2-rasm. 2017-yilda qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari mahsulotlarining umumiy hajmining hududlar o’rtasidagi taqsimoti.
Ma’lumki, 2017-yildagi yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsulotlari 17.3% ulushga ega. Qishloq xoʻjaligiga toʻliq baho berish maqsadida har bir hududda qishloq xoʻjaligining oʻrni va mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga ta‟sirini tahlil qilamiz (3-rasmga qarang).
3-rasm. 2017-yildagi qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
Respublikamiz iqtisodiyoti bir biriga yaqin boʻlgan hududlardan tashkil topgan, shu jumladan, hududlar kesimida qishloq xoʻjaligining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini tahlil qilamiz. Eng koʻp ulush Surxondaryo viloyatiga toʻgʻri keladi, ya‟ni hududdagi umumiy mahsulotning 40.3% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Sirdaryo viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 36.9% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Jizzax viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 35.2% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Andijon viloyatida hududidagi umumiy mahsulotning 33.4% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Samarqand viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 32.2% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Buxoro viloyati hududdagi umumiy mahsulotning 31.0% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Namangan viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 30.9% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Fargʻona viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 23.4% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Toshkent viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 23.1% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Qashqadaryo viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 22.6% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Navoiy viloyati hududidagi umumiy mahsulotning 18.5% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi. Respublikamizda eng kam ulushga Qoraqalpogʻiston Respublikasiga toʻgʻri keladi, ya’ni hududdagi umumiy mahsulotning 15.2% i qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashkil etadi.
“Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va ularning yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi Qonun.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1994-yilda iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada qayta o‘zgartirishlar chuqurlashdi, bozor sari qaratilgan yo‘l aniq belgilab olindi, bozor munosabatlarining konstitutsion-huquqiy va tashkiliy asoslari yaratildi.
Ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanmoqda, tovarlar, mehnat, sarmoya va qiymatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsata boshladi. Respublika barcha korxonalarining 67 foizi, ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot va xalq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan xodimlarning salkam yarmi nodavlat sektorning ulushiga to‘g‘ri keladi.
1994-yil 1-iyuldan milliy valyutaning joriy etilishi respublikani yaqin yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategiyasini belgilab berdi. Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Davlatning moliya-kredit bilan qo‘llab-quvvatlash natijasida yoqilg‘i-energetika, yengil va oziq-ovqat sanoati barqaror rivojlanadi. Bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish uchun respublikaning va chet el investitsiya kompaniyalari hamda banklari valyuta mablag‘larining salmoqli qismi yo‘naltirildi.
Narxlar erkinlashtirilishi sharoitida yil oxiriga kelib inflatsiyaning o‘rtacha oylik darajasi ikki baravar kamaydi. Respublika yig‘ma budjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3,3 foizini tashkil etdi. Naqd pul emissiyasi keskin qisqardi.
Iqtisodiyot tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Pirovard iste’molga tayyor mahsulot salmog‘i 28,8 foizdan 33,2 foizga o‘sdi. O‘zimizda don yetishtirish va neft ishlab chiqarishning ko‘payishi hisobiga oziq-ovqat va energetika mustaqilligi sezilarli darajada oshdi. Chetdan keltirilayotgan don, go‘sht va sut 1991-yildagiga nisbatan sezilarli darajada qisqardi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi. Yangi tashqi savdo oboroti 1993-yildagiga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarda sifat jihatidan yangi rivojlanishga va ular bilan o‘zaro savdoda birinchi marta ijobiy saldoga erishildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning prinsipial jihatidan yangi tizimi shakllanmoqda, uning aniq mo‘ljalli yo‘nalishi kuchaydi, bolalarga yagona nafaqa joriy etildi. Iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning eng muhim turlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi, ularning kafolatli zaxirasini yaratish tartibi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga ayrim sohalarda islohotlar jarayoni miqdoriy jihatlar bilan cheklanib qolib, rasmiyatchilik bilan amalga oshirilmoqda. Uyushmalar, korporatsiyalar va hokimliklarning ayrim rahbarlari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari zarur darajada rivojlantirilishi va chuqurlashtirilishini, tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanishini, xususiy sektor shakllanishi va respublika iqtisodiyotini mustahkamlashda uning ahamiyatini oshirishni ta’minlamayaptilar. Ular vujudga kelgan tarkibiy nomutanosiblikni bartaraf etishga, xo‘jalik yuritish mexanizmini o‘zgartirishga, zamonaviy raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yetarlicha e’tibor bermayaptilar.
Bozor infrastrukturasi, ko‘chmas mulk va qiymatli qog‘ozlar bozori zarur darajada rivojlanmadi, bu hol ayniqsa Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi.
Qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllari qaror topishi chinakamiga ta’minlamayapti, bu sohada islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qishloq aholisining mehnatga layoqatli, ish bilan band bo‘lmagan qismini ish bilan ta’minlaydigan kichik va xususiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilmayapti.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlarning rahbarlari 1994-yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning yakunlarini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini puxta tahlil qilsinlar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tadbirlarni belgilasinlar va amalga oshirsinlar.
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, milliy valyutani mustahkamlash, 1996-yilda respublikaning tekis sur’atda rivojlanishi uchun mustahkam asoslar yaratish 1995-yilning bosh vazifalari deb hisoblansin.
1995-yil O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvorliklari va asosiy yo‘nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi bo‘limlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuqorida qayd etilgan tadbirlarning so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shu yilning 15-martiga qadar:
Fond birjalarining mintaqalararo bo‘limlarini ochish va ularni zarur infrastruktura bilan ta’minlash;
Davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalarni, xususiy tadbirkorlik faoliyatini xalqaro moliya tashkilotlarining valyuta mablag‘larni jalb etish hisobiga qo‘llab-quvvatlash va investitsiya fondlari tashkil etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yig‘ma budjet taqchilligini ichki (banklardan tashqari) mablag‘ bilan ta’minlash miqdori ko‘paytirilishini qiymatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish hisobidan ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Kredit kimoshdi savdolari orqali sotishga chiqariladigan kredit resurslarining hajmini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, uni 1995-yilning I choragi oxirigicha 25 foizgacha, 1995-yilning II choragi oxirigicha 50 foizgacha yetkazish;
1995-yilning I choragidan boshlab inflatsiyaning shakllanayotgan darajasini hisobga olgan holda mablag‘ bilan qayta ta’minlash stavkasiga har oyda tuzatish kiritish tavsiya qilinsin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Shu yilning 20-fevraligacha 1995-yil uchun Respublika investitsiya dasturi loyihasini;
Shu yilning birinchi choragida xorijiy sarmoya ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi loyihasini tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning birinchi choragi mobaynida mintaqalarda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni sotadigan mayda ulgurji do‘konlar tarmog‘i tashkil etilishini ta’minlasinlar.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1995-yilda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish hajmlari o‘sishini rag‘batlantirishga oid takliflarni kiritsinlar.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi shu yilning 1-martigacha, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning yangi tashkiliy shakllarini shakllashtirishga hamda qishloqda bozor infrastrukturasi va servis xizmati ko‘rsatishni har tomonlama kengaytirishga alohida e’tiborni qaratgan holda, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida amaldagi qonuniy va normativ hujjatlar muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin va ularga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida kiritsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.[6]
Do'stlaringiz bilan baham: |