Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


O’quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda Davlat



Download 3,02 Mb.
bet141/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

14.2. O’quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda Davlat

ramzlaridan foydalanish

Har tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidan kutilgan asosiy natija ekan, yoshlarimizga kompleks tarbiya berishimiz lozim. Ayniqsa, ularda fuqarolik hissini shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, vatanparvar va baynalmilal insonlar qilib yetishtirishga, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini o’stirishga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. O’quvchilarga huquqiy tarbiya berishda va ularni vatanni sevishga o’rgatishda davlat ravmzlaridan foydalanishning ahamiyati kattadir.

Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o’quvchilarga tushuntirish, tarbiyalanuvchilar xulq-atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hayotga qadam qo’yib kelayotgan har bir o’quvchi davlatimiz Konstitusiyasi, gerbi, bayrog’i va madhiyasini yaxshi bilishi kerak. O’quvchilarda Shu ramzlarga chuqur hurmat-ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash tarbiyaviy ishlarimizning uzviy qismini tashkil etishi lozim.

Davlat ramzlarini o’rganish pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etilsa, o’quvchilarning huquqiy va axloqiy his-tuyg’ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bu borada o’quvchilar bilan olib boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat gerbi, bayrog’i, madhiyasi hamda o’quvchilarning tashkilotlari ramzlari axloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil munozaralar va suhbatlar Shubhasiz samarali natijalar beradi.

Davlat ramzlari faqat ta’sirchan tarbiyaviy vosita bo’lib qolmay, balki ta’limiy jihatdan ham muhim omillardandir.

Davlat gerbi va bayrog’ining tasviri, Davlat madhiyasining matni bilan tanishish jarayonida o’quvchilarda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat his-tuyg’usi qaror topadi. Davlat ramzlarini o’rganishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari albatta hisobga olinishi, mavjud darslik, uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalardan o’z o’rnida foydalanish lozim.

O’zbekiston fuqarosi o’z Vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo’lishi, o’zbekiston Respublikasining qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur hurmat bilan munosabatda bo’lishi Shart. O’quvchilarda Shu his-tuyg’ularni tarbiyalash o’qituvchining asosiy vazifalaridan biridir.

Davlat ramzlarini o’rgatish faqat gumanitar fanlarni o’qitish jarayonidagina emas, balki har bir fanni o’qitishda ham, ayniqsa darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida ham keng olib borish kerak. Davlat ramzlarining mohiyatini o’rgatish, ularga hurmat ruhini tarbiyalashda sinf rahbarining o’rni ham ahamiyatlidir.



Davlat ramzidan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish, ularning hulq atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda davlat ramzidan foydalangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish alohida muhim masalalardan bo‘lib turibdi. Hayotga qadam qo‘yuvchi har bir o‘smir o‘z Respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O‘quvchi va yoshlarda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi, gerbi va bayrog‘iga nisbatan chuqur hurmatni tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi. Huquqiy tarbiyani muvaffaqiyatli hal etish uchun har bir maktab, kollej, litsey o‘z o‘quvchi va talabalariga davlat ramzlarining tub moxiyatini ochib ko‘rsatishlari va ular haqidagi Nizomlarni puxta o‘rganishlarini tashkil etishlari zarur. Davlat hokimiyatining ramzlari o‘zining mohiyati jihatidan huquq bilan bog‘liq bo‘lib, muhim tarbiyaviy mazmunga ega. O‘zbekiston Davlat gerbi, bayrog‘i, madhiyasi mamlakatimizdagi barcha millat va elatlar birligi, do‘stligi va qardoshligining ramzlari hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ramzlari juda boy, siyosiy-ma’naviy davlat tushunchalariga egadir.

Ularning mazmunlari bilan o‘quvchi va yoshlarni tanishtirish pedagogik jamoalarning muhim burchidir. O‘quvchi va yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida faqat Davlat ramzlaridangina foydalanib qolmay, balki o‘quvchilar tashkilotlarining ramzlarini ham o‘rganishga e’tibor berish kerak. Bunday mashg‘ulotlar ko‘pincha sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda amalga oshiriladi.

Davlat ramzlarini o‘rganishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa, u o‘quvchilarning huquqiy va ahloqiy xis-tuyg‘ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada o‘quvchilar bilan olib boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat Gerbi, bayrog‘i, madhiyasi hamda o‘quvchilar tashkilotlari ramzlarining ahloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil munozara va suhbatlar, shubxasiz, samarali natija beradi. Bunday tadbirlar o‘rtasida o‘quvchilarda fuqarolik sifatlarini tarkib topishiga yordam beradi. Davlat ramzlari faqat ta’sirchan tarbiyaviy vosita bo‘lmay, balki ta’limiy jihatdan ham muhim omillardandir.

O‘quvchilar Davlat gerbi va bayrog‘ining tasviri, Davlat madhiyasining matni bilan tanishadilar. Ularda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat xis-tuyg‘usi qaror topadi. Umuman, davlat ramzlarini o‘rganishda o‘quvchilarning yosh hususiyatlari, albatta, hisobga olinishi, mavjud darslik, usuliy qo‘llanmalariga, qoida va nizomlarga to‘la amal qilinishi kerak. Davlat gerbi va madhiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qomusi hamda o‘quvchilar tashkilotlarining ramzlari bilan olib boriladigan pedagogik ishlari samaradorligi huquqiy tarbiyaga bevosita bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish