Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari. Reja: Kirish


Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobottizimini takomillashtirish



Download 46,54 Kb.
bet4/8
Sana01.03.2022
Hajmi46,54 Kb.
#476223
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari.

2. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobottizimini takomillashtirish.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning
2 – moddasiga muvofiq, “Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir”1. Shuningdek, ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:
– buxgalteriya hisobi scho’tlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatning holati to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  • samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish”

Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan vazifalar faqat u to’g’ri va oqilona tashkil etilgandagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo’l qo’yilayotgan xato – kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida ishonchli va o’z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida – hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elemntlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob hamda hisob siyosatidan iborat bo’lishi lozim.
Korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • korxona faoliyati va uning natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shaklantirish;

  • korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;

  • moliya – xo’jalik faoliyatidagi noxush xolatlarning o’z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarini aniqlash va safarbar etish;

  • korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • korxona xodimlarining mehnatiga haq to’lashni nazorat qilish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o’z vaqtida taqdim etish.

Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
Qishloq xo’jalik korxonalari hisob yuritish shakli qanday bo’lishidan qat’iy nazar hisobot davrida sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini hisobda o’z vaqtida to’liq aks ettirish shart. Fermer xo’jaliklari hisob va hisobot amaliyotida bu jarayon ayrim holatlarda to’lig’icha amalga oshirilmasligi oqibatida hisob axborotlarining aniqligi va ishonchligiga putur yetadi.
Fermer xo’jaliklari amaliyotida daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga to’g’ri olib borishda ayrim muommolarning mavjudligi, yakunda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobidagi analitik va sintetik hisob ma’lumotlari o’rtasida farqlar vujudga kelishi kuzatilmoqda. Bunday holat moliyaviy hisobotning ishonchligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Fermer xo’jaliklari odatda ko’p yillik daraxtzorlar va asosiy podani shakllantirish kabi ko’p muddat talab qiladigan xarajatlarni amalga oshiradilar. Ushbu tarmoqqa qilingan xarajatlar aksariyat fermer xo’jaliklarida joriy ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Ushbu xarajatlarni fermer xo’jaliklari kapital qo’yilma sifatida hisobda va moliyaviy hisobotda aks ettirishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Tanlangan hisob shakliga ko’ra qo’llanadigan analitik hisob registridagi ma’lumotlar, sintetik hisob regstri ( odatda “Bosh kitob”) ma’lumotlari bilan o’zaro mosligini ta’minlashlari hisobning ishonchliligi va to’liqligini ta’minlaydi.
Yuqoridagi keltirilgan fikrlar hisob siyosatining tashkiliy jihatlarini takomillashtirish va fermer xo’jaliklarida hisob va hisobot tizimini yaxshilish imkonini beradi deb hisoblanadi.
MHXS (Jamoat sektori uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) asosida jamoat sektori uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish O‘zbekiston byudjet tizimini isloh qilish yo‘nalishlaridan biridir.Ushbu islohotning zarurligi, eng avvalo, aynan buxgalteriya hisobi tizimlari sifatli va zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni aks ettiradi. Buxgalteriya hisoboti standartlarini bir xillashtirishning xolisona jarayoni IFRS (International Financial Reporting Standards)ga asoslangan JS MHXSni jamoat sektorining taqqoslab bo‘ladigan va sifatli moliyaviy hisobotini tayyorlash uchun xalqaro standartlarning yagona, keng qamrovli tizimi deb e’tirof etishga ko‘maklashdi.
JS MHXSning qo‘llanilishi davlat sektori faoliyatining natijalarini baholash uchun ko‘proq imkoniyatlar taqdim etgan holda moliyaviy axborotning sifatini yaxshilash va ochiq-oshkoraligini oshirish imkonini beradi. Axborotning ishonchliligi va to‘liqligini oshirish hisobiga davlat aktivlarining boshqarilishini yaxshilash, shuningdek davlatnnig moliyaviy hisobotini xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
Yuqorida qayd etilgan sabablar bilan bir qatorda JS MHXS amaliyotiga o‘tish zarurligi amaldagi normativ-huquqiy bazaning amaliy muammolari bilan izohlanadi. Xususan, JS MHXSni qo‘llash mezonlarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy bazaga berilgan baho uning quyidagi kamchiliklarini aniqladi:
1) Axborotni ochishning aniq asoslarining yo‘qligi
Amaldagi qonun hujjatilarida buxgalteriya hisobida operatsiyalarni aks ettirish tartibi yetarlicha aniq tartibga solinmagan. Byudjet hisobini yuritishning barcha masalalari byudjet tashkilotlarida Buxgalteriya hisobiga doir yo‘riqnomada tartibga solinishi nazarda tutilgan, biroq byudjet muassasalari moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha jihatlarini bir yo‘riqnomada jamlashning amalda imkoni bo‘lmadi.
2) Ayrim moliyaviy, byudjet va byudjetdan tashqari operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibininig yo‘qligi. Xususan, davlat tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi faoliyati, valyuta operatsiyalari va hokazolar bilan bog‘liq operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibininig yo‘qligi.
3) Buxgalteriya hisobiga doir qoidalarning ko‘pligi. Ushbu qoidalar hisob yuritish va hisobotning ayrim jihatlarini takrorlaydi.
4) Tashqi foydalanuvchilar uchun davlat moliyasining statistikasini tahlil qilishning imkoni yo‘qligi. Buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi tashqi foydalanuvchilar talablariga javob beradigan axborotni shakllantirish imkonini bermaydi. Jumladan, davlat byudjetini ijro etish to‘g‘risidagi hisobotlarning shakli 2011 yilgi Davlat moliyasi statistikasiga doir qo‘llanma talablariga muvofiq XVF tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarning shaklidan farq qiladi.
5) Davlat moliyasining barcha hisobvaraqlarini jamlash imkoni yo‘qligi. Xususan, davlat byudjetining va barcha byudjetdan tashqari fondlarning hisobi hozirgi vaqtda alohida yuritilmoqda.
Bugungi kunda JS MHXSni moslashtirish zarurligi milliy dasturlar bilan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini rivojlantirish jarayoniga berilgan xalqaro baholar bilan ham tasdiqlangan. Jumladan, 2007–2018 yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasini boshqarish islohoti strategiyasida JS MHXSga mos keladigan davlat sektorida buxgalteriya hisobining milliy standartini ishlab chiqish va joriy etish buxgalteriya hisobini isloh qilishning muhim vazifasi sifatida belgilab olingan. Bu zarurat ham BMTTDning «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» loyihasi doirasida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining loyihasida nazarda tutilgan.
JS MHXSga rioya qilish PEFA (Public Expenditure and Financial Accountability) tizimi bo‘yicha davlat moliyasini baholashning eng muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu mezonni hisobga olgan holda Jahon banki ekspertlari O‘zbekistondagi davlat moliyasini oxirgi baholash doirasida moliyaviy axborotning taqdim etilayotgan axborotning to‘liq emasligi nuqtai nazaridan hisobga olishning xalqaro standartlari talablariga qisman muvofiq kelmayotganligini qayd etdilar.
Davlat sektoriga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini puxta joriy etish uchun BMTTDning va Moliya vazirligining «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» qo‘shma loyihasi tomonidan 2013–2014 yillarda davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotining isloh qilinishiga ko‘mak berildi. Loyiha doirasida JS MHXS asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Buxgalteriya hisobining 12 ta standarti loyihasi tayyorlandi. Ushbu standartlarni mamlakat buxgalteriya hisobi amaliyotiga joriy etish mutaxassislarni ular bilan to‘g‘ri ishlashga o‘qitishni, shu jumladan byudjet sohasidagi buxgalterlar va moliya xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlashni, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta yo‘naltirishni, shuningdek tahsil oluvchilarning turli toifalari uchun mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yangilash va ular bilan ta’minlashni talab qiladi.



Download 46,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish