Mavzu: O'zbekiston respublikasi investitsiya siyosati


I. O‘zbekistonning investitsion siyosati



Download 364,72 Kb.
bet2/9
Sana02.04.2022
Hajmi364,72 Kb.
#525245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYA SIYOSATI

I. O‘zbekistonning investitsion siyosati.
1.1. Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni va uning darajasini belgilovchi omillar

Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida iqtisodiy adabiyotlarda har xil fikrlarni uchratish mumkin. Jumladan, Sh. Shodmonov va boshqalar «Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi» deb tushuncha beradilar.


Professor D.G‘. G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin qilib, quyidagicha ta’rif beradi: «Investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan, ammo ehtimoli bor risklar hamda ko‘zlanayotgan samaralarni baholash asosida, o‘z va o‘zga mablag‘lar qiymatining kapitallashuvi va jamg‘arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga bog‘lanishidan dalolat beradi» .
Professor N.H. Haydarov: «Investitsiya — bu mulk shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va intellektual boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir»2 deb e’tirof etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida investitsiyalarning mazmuni «iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar» sifatida ta’riflanadi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, «investitsiyalar» tushunchasi va uning iqtisodiy mazmuni iqtisodchilar tomonidan keng o‘rganilgan va har xil yondashilgan.
Bizning fikrimizcha, investitsiya — bu iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy sohalariga, ularni tiklash, kelajakda kengaytirish, o‘zgartirish yoxud rivojlantirish uchun moddiy yoki moliyaviy resurslar sarflashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqarish investitsiyasi deganda ishlab chiqarishni kengaytirish yoxud rivojlantirish uchun sarflangan moddiy va moliyaviy mablag‘larga aytiladi. Investitsiya kapitalning jamg‘arilishini bildiradi va bu YIMning muayyan qismini qaytadan ishlab chiqarishga joylashtirilishini anglatadi. Investitsiyaning YIMdagi hissasi investitsiya me’yori deb ataladi.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikki asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiyalarga sarflardan olinadigan sof foyda me’yori. U degani investorlar ishlab chiqarish vositalarini, ular foyda keltirsagina, sotib oladi;
2) foiz stavkasi bu asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul miqdori korxona kelajakda olishi mumkin bo‘lgan pul miqdori, ya’ni kutilayotgan sof foyda me’yorining foizdagi ifodasidir. Masalan, investitsiyani amalga oshirish qachon maqsadga muvofiq bo‘ladi, agarda foiz stavkasi (aytaylik, 10 %) kutilayotgan sof foyda normasidan (20 %) kam bo‘lsa, investitsiyalash samarali hisoblanadi.
Investitsiyaning darajasiga kutilayotgan sof foyda me’yori va foiz stavkasidan tashqari, boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sotib olinadigan texnika va asbob-uskunalarni ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari miqdori, olinadigan soliq miqdorlari va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Unga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan:
• kapital investitsiyalar (asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘yiladigan investitsiyalar);
• innovatsion investitsiyalar (texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqarish va o‘zlashtirishga qo‘yiladigan investitsiyalar);
• ijtimoiy investitsiyalar (inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘yiladigan investitsiyalar). Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi nuqtayi nazaridan ikki turga, ya’ni ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi:
• ichki investitsiyalar — bu mazkur davlat hududida ichki investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalardir;
• tashqi investitsiyalar — bu xorijiy investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalar bo‘lib, chet el mulkdorlari tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va h.k.) uzoq muddatga qo‘yilgan kapital mablag‘laridir1 . Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning uch turi mavjud:
• moliyaviy investitsiyalar — mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiyalar, veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar va ularga tenglashtiriladigan boyliklar;
• moddiy investitsiyalar — asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbobuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining asosiy va aylanma kapital ko‘rinishidagi turlari;
• aqliy (intellektual) investitsiyalar — insonning turli aqliy mulklaridan, ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar (nou-xau, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari).
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar turlari, ularning shakl, mohiyat va mazmuni juda keng tavsiflanadi hamda tasniflanadi. Quyidagi chizmada uning tasnifini keltiramiz:

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish