Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu Sharqona qarash, Sharqona hayot falsafasi.
Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari o‘tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday hato bo‘lmaydi.
«Marifatparvarlik, deydi I.A.Karimov - biz uchun bugun ham o‘z ahamyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Akl-zakavotli, yuksak ma’niviyatli kishilar tarviyalay olsakkina, oldimizdagi maqsadimizga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar Shu muammoni echaolmasak, barcha toat ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi!».
Shu fikrlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, ajdodlarimiz ma’rifatli bo‘lganlar va ilm-fan beshigini tebratganlar. Turon zaminida dunyoga mashxur allomalar etishib chiqqan. Ular bizning faxrimiz. O‘rta asr uyg‘onish davri ravnaqi ham ana Shu ma’rifatning kuch-qudrati xosilasidir. Biz ana Shundan ibrat olishimiz kerak. O‘Sha paytdagi ma’rifatparvarlik xalq ma’naviyatini tiklashga qaratilgan edi. Ma’naviyatni tiklashda tarix muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun «Tarxiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida «Tarix – xalq ma’viyatining asosidir» deyiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ma’naviyat tarixdan ozuqa oladi va boyib boradi. Ajdodlarimiz ma’naviyatining durdonalaridan biri bo‘lgan «Avesto»da tarbiya masalalariga keng o‘rin berilgan. Bu kitob Vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimgi madaniyat va ma’viyatga ega xalqlar ekanligini isbotlaydi. «Avesto»da Shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo‘ylik va adolatlilik ulug‘lanadi. «Avesto»da zardo‘Shtiylik uchta tayanga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Bu g‘oyalar insoning ma’naviyati yuksakligi va tarbiyalangiligi o‘zida ifoda etadi. Bu g‘oyalar o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Demak, «Avesto» amalda bo‘lgan tarixiy davrlarda bolalarda diniy va axloqiy tarbiya berilgan, Shu tarzda ma’naviyat masalasi ustuvor mavqega va maqomga ega bo‘lgan.
Mustaqil davlatda, tinchlik va osoyishtalikda, g‘oyaviy chalkashliklar va ''temir parda''dan xalos bo‘lib, biz umumbashariy qadriyatining eng birinchi asosi bo‘lgan xalq insonparvarligi chashmalaridan qadam-baqadam baxramand bo‘lmoqdamiz. Ayni Shu hol taraqqiyot yo‘lidan dalil borishimiz va butun Insoniyat bilan birligimizinng eng mustahkam kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |