Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


XX1-BOB. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O’RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR



Download 3,02 Mb.
bet184/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

XX1-BOB. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O’RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR

21.1. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim tarbiyaga ta’siri

VII asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeni mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli shuningdek, Eron, Kavkaz orti, Suriya, shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi.

VII asr o‘rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar.

Arab istilochilarining birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, So‘g‘diyona, kesh, Nasaf Shaharlariga hujum qilindi.

Arab istilochilarining ikkinchi yurishi 705 yilda Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim tomonidan boshlandi. U 706 yilda zarafshon vodiysiga yurish boshlab, Poykend, Buxoro, samarqand, So‘g‘d, Farg‘ona va boshqa Shaharlarni qo‘lga kiritdi, so‘ng Xorazmni zabt etdi. Qutaybaning istilochilik yurishi u 715 yilda arab qo‘zg‘olonchi jangchilar tomonidan Farg‘onada o‘ldirilgandan so‘ng to‘xtadi.

VIII asrning o‘rtalariga kelibgina arablar Movarounnahrni zabt etishga to‘la erishdilar.

Arab istilochilari bosib olingan erlarda xalqni islom diniga kirita boshladilar. Tarixchi at-Tabariyning «At-Tabariy tarixi», narshaxiyning «Buxoro tarixi», V.V.Bartoldning tarixiy asarlarida keltirilishicha, arab istilochilarining Movarounnahr xalqini islom diniga kiritish jarayoni qiyin kechgan va bir necha yillarga cho‘zilgan. Chunki Movarounnahr arab istilosigacha ham ma’naviy, ham iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakat bo‘lib, uning aholisi arab bosqinchilariga tezda bo‘ysuna qolmagan. Shuning uchun ham arab istilochilari xalqni bo‘ysundirish uchun harbiylar bilan bir qatorda, islom dini targ‘ibotchilaridan ham foydalandilar va asta-sekin ma’lum natijalarga erisha boshladilar. Chunki Movarounnahrda odamlar islomga qadar har xil xudolarga, quyoshga, Ko‘k dinga (Shaman), muqaddas narsalarga topinar, ma’lum bir g‘oyaviy e’tiqod butun bir o‘lkada tarkib topmagan edi. Shuning uchun ham islom dinining yoyilishi va u bilan birga Shariat qonun-qoidalari, aqidalariga rioya qilish, yagona Allohga sig‘inish va Allohning rasuli Muhammad alayhissalom ko‘rsatmalariga amal qilish xalqning ongiga ta’sir etib, ularni bu dinni qabul qila boshlashiga olib keldi va islomiy qadriyatlar tarkib topishiga yo‘l ochdi.

Din nima?

Din tushunchasiga juda ko‘p va turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, «Islom» ensiklopediyasida: Din (arab.) – mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qili Shva b. Dinda bandaning ollohga bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, olloh ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, ma’lum ishlarni odat va e’tiqod qilish kabi ma’nolar bor. Musulmon ulamolar dinni «Sog‘lom aql egalarini ularni o‘z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga eltuvchi ilohiy ko‘rsatmalar», deb ta’riflaganlar.

A.Abdurahmonovning «Saodatga eltuvchi bilim» kitobida din haqida quyidagi ta’riflar keltirilgan: Din –arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha «ishonmoq, tanimoq» degan ma’noni bildiradi. Din insonning muqaddas ilohiy kuch – Xudo mavjudligiga asoslangan ongli dunyoqarashi, hissiyoti, e’tiqod qilishi va xatti-harakatlari majmuidir. Din komil insonni tarbiyalashda ulkan qudratga ega bo‘lgan ma’naviy, axloqiy kuchdir.

Islom (arab.- bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Olloh irodasiga topshirish) – jahonda keng tarqalgan uch dindan biridir. Islom dini odamlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Olloh tomonidan yuborilgan ta’limotdir. Islom dinining asosi bo‘lmish Qur’oni karimda ham va payg‘ambarimiz Muhammad mustafo s.a.v. Ning sunnatlari bo‘lmish Hadisi Sharifda ham insonlarni doimo go‘zal xulqli bo‘lishga targ‘ib qilingan. Go‘zal xulqlarning natijasi, ya’ni chin mo‘min, komil insonning savobli ishlari mukofoti jannat va aksincha yomon xulqlarning, ya’ni munofiqlarning gunohlari natijasi do‘zax ekanligi islom dinining asosiy g‘oyasidir. Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dining asosiy maqsadlaridan biri, insondagi yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib ketganlarni to‘g‘ri yo‘lga da’vat etishdir.

Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida e’tibor berilgan. Islomda olijanob axloqning eng muhim tushunchalari ta’riflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular – ehson, kechirimli bo‘lish, sabr-toqat, rostgo‘ylik, Shirinso‘zlik, ota-onani, o‘zidan katta yoshdagilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Shu tarzda insoniyatning butun Amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajraladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob axloqqa chaqirishlari, nojo‘ya ishlardan qaytarishlari Olloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki, jismoniy va ma’naviy pok bo‘lsa, unday kimsa axloqsizlik yo‘liga kirmaydi.

Islom dinining asosi quyidagilar: 1) kalima keltirish; 2) namoz o‘qish; 3) ro‘za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan. Imon 7 aqidani – Ollohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Olloh irodasi bilan bo‘lishi)ga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z ichiga oladi.

Islom dinining asoschisi va targ‘ibotchili payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh s.a.v. Dirlar. U kishi milodiy 571 yil 21 aprelda Maka Shahrida tug‘ilganlar va 632 yil 8 iyunda 63 yoshda Madina Shahrida vafot etdilar.25 yoshlarida beva Hadichaga uylanganlar, 40 yoshlarida payg‘ambarlik kelgan, 23 yil payg‘ambarlik, 19 marta jihod, 4 marta umra va 1 marta haj qilganlar. Otalari – Abdulloh, Onalari – Omina.

Arab tili ham, o‘z navbatida, yangi madaniyat tili bo‘lib maydonga chiqdi. Bu madaniyat ham qadimgi arab madaniyati, Shuningdek, arab davlati hududida yashagan boshqa xalqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar yunon fanining yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarining asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Hatto arab olimlari sun’iy oltin tayyorlash vositasi «falsafa toshi»ni izlaganlar (Kimyo fani alkimyodan boshlanib, oltin izlovchilar «alkimyogarlar» deb atalgan).


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish