishtirish uchun har bir bolaning qalbini bilishni hayotning qonuni qilib oldi va umr bo’yi unga amal qildi. Pavlish maktabi oddiy edi, uni Suxomlinskiy ilg’or maktabga aylantirdi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamalakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Ularda o‘quv dasturlarini takomillashtirish va qayta qurishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi paytda o‘quv dasturlariga integrasiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshiriladi. Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor ortib bormoqda. Ular uchun o‘quv dasturlari o‘ziga xos uslubda tuzilgan.

Amirika Qo‘Shma shtatlarida ta’lim tizimining quyidagicha:


  • 3-5yoshgacha bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • 1-8 sinflar uchun boshlang‘ich maktablar (6-13 yoshda o‘qiydilar);

  • 9-12 sinflar uchun o‘rta maktablar (14-17 yoshlilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat;

  • Oliy ta’lim, bu 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi;

  • Universitet va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktarantura1.

Aqshda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. O‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy va va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lish mumkin. O‘quv yili 180 kun, dars 45-50 minut. O‘quvchilar ta’tilda ishlaydilar.

Aqshda ta’lim tizimiga eng ko‘p mablag‘ ajratiladi. Bolalarning 95-99 %i boshlang‘ich o‘rta ta’limga jalb qilingan.

Bu yerda 3 yoshgacha bolali ayollarga moddiy imtiyozlar berilmaydi. 3-5 yoshda xususiy yoki davlat bog‘chalariga boriladi.

Oliy ta’lim 4 bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, doktor. Birinchi bosqichni mamlakatimizdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu 2 yillik kollej, keyin II bosqich 4 yillik kollej va universitetlardir. Buni bitirganlar 1-darajali bakalavr bo‘ladi. III-bosqich-magistr maktabi, o‘qish 1-2 yil, IV bosqich-doktorantura, o‘qish 3-4 yil.

Aqshda ko‘plab chet ellik talabalar ham o‘qiydi. (350 mingdan ortiq).

Rivojlangan mamalakatlardan biri Yaponiyadagi ta’lim sohasiga qisqacha Shart beradigan bo‘lsak, quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. 1947 yil «Ta’lim haqida qonun» qabul qilingan. Yaponiya ta’lim tizimi tuzilishi: -bolalar bog‘chalari, -boshlang‘ich maktab, -kichik o‘rta maktab, -yuqori o‘rta maktab, -oliy ta’lim tizimiga kiruvchi o‘quv yurtlari.

Bolalar bog‘chalariga 3-5 yoshlilar qabul qilinadi. Ularning 59,9 % xususiy, 49,8 %i tuman kengashlari, 0,3 %i davlat tasarrufidadir. Majburiy ta’limga 6-15 yoshlilar jalb etiladi. 6 yillik boshlang‘ich va 3 yillik kichik o‘rta maktabda o‘qiydilar, 9 yillik bu ta’lim majburiydir. O‘qish va darsliklar tekin. Xohlovchilar xususiy maktablarda tahsil olishlari mumkin.

Yuqori bosqich o‘rta maktabning kunduzgi, kichki, sirtqi bo‘limlari bor. 95 % bola kunduzi ta’lim oladi. O‘qish ixtiyoriy 3 yillik. Oliy ta’lim tizimiga kollejlar universitetlar kiradi. Bulardan tashqari turli «ixtisos maktablari» ham bor.

Yaponiya maktablarida o‘qish 1 apreldan boshlanib, keyingi yil 31 martda nihoyasiga etadi. O‘quv yili 240 kun, darslar 7 soat. O‘qituvchilar 4 yillik dorulfunun va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Bolalarning axloqiy tarbiyasi doimo e’tiborda bo‘ladi.

Yaponiyada 460 ta universitet bo‘lib, ularda 1 mln 43 ming talaba tahsil oladi.

Oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jihatidan yaponiya 2-o‘rinda turadi. Ming ishchiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to‘g‘ri keladi. Bu aqshda ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, Fransiyada 115 nafardir.

Taraqqiy etgan mamalakatlardan biri bo‘lgan Fransiya ta’lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. Hozirda amal qilayotgan qonun 1989 yil qabul qilingan. Davlat, xususiy va oraliq, maktablar bor. Xaftalik soat 26 soat, dars 60 minut, sinfda 35-40 o‘quvchi bo‘ladi.

Maktabgacha tarbiya- 6-11 yoshli bolalar jalb etiladi. Bu maktab majburiy va bepuldir. O‘qish 5 yil va 3 bosqichga bo‘linadi. Dasturlarda o‘quv predmetlarining barchasiga 3 bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talablar qo‘yilgan.

O‘rta ta’lim 11 yoshdan boshlanib, kollej va litseylarda davom etadi. Ikki bosqichda beriladi.

1-bosqich (11-15 yosh) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta, 3-sinf katta sinf xisoblanishi 6-5 sinflarda umumiy o‘rta ta’lim beriladi: 4-3 sinflarda o‘quvchilar qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.

2-bosqich 15-18 yosh, o‘qish 3 yil davom etadi. 3-sinf kichik, 4-sinf o‘rta va yakkalanuvchi sinflarga bo‘linadi.

Oliy ta’lim Fransiyada universitetlar va turli oliy maktablarga beriladi. Universitetlar 3 siklda bilim beradi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish