12.4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini
shakllantirish metodlari
Bola rivojlanishining, uning o’zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi.
Faoliyat o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi.
O’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo’llaridan kelgan ijtimoiy foydali mehnat bilan Shug’ullaniShlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko’pchilik, jamoa bo’lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |