9. Qo’shilgan qiymat solig’i-tovarlarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish), ularni sotish hamda O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo’shilgan qiymatning bir qismini budjetga olish shaklidir. Aksiz solig’i-bilvosita soliq turi bo’lib, tovarlar yoki xizmatlar narxiga ustama undiriladi, uni oxirgi iste’molchilar to’laydilar 10. Aksiz solig’i davlat umumiy soliq siyosatining tarkibiy qismiga kiradi va davlat budjetini ko’paytirish, ayrim tovarlarni (tamaki, alkogol mahsulotlari) iste’mol qilish, ayrim turdagi korxonalarning atrof-muhitga zararli oqibatlari bilan bog’liq ijtimoiy xarajatlar o’rnini to’ldirish, shuningdek avtomobil yo’llarini qurish va uni saqlash xarajatlarini qoplash, mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |