Mavzu: O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari Reja


Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari



Download 33,06 Kb.
bet3/4
Sana25.08.2021
Hajmi33,06 Kb.
#155511
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU 4

2. Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari.

Qadimgi Xorazm davlati. Mil. avv. I ming yillikning o`rtalarida mavjud bo`lib, mil. avv. VII-VI asrlardan davlat birlashmalari vujudga kelgan. Xorazm davlat birlashmasi Xorazmdan tashqari Quyi Amudaryo oqimidagi shimoliy erlar, Murg’ob vohasi va Parfiya hududlari kirgan. Gerodotning ma`lumot berishicha, «Xar tomoni adir bilan o`ralgan tekislikda qachonlardir xorasmiylar yashagan».

Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko`zaliqir shahri bo`lgan. 2000 yilning 10-12 oktabr kunlari Ellikqal`ada «Xorazm sivilizatsiyasi»ga bag’ishlangan anjuman bo`lib o`tdi. Chunki 1994 yildan buyon o`zbek olimlari Avstarliya va rus olimlari (yagodin, Nezarin) bilan birgalikda arxeologik tekshirishlar olib borib, 50 gektarga teng bo`lgan Oqjahon qal`a (mil. avv. IV-III asrga oib va Toshxirman qal`a mil. avv. V asrga oid bo`lgan) qal`alarni aniqladilar. Oqjahon qal`aning Ichan va Dishan qal`alari bo`lib, podshoxlarining qarorgoxlari bo`lganligini aniqladilar. S.Tolstov ma`lumotiga ko`ra, mil. avv. VI asrda Xorazm davlatining ilk podshosi Saksafar (Shoushafar) bo`lgan. Qadimgi Xorazmning qadimgi qal`alaridan biri 1951-1957 yillarda aniqlangan Kuykirilgan qal`a bo`lgan. Bu qal`a mil. avv. IV-milodiy I asrga tegishli bo`lib doira shaklida qurilgan. Qal`aning tashqarisida 9 ta burji bo`lgan. Qal`a ichida doira shaklida 2 qavatli bino bo`lib pillapoyalari bo`lgan. 3 qator mudofaa devor bilan o`ralgan. Tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar uchun tuynuklar bo`lgan. Qal`ada kulolchilik rivojlanib, idishlar sirtiga qizil rangdan naqsh berilgan. Ko`zalarning dastasi arslon boshli qiyofada bo`lgan. Yana birlarida sersoqol muysafid bir bosh uzumni ushlagan tasviri, yana birida taxtda o`trigan ayolning o`z chaqalog’ini bag’riga bosgani tasvirlangan. Qal`ada uzumdan ichimlik tayyorlaganlar. Qal`adan bir qo`lida uzum, ikkinchisida bog’bon pichog’i tutgan erkak tasviri topilgan. Bayram libosida tasvirlangan Naxid bir qo`lida bokal, ikkinchisida amfora (qo`sh dastali grafin) tutgani tasvirlangan. Qal`adan III asrga oid oromiy tipidagi Sharqiy Eron til laxjasida yozilgan yozuv topildi. Yozuvda Aspabadan (aspa-ot, badak-ketuvchi, ya`ni otda ketuvchi, ot ustidagi sipoxiy) so`zi yozilgan. Yana qal`adan ko`pgina ostadonlar (tobutlar) topildi. qal`ada hayot milodiy IV asrda tugaydi. Xorazm - Avesto (Xvarizam), Behistunda (Xvarazmish), yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. Baqtriya-Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston, Afg’onistonning shimoliy viloyatlarini tashkil etgan. Mil. avv. VIII-VII asrlarda shakllangan madaniy yurtdir. Ahamoniylar hukmronligi davrida ularga tobe bo`lgan. O`rta Osiyoda birinchi bo`lib Iskandar qo`shinlariga bo’yso`ngan. Mil. avv. III asrda Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi.

Mil. avv. VIII-VII asrlarda bu hududda qadimgi Baqtriya podsholigi tashkil topdi. O`zbekistondagi eng qadimgi shahar bu hududda shakllangan. Keyin Kushonlar tarkibida bo`lgan. Baqtriya Avestoda Baxdi, Behistun yozuvlarida Vaqtrish, yunon-rim manbalarida Baqtriana yoki Vaqtriya deyilgan. Tekshirishlar natijasida Oltin-1, Oltin-10, Baqtra (Janubiy Baqtriyadan), Shimoliy Baqtriyadan Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashgantepa, Bandixon yodgorliklari topildi. Ktesiyning yozishicha, (mil. avv. V asr oxiri va IV asr boshlari) Baqtriya bilan Ossuriyaga ikki o`rkachli tuyalarda lazurit qatnaganlar, deb yozadi. Yana mil. avv. VIII-VII asrlarda Baqtriyaning qudrati, shon-shuxrati, minglab shahar va qishloqlari, chorvalari haqida yozadi.

Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari dehqonchilik, chorvachilik, ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralishi va shahar markazlari shakllanishi asosida paydo bo`lgan va ular rivojlanishining quyidagi davrlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi:

1. Bronza davri. Unchalik katta bo`lmagan dehqonchilik vohalari asosida ilk davlat uyushmalarining shakllanishi. Bu davr davlatchiligi jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishini aks ettiruvchi qishloq xo`jalik jamoalarining hududiy bo`linishi, sug’orma dehqonchilik jamoalarining vujudga kelishi, ixtisoslashgan hunarmandchilikka asoslangan almashinuv va savdo-sotiqning rivojlanishi.

2. Bronza asridan temir asriga o`tish davri (mil. avv. X-III asrlar). Ilgari odamlar yashamagan joylarda yangi aholi manzilgohlarining shakllanishi (Marg’iyona misolida).

3. Ilk temir davri (mil. avv. VII-VI asrlar). Davlat uyushmalarining paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bunday davlat uyushmalarining paydo bo`lishiga va tezlashuviga ichki sabablardan tashqari tashqi ko`manchilarning xujumlari sabab bo`lgan (Shimoli - g’arbiy Eron chegaralarigacha kelgan Midiya harbiy siyosati).




Download 33,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish