Mavzu: O’zbekiston Respublikasi budjet soliq siyosati Bajardi: Mamarizayev Asadbek Tekshirdi: samarqand-2022 kirish I bob


Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari



Download 437,54 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2022
Hajmi437,54 Kb.
#678628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asadbek Mamarizayev Kurs ishi

Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul- tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.
Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:
♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi;
♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Soliq va buydjet siyosati davlat xarajatlari va soliqqa tortish hajmini o‘zgartirib, iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatishda davlat tomonidan qo‘llaniladigan choralarni anglatadi. Shuning uchun soliq buydjet siyosati fiskal siyosat ham deb ataladi.
Davalat xarajatlari davlat buydjetining ajralmas qismidir, shuning uchun ular samarali bo‘lishi uchun va milliy iqtisodiy o‘sishini miqdoriy va sifatli ta’minlashi kerak. Bu shuni anglatadiki, davlat tomonidan olib borilayotgan soliq-buydjet siyosati quyidagi jamoatchilikka javob berishi kerak maqsadlar:

  1. Iqtisodiy tsikldagi tebranishlarni yumshatish;

  2. İqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish;

  3. Resusrlardan to‘liq foydalanishga erishish;

  4. Narxlar darajasining barqarorlashuvi;

Fiskal siyosat- bu, avvalambor, yalpi talabni davlat tomonidan tartibga solish siyosati. Bunday holatda iqtisodiyotni tartibga solish umumiy xarajatlar qiymatiga ta’sir qilish orqali yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin.
Soliq-buydjet siyosati vositalari davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari xususan: 1) davlat xaridlari, 2) soliqlar, 3) o‘tkazmalar.
Soliq- buydjet siyosati vositalarining yalpi talabga ta’siri har xil. Umumiy talab formulasidan: AD/u003d C+I+Xn (bu yerda AD umumiy talab, C iste’ mol xarajatlari, men investitsiya xarajatalari, G davlat davlat xarajatlari, Xn bu mamlakatning aniq eksporti). Davlat xaridlari uning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun ularning o‘zgarishi yalpi talabga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, soliqlar va transfertlar yalpi talabga bilvosita ta’sir qiladi, iste’mol xarajatlari (C) va investitseyilar xarajatlari (l) qiymatini o‘zgartiradi. Davlat xaridlarining o‘sishi yalpi talabni oshiradi va ularning kamayishi uning kamayishiga olib keladi.
Balandligi o‘tkazmalar yalpi talabni ham oshiradi. Bir tomondan, ijtimoiy transfertlar to‘lovlarining ko‘payishi bilan uy xo‘jaliklarining shaxsiy daromadi oshadi va shu sababli paribus aniqlanib, mavjud daromadlar o‘sadi va iste’mol xarajatlari oshadi.
Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak. Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi.
Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi. Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. 2015 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi:
 soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror o`sishini rag`batlantirish, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini ta`minlash;
 byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo`li bilan byudjetdan ajratiladigan mablag`larni sarflash samaradorligini oshirish;
 ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamg`arishi va xarid qilish qobiliyatini o`stirish siyosatini bir vaqtning o`zida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash manzilliligini oshirish bo`yicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish;
 axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni me`yoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish;
 asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish;
 byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bog`liqligini pasaytirish.
2020-yil Davlat byudjeti xarajatlari 131 trln. 104 mlrd. so`m miqdorda tasdiqlanib, ularni quyidagi ustuvor maqsadva vazifalarni moliyaviy ta`minlashga yo`naltirish ko`zda tutilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Eslatish joiz, 2018-yilning 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Mazkur qarorga muvofiq, byudjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan. Ushbu tizimga ko‘ra, 2020-yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi. 
Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda.
Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldiriladi.
2020-yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim.
Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi. 
Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida “iqtisodiy urushlar” davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta. 
Prezidentimiz makroiqtisodiyot va davlat byudjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.
– Iqtisodiyot tarmoqlarini “oyoqqa turg‘azish”, raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda “zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi”, deb ayta olmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi. – Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashimiz kerak, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari. Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go‘sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste’mol talabi qondirilib, inflyatsiya me’yorlashishi mumkinligi qayd etildi. Oziq-ovqat, go‘sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020 yilda sezilarli ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Inflyatsiya darajasiga ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. 
Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.
Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi. 
Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo‘yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo‘lsa-da, hozirda bu boradagi ko‘rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi. 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.
To‘qimachilik mahsulotlari eksporti so‘nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo‘lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda. Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 
Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Yurtimizning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. 
Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo‘shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to‘la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2-3 barobar oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 
Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
– Barcha rahbarlar aniq bilib olsin – qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi, – dedi Prezident. 
Bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobotini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi. Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1-oktabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020-yil 1-yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.
Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020-yil uchun prognoz qilingan byudjet tushumini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 
Davlatimiz rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilishda 2020-yil byudjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi. Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta’lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi. Qolaversa, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.
Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan. Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan. 
Prezidentimiz xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-byudjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga byudjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, “2020-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.
Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning o’rniga yangilari kiritildi. 1992-yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.
Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:

  • Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;

  • Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;

  • Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.

Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.
Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi. Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.
Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.
Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.
Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.


Download 437,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish