O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika-matematika fakulteti
“Fizika” kafedrasi
«Optika» fanidan
KURS ISHI
Mavzu:. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektraskopiya sohasi bo`yicha yangiliklar.
Bajardi: 1-2fiz16 guruh talabasi To`xtayeva Nilufar Tekshirdi: «Fizika»kafedrasi dotsenti,texnika fanlari nomzodi Nazarov E.S.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2018 y.
Ball _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
_________________
__________________
|
Buxoro-2018
MAVZU: O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektraskopiya sohasi bo`yicha yangiliklar.
REJA:
KIRISH.
I BOB. O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektroskopiya sohasidagi yangiliklar.
1.1. Ilmiy tadqiqot institutlari erishgan yutuqlari.
1.2. Ozbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida optika va spektroskopiya sohasi bo`yicha bajarilgan lbaratoriya ishlari.
II BOB.O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektraskopiya sohasi bo`yicha yangiliklar.
2.1. Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi muammolari, yutuqlari, istiqbollari
mavzusidagi xalqaro simpozium.
2.2. O`zbekiston Respublikasi fizik olimlarning innovatsion loyihalari natijalari.
XULOSA.
ILOVA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISH.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.K.arimov, muntazam ravishda yosh avlodning
barkamol bo`lib yetishishi va mustaqil O`zbekistonimizning fidoyi kadrlari
bo`lmog`i uchun sharoitlar yaratib bermoqdalar, Yoshlarning ta’lim tarbiyasi,
bilim saviyasi, dunyoqarashini shakllantirishdek dolzarb muammolarga alohida
e’'tibor bermoqdalar.
“ Hammamizga teran bir haqiqat ayon bo`lishi kerak - biz yurtimizning ertangi rivoji haqida qanday Chuqur o`ylangan dasturlarni tuzaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlar bermaylik, buning uchun qancha ko'p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro`yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo`lsa, yuqori malakali ishchi kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan yetuk mutaxassis Yoshlarimiz, desak, o`ylaymanki, hech qanday xato bo`lmaydi”. ("Barkamol avlod dasturi", - T., "o`zbekiston", 2010y., 80bet).
"Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, Respublikamiz hayotidagi dolzarb
masalalarni etishga tayyorlab borish zarurdir. - "... Ayniqsa, o`sib-kelayotgan
avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o`quv
yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o`qitish, ularni
tarbiyalsh mustaqil mamlakatning yetuk mutaxasislari bo`lishiga
qayg`urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda Oliy va O`rta
maxsus ta’lim tizimi saviyasini jahon andozalari darajasiga etkazish, xalq
xo`jaligida qadrlarga bo`lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning
asosiy vazifalaridandir..." - deb ta’kidlagan muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov (“Ilm ziyo salohiyati – yurt boyligi ” nutqidan “Ma’rifat"
gazetasi. 1993yil, 21 iyul).
Kasb - hunar kollejlari, litsey talabalari, oliy o`quv yurtini tamomlayotgan har bir Yosh mutaxassisni o`z kasbining bilimdoni va jonkuyari qilib tayyorlash
Shu kunning eng birinchi vazifasidir. Bu o`rinda Prezidentimiz I . A. Karimovning ushbu so`zlarini keltirish joiz: - “... Hukumatimiz fan, ma'rifat va madaniyat sohasiga jiddiy e'tibor bilan qaratmoqda. O`tish davrining eng qiyin va murakkab paytida ham davlat maorifni takomillashtirish, bilimli va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun hech narsani ayamayapti. Axir, o`ylab ko`raylik, birodarlar, biz bugun ne – ne mashaqqatlar bilan qurayotgan davlatimiz, mustaqil va har jihatdan mustahkam mamlakatimiz ertaga kimning qo`lida qoladi?
Bugungi katta islohotlar evaziga qo`lga kiritayotgan yutuqlarimizni ertaga farzandlarimiz davom ettirishga qodir bo`ladimi – yo`qmi?...
Islohotning taqdiri, uning qay darajada amalga oshirish, birinchi
navbatda kadrlarning malakasiga, ularning o`z ishlarini qay darajada
o`zlashtirib olganligiga, yurtparvarligi va fidoiyligiga bog`liq".
(A.Karimovnmg xalq deputatlari Samarqand viloyaii kengashi sessiyasida
so`zlagan nutqidan, "Ma'rifat" gazetasl 1995 yil 29 noyabr).
Oliygohlardagi ta'lim va tarbiya jarayoni shunday tashkil etish lozimki, ycsh kadrlar mustaqil ravishda ish yurita oladigan, o`z fikriga ega bo`lishi, o`zi egallagan mutaxassislik bo`yicha olgan diplomlarni oqlashlari lozim.
- “... Universitet diplomi darajasi va obro`sini oshirish zarur. Buning
uchun o`quv muassasalari moddiy bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy
o`quv va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, zarur o`quv adabiyotlar bilan
ta'minlash, o`quv dasturining turli shaklarini kengaytirish, o`qituvchilarning
mehnatga rag`batini kuchaytirish kerak" - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz
I.A.Karimov. ('' Islohotlar izchilligi - inson ma’nfaatlari omili, . "Ma’rifat"
gazetasi. 1997yil, 1 mart ).
Oliygohlarda talabalarga bilim berish jarayonida zamonaviy ilm - fan yutuqlariga katta e'tibor berish bilan birga o`tmishdagi tarixiy merosimizni yaxshi o`rganishimiz va buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishimiz lozim. Bu borada so`z yuritganda Prezidentimizning quyidagi fikrlari hamma vaqt yodimizda bo`lmog`i kerak: - “… Olimlarimiz eng yaxshi an’analami o`zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur o`rganib, buyuk ajdodlarimizning ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilmiy ziyolilarimizning munosib fazilati hamma vaqt ilimga, ilg`or ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bo`lishga intilishdan iborat.
“ O`zbekiston innavatsion rivojlanish turining xozirgi zamon modeliga o`tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy - texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur talab qiladigan texnolagiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko`paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirib borishning zarur sharti va mustahkam poydevori bo`lib xizmat qiladi." (O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolatlari”. I.A.Karimov.Toshkent. "O`zbekiston" nashriyoti 1997yil).
Prezidentimizning kadrlar haqidagi ushbu fikrlari katta ahamiyatga ega: - “… Bu hayotimizning turli jabhalarida, xalq xo’jaligining barcha sohalarida tub isloxotlarni amalga oshirib, yangilanish sari borar ekanmiz, ushbu islohotlarning turmush tarzimizni ijobiy- tomonga o`zgartirishi, ma'naviy yuksalishimizga ko`mak berishi hamda milliy g`urur va iftixorlarimizning kuchaytirish ko`p jihatdan har tomonlama yetuk kadrlarga bog`liq ekanini unutmasligimiz kerak, Respubiikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jixatdan ravnaq topishida, bu sohalardagi muammolarni hal qilishimmizda ham milliy kadrlar bosh omillardan biri bo`ladi" ("Zamonaviy kadrlar tayyorlash - islohotlar muvaffaqiyatining asosi" nutqidan. "Ma'rifat" gazetasi. 1998 yil 28 yanvar).
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shunday iqtisodiy imkoniyatlar yuzaga keldiki, xalq xo’jaligining barcha sohalarida, shu jumladan ta’lim tizimida ham yangi isloxotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Fan va texnikaning rivojlanishi, darslarda kompyuter texnikasining keng qo’llanishi, o’quvchilar bilimining ortishi ta’lim tizimining tubdan o’zgarishini, shuningdek ta’limning hozirgi zamon usullarini ishlab chiqish va qo’llashni talab etadi. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29avgustda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va shu qonun asosida ish olib borilmoqda. “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”da esa har tomonlama rivojlangan yetakchi mutaxassislarni tayyorlashda jaxon miqyosidagi yutuqlar hisobga olinishi kerakligi ko’rsatib o’tilgan. Mamlakatimiz hayotida haqiqatdan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga etkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o’z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Yosh avlodni umumiy ta’lim bilan barcha zamonaviy kasbhunarlarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish yakunlanayotganligi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o’tildi. Har qanday davlat rivojini, fan- texnikaning o’sha davlatdagi rivoji belgilaydi. Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo’q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga to’la muttasil ravishda o’zgaribyangilanib boraveradi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - uzluksiz ta'lim tizimida fizika o‘qitishda ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarning mohiyati, ularning nazariy va amaliy asoslari ochib berilgan. - fizika o‘qitishning turli bosqichlaridagi ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirishning uzviyligini ta'minlash ko’rsatilgan. - uzluksiz ta'lim tizimida fizika o‘qitishda ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalardan foydalangan holda molekulyar fizika mavzularini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan. Kutilayotgan natijalar va muammo yechimlari: Ishlab chiqilgan ESG’T larni shakllantirish metodikasi tajriba-sinov ishlarida samarali ekanligi tasdiqlandi. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi: Kirish, 3 bob, 8 ta paragraf, ushbu boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va glossariydan iborat.
1 O`zbekiston Respublikasi 464-I-son, 1997-yil 29-avgustdagi “Ta'lim to`g`risidagi Qonuni” 2 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” T.: Ma’naviyat 2009 – yil 173 b. 3 Karimov I.A. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi XI sesiyasida so’zlagan nutqi, 1992-yil 8-9 dekabr.-T.: O’zbekiston 1992.-36 b.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida birgalikda tadqiqotlar olib borish va universitetlar o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
– Bugungi kunda fizika-texnika tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro innovatsion markaz yaratish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz, – deydi Toshkentdagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayev. – Markaz Kyortin universiteti va jahonning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi turli loyihalarni amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lishi kerak.
Imzolangan hujjat doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish, treninglar tashkil etish, ta’limga oid loyihalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar ta’lim olish, tajriba almashish uchun talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Xususun, o‘zbekistonlik talabalar magistratura va doktorantura bosqichini Kyortin universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilk qo‘shma dasturlardan biri magistraturada "1+1" sxemasi bo‘yicha o‘qitish bo‘lib, uning doirasida talabalar bir yil mobaynida Toshkentdagi Inha universitetida, bir yil Kyortin universitetida ta’lim oladi. Tajriba va pedagogik texnologiyalarning yanada samarali almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimiz talabalari bilan mashg‘ulotlar olib borish uchun avstraliyalik o‘qituvchilarni taklif etish rejalashtirilmoqda.
Kyortin universiteti Avstraliyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, unda 60 mingga yaqin talaba ta’lim oladi, ularning qariyb 40 foizi xorijlik talabalardir. Universitet ta’lim berish sifati, shuningdek, laboratoriya xonalarida o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mashhur.
І-BOB .O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari ilmiy labaratoriyalarida optika va spektroskopiya sohasidagi yangiliklar.
Ilmiy tadqiqot institutlari erishgan yutuqlari.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademyasi, "FIZIKA-QUYOSH" Ilmiy Ishlab Chiqarish Bo`yicha,
FIZIKA-TEXNIK INSTITUTI
Institutning 2017 yilda erishgan yutuqlari
2017-yil yakunlariga ko'ra 65 ta ilmiy maqolalar, shulardan 45 tasi - taniqli xorijiy jurnallarda (Intern.Journal of Modern Physics, Phys.Rev., Phys.let., Computational nanotechnology, Applied Solar Energy va hokazo) chop etildi. Xorijda o'tkazilgan ilmiy anjumanlar to'plamlarida 11 ta ma'ruza, respublikada o'tkazilgan ilmiy anjumanlar to'plamlarida esa 83 ta ma'ruza chop etildi. UNESCOning ilmiy dasturi doirasida "Barqaror rivojlanish uchun quyosh energetikasi texnologiyalari sohasida ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash bo'yicha o'quv kurslari" o'quv qo'llanmasi chop etildi (№8290113451, Toshkent 2017, 119-bet.).
2017-yil 13-14 iyun kunlari Institut tomonidan "Fundamental va amaliy fizika masalalari" mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda 2 kun davomida 130 dan ortiq olimlar, xususan 5 ta xorijiy davlatdan (Singapur, Shvetsariya, Xitoy, Rossiya va Ozorbayjon) 8 ta olim ishtirok etishdi.
2017-yilda institut tomonidan 7 ta patent qo'lga kiritildi va 3 ta patentga ariza topshirildi. Institut xodimlari O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan e'lon qilingan “YANGI INTELLEKT-2017” konkursida quyidagi nominatsiyalar bo'yicha faol ishtirok etishdi: eng yaxshi ixtiro, eng yaxshi foydali model, EHM va ma'lumotlar bazasi uchun eng yaxshi dastur, eng yaxshi seleksiya yutug'i va yoshlar o'rtasida EHM uchun eng yashi datur muallifi. "Eng yaxshi foydali model" nominatsiyasi bo'yicha N.R. Avezova 1-o'rinni, "Eng yaxshi sanoat namunasi" nominatsiyasi bo'yicha esa M.N. Tursunov 2-o'rinni egalladi.
2017-yilda N.R. Avezova Springer-Nature nashriyoti tomonidan O'zbekistonda eng ko'p chop etiladigan muallif deb tan olindi va maxsus "Springer Nature Awards " sertifikati bilan taqdirlandi.
2017-yilda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan APPLIED THERMAL ENGINEERING jurnali sifatiga qo'shilgan hissasining e'tirofi sifatida "Taqrizlashga qo'shgan mislsiz hissasi uchun sertifikat" bilan taqdirlandi.
2017-yilda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan RENEWEABLE ENERGY jurnalining taqrizi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2017-yil fevralda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan APPLIED THERMAL ENGINEERING jurnalining taqrizi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etilayotir. Mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan.
1.2. Ozbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida optika va spektroskopiya sohasi bo`yicha bajarilgan lbaratoriya ishlari.
O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlaridan biri Samarqand davlat universiteti ko`p natijalarga erishgan.Xususan optika sohasi bo`yicha ham yutuqlarga erishgan.Quyida Samarqand davlat universiteti ilmiy labaratoriyasida olib borilayotgan labaratoriya ishlari haqida aytib o`tilgan.
ILMIY LABORATORIYALAR
«Molekulyar spektroskopiya» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof.A.Jumaboyev. Laboratoriyada suyuqliklarda molekulyar agregatlarning namoyon bo‘lishini kombinatsion sochilish usuli yordamida o‘rganish borasida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-20 Molekulyar agregatlarning bog‘lanish energiyasi va strukturasi» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarildi. Bugungi kunda «OT-F2-40- Molekulyar klasterlarning hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning tebranma spektrlarda namoyon bo‘lishi» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriyada 9 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori va 4 nafari fan nomzodlari.
«Nochiziqli optika» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. L.M.Sobirov. Laboratoriyada suyuqliklarda nochiziqli jarayonlarni lazer akustooptik spektroskopiyasi usulida o‘rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-09 - Lazer nurlanishlarining yuqori tartibli garmonikali generatsiyasini rezonans kuchaytirish mexanizmlarini tadbiq etish» nomli loyiha bajarildi. Bugungi kunda «OT-F2-39- Nanoo‘lchamli fazoviy va vaqt masshtablarida kondensirlangan muhitlarda akusto-optikaviy fazali holatlarni o‘rganish» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriyada 7 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 4 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodlari.
«Molekulyar lyuminessensiya» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. N.Nizomov. Laboratoriyada tabiiy bo‘yoqlarning molekulyar tuzilishi, ularning biomakromolekulalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-4-4 – Tibbiyot va biologiya uchun tabiiy bo‘yoqlar asosida yangi flyuoressent zond yaratish» nomli loyiha tugatildi. Laboratoriyada 4 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodlari.
«Yadro fizikasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari f-m.f.n.A.Safarov. Laboratoriyada MTS-22 elektron tezlatgich yordamida yadro fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi yo‘nalishlarida hamda ekologik masalalarni o‘rganish borasda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-3-32 - Yadro reaktorlarda ishlatilayotgan konstruksion materiallarni nazorat qiluvchi akustik metodni yaratish», «A-7-6 - Ichimlik suvi radiatsion xavfsizligini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish», «A-7-13 - O‘zbekiston qishloq hududlaridagi ommaviy qurilish maydonlarining potensial radon havfini baholash» loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Laboratoriyada 10 ta tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar akademik, 1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlari.
«Magnit hodisalari fizikasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. O.Quvondiqov. Laboratoriyada siyrak yer va o‘tkinchi element metall qotishmalarning hamda ularning intermetallik birikmalarining elektr va magnit xossalarini qattiq, suyuq holatlarda tekshirish borasida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «A-4-9 - O‘tkinchi metallar oksidlari bilan legirlangan borat shishada nanozarrachalar va nanostrukturalarni xarakterlovchi usullarni ishlab chiqish» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Bugungi kunda «OT-F2-27- Issledovaniye kraya fundamentalnogo pogloщeniya i kvantovыx effektov pereklyucheniya pri termoradiatsionnom vozdeystvii kombinirovannqx poley na fosfatnыe i silikatnыe stekla, aktivirovannыe ionami perexodnыx metallov» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.Laboratoriyada 8 nafar tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodlari.
«Lazer spektroskopiyasi» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari prof. N.Eshqobilov. Laboratoriyada og‘ir elementlar atomlarining lazer spektroskopiyasi yo‘nalishida tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «F-2-15 - Okoloporogovaya lazerno-ionizatsionnaya spektroskopiya atomov tyajyolыx elementov» nomli loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarildi. Laboratoriyada 4 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 1 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodi.
«Ekologiya masalalari bo‘yicha muammoviy» laboratoriyasi. Laboratoriya rahbari dots. K.Toderich. Laboratoriyada O‘zbekiston cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi o‘simlik va suv manbalaridan oqilona foydalanish tizimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Davlat dasturlari doirasida «PFI-3 - O‘zbekiston Janubi-G‘arbiy sho‘rxokli cho‘l mikrofitotsenozlari muhit hosil qiluvchi S3/S4 daraxt turlarining landshaft ekologiyasini va genetik o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarini o‘rganish», «YoF-5-1 - Zirabuloq-Ziyavuddin past tog‘lari o‘simliklar qoplamining floristik tarkibi va ekologik-fitotsenotik holatini o‘rganish», «YoA-7-1 - O‘zbekiston cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanishning integrallashgan va ekologik usullarini ishlab chiqish (Qarnobcho‘l misolida)» loyihalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tugatildi. Laboratoriyada 7 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bordi. Shulardan 3 nafar fan nomzodlari.
Ilmiy yo‘nalishlari
1.Zamonaviy fizikaning nazariy va amaliy muammolari va ularning yechimlari.
2. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga yuqori samara bilan aylantiruvchi yangi materiallarni sintez qilish va ularning fizik xossalarini tadqiq qilish.
Samarqand davlat institutidan tashqari O`zbekiston Fizika-texnika instituti ham mavjud.
1943 yilda tashkil etilgan Fizika-texnika instituti (FTI) nafaqat O'zbekistondagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri, balki mamlakatdagi ta'lim va fanni rivojlantirishda ham tizim yaratuvchi rolni o'ynaydi.Fizika-texnika institutida turli davrlarda fizika va texnologiyaning ko'plab dolzarb ilmiy yo'nalishlari bo'yicha tadqiqotlar ishlab chiqilib, keyinchalik Fanlar akademiyasi tizimi va Oliy ta'lim vazirligiga tegishli bo'lgan yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va bo'limlari uchun asos yaratildi.
O'zMU » Optika va lazerli fizika kafedrasi
1957 yilda tashkil qilingan Optika va 1964 yilda tashkil etilgan Radiofizika, 1980 yildan esa Kvant radiofizikasi nomi bilan yuritilgan kafedralar asosida kadrlar tayyorlash yo`nalishi va mutaxascisligi hamda ilmiy tadqiqot ishlari xususiyatidan kelib chiqib, 2005 yildan boshlab “Optika va lazerli fizika” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Optika kafedrasiga 1957-1974 yillari dots.B.M.Nosenko (tashkilotchi), 1974-1992 yillari prof.K.M.Muqimov, 1993-1995 yillari akad.P.K.Xabibullaev, 1995-2011 yillarda prof.Sh.Otajonov mudirlik qilgan.
Keyingi yillarda optika sohasida yirik kashfiyotlar qilindi. V.A.Fabrikant, Basov N.G., A.M.Proxorov, Ch.Tauns va boshqalar tomonidan yorug‘likning yangi xossalari payqaldi va uning yangi manbalari-lazerlar-optik kvant generatorlari (OKG) yaratildi. Bu yorug‘lik manbalari optikaning qo‘llanilish chegarasini fizika va texnikada yanada kengaytirdi. Yaqin kelajakda yorug‘lik nuri faqat yerda emas, balki kosmik masshtabda aloqaning asosiy kanali
bo‘lib qoladi. Optikaning ana shu yutuqlarga olib kelgan uning asosiy qonun qoidalarini qarashdan oldin uning fan sifatida rivojlanishini tasdiqlovchi tarixiy faktlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Yorug‘likning tabiati va uning tarqalish qonunlari haqidagi masala qadimgi grek faylasuflari tomonidan o‘rtaga tashlangan edi.
Bizning eramizdan 300 yil oldin yozilgan «Optika» va «Katoptrika» (Yorug‘likning qaytishi) nomli asarlarda ko‘rish nurlari haqida ma’lumot berilgan. Go`yo bu nurlar ko‘zdan chiqib xuddi barmoqlarga o‘xshab jismni ushlab ko‘rgandek bo‘lar emish va bizga xabar berar emish.
Albatta bunday nazariya tajribada isbotlanmadi va uning noto‘g‘riligi aniqlandi.
Yorug‘likning sinish qonunining aniq ifodasini grek faylasuflari topolmadilar. Ptolomey o‘z zamonasiga xos aniqlikda tajriba o‘tkazib yorug‘likning tushish burchagi α ning turli qiymatlarda sinish burchagi r ning qiymatlarini o‘lchab quyidagi xulosaga keldi.
Ptolomey tajribalarida yorug‘likning tushish burchagi katta bo‘lgan xollarda bajarilmaydi. Shunday qilib yorug‘likning sinish qonuni Ptolomey tomonidan uzil-kesil hal etilmadi. Yorug‘likning tushish va sinish burchagi o‘rtasidagi proporsionallikning yo‘qligi XI asrda Arab olimi Haysam Abu Ali tomonidan aniqlandi. Bundan tashqari bu olim ko‘rsatdiki, tushuvchi nur, singan nur va tushish nuqtasidan r muhit chegarasiga o‘tkazilgan normal (N) bir tekislikda yotadi.
XVII-asrning boshida mikroskop va ko‘rish trubasi kashf etildi. Optik asboblar keng miqyosda astronomiya va boshqa sohalarda ishlatila boshlandi. Bu optik asboblarning takomillashtirilishi yorug‘likning qaytishi (katoptrika) va yorug‘likning sinishi (dioptrika) to‘g‘risidagi ta’limotlarni ham rivojlantirishni talab etar edi.
1620 yilga kelib golland fizigi Snellius ikki muhit yondashgan chegarada yorug‘likning sinish qonunini miqdoriy jihatdan asosladi. Bu qonunning quyidagi matematik xolatda yozilishi Dekartga tegishlidir. (1637)
Hozirgi kunda yorug’likning ko‘pgina yangi xususiyatlari ochilmoqda. Bunga quydagilarni misol qilishimiz mumkin.
Jismlar o‘zlariga tushayotgan nurning bir qismini yutib qolgan qismini qaytargani uchun ko‘rinish xususiyatiga egallar. Shuningdek havo kabi shaffof jismlar nurni to‘lig’icha o‘tkazib yuborgani uchun ba‘zan ko‘zimiz ularni ilg’amaydi. Qiziq, tabiatdagi rangli jismlarni ham ko‘rinmas holga keltirish mumkinmi? Misol uchun odam. Nazariy jixatdan albatta, mumkin. Buning uchun tushuayotgan nur yutilmasdan, burib yuborilishi kerak, xalos. Qarabsizki, qarshingizdagi inson ko‘zdan g’oyib bo‘ladi.
0 ‘QUV LABORATORIYALARIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH HAQIDA MA’LUMOT
1.Optika bo‘limiga tegishli ko‘pgina laboratoriya ishlarida shisha taxtachalar, linzalar va boshqa sinishi mumkin bo‘lgan buyumlardan foydalaniladi. Ulaming bexosdan sinishi natijasida kishi jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun shisha asboblar bilan ishlashda ehtiyot boling. 2. Intensiv ultrabinafsha, lazer nurlanishi inson ko‘ziga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlanish simob lampalari ishlagan paytda yuzaga keladi. Shu sababli yorug‘lik manbai .sifatida simob lampalaridan foydalanadigan qurilmalarda: a) simob lampalarini maxsus quticha ichiga joylashtirish lozim; b) bu qurilmalarda laboratoriya ishlarini bajarishda talabalar qora ko‘zoynak taqishlari zarur.
3. Nafas yo'llari orqali me’yoridan ko‘p miqdorda kirgan simob bug‘lari inson organizmini zaharlaydi. Shuning uchun simob lampalarini sinishdan saqlash zarur. Agar biror sababga ko‘ra simob lampasi sinib qolsa, u holda darhol o‘qituvchiga yoki laborantga murojaat qiling. 4. Lazer nurlaridan foydalanishda «Lazer xavfsizligi» va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini bajarish bilan xavfsizlikka amal qilinadi.
5. Generatsiyalanayotgan nurlanishning havfsizlik darajasiga qarab lazerlar to‘rt sinfga bo‘linadi: 1- sinf lazerlari nurlanishi teri va ko‘zga havf tug‘dirmaydi; 2- sinf lazerlari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalayotgan yoki ko‘zgu orqali qaytayotgan nurlanishi ko‘zga xavfli hisoblanadi; 3- sinf lazerlari nurlanishi ham ko‘z va ham teri uchun havfli hisoblanadi; 4- sinf lazerlari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalayotgan va diffuz qaytarilayotgan nurlanishi 10 sm masofada teri uchun xavfli hisoblanadi.
6. 2-4 sinf lazerlaridan foydalanayotganda maxsus yorug‘lik filtriga ega bo‘lgan ko‘zoynaklardan foydalanish shart. Lazer (3 va 4 sinf lazerlari)dan foydalanishda tcrini kuydirmaslik uchun ehtiyot-choralari ko‘rilgan bolishi lozim.
Spektroskopni darajalash va yorug’lik spektrining to’lqin uzunligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |