Xitoy manbalari
Turkiston tarixining qadimgi davrlari, uning xalqi va xo`jaligi, turmush tarzi va urf-odatlari haqida, ayniqsa Qang’ davlati va qadimgi Farg’ona-Davan haqida hamda Daxya to`g’risida Xitoy yozma manba`larida bizgacha qiziqarli ma`lumotlar yetib kelgan. Bu ma`lumotlar qadimgi Xitoy tarixchilari Si Ma TSyanning (miloddan avvalgi II-I asrlar) “Tarixiy xotiralar” va Ban Guning (miloddan avvalgi I asr) “Birinchi Xan dinastiyasining tarixi” asarlari orqali yetib kelgan. Birinchi asar (“Shi Ji”) miloddan avvalgi 138-90 yillarda bo`lib o`tgan voqealarni o`z ichiga olgan bo`lsa, ikkinchi asar (“Xanshu”) miloddan avvalgi 138-23 yillarda bo`lib o`tgan vokealarni qamrab olgan. Uning muallifi o`z asarini yozishda “Shi Ji” da bayon etilgan ma`lumotlardan to`liq foydalanib, uni yangi voqealar bayoni bilan boyitgan. Ushbu manba`lar ma`lumotiga ko`ra, Xan sulolasi davrida Xitoy imperiyasi bilan Xunlar o`rtasida munosabatlar yomonlashib, Xan xukmdori Udi (miloddan avvalgi 140-87 yillar) xunlarga qarshi harbiy ittifoqchi qidirib, bir zamonlari Orol bo`ylaridan Sharqiy Turkiston tomon borib qolgan, ammo, u yerlarning egalari xunlar bilan kelisha olmay, ular bilan yaylov talashib, bir necha bor o`z aro to`qnashuvlardan so`ng, G’arbga chekinishga majbur bo`lgan Yuechji (massagetlar qabila ittifoqi) qabilalari orqasidan miloddan avvalgi 138 yilda harbiy zobit, ayg’oqchi Chjan Tsyanni yubaradi. Chjan Tsyanning o`z imperatoriga yozgan hisobat nomasiga qaraganda, u Sharqiy Turkistonda xunlar tomonidan qo`lga olinib, 10 yil asirlikdan so`ng qochishga ulgurib, o`z sayoxatini davom ettiradi. U Qashg’ar orqali Qadimgi Farg’ona davlatiga keladi. Davanliklar uni yaxshi kutib olishib, Xitoydek buyuk davlat bilan savdo-sotiq qilish, o`zaro munosabatlarni rivojlantirishga, do`stlik aloqalarini o`rnatishga tayyor ekanliklarini bayon qilishib, ulardan shimolda qudratli Qang’uy davlati borligi va ular bilan tinch-totuv yashayotganliklarini bildiradilar. Agar lozim bo`lsa elchi janoblarini Qang’uy chegarasigacha kuzatib qo`yishlarini bildiradilar. Davanliklarning iliq muomila-yu-iltifotlaridan manmun bo`lgan zobit Chjan Tsyan davanlik hamrox kuzatuvida Qang’uyga jo`naydi. Ammo, Qang’uy xukmdori bilan til topa olmay, Yuechjilarni qidirib, sayoxatini davom ettiradi.
Miloddan avvalgi 126 yilgacha Yuechji qabilalari Baqtriya (Xitoy manba`larida “Daxya”)ga borib joylashib olgan edilar. Yuechjilarning Guyshuan qabilasi yetakchiligidagi hukmdori bilan uchrashuvda: “biz poyoni yo`q jangu-jadallardan charchadik, endi unumdor yerlarga boy mamlakatda tinch-totuv yashamoqchimiz” deb, undan rad javobini oladi. Nihoyat, Chjan Tsyan o`z maqsadiga erisha olmay, Badaxshon va Pomir orqali o`z yurtiga qaytib ketadi. U Sharqiy Turkistonda xunlar tomonidan yana qo`lga olinib, bir yil asirlikda bo`lib, so`ng Xitoyga yetib boradi.
Miloddan avvalgi I – asrdan boshlab Qang’uy yana o`zini o`nglab oladi. Mana shu voqealar ta`siri bo`lsa kerak, Xitoy elchisi Chjan Tsyan imperator saroyiga yubargan hisobatida Qang’uy haqida shunday yozadi: “Qang’uy mag’rur va qo`rs. U bizning elchilarimiz oldida ta`zim qilishni o`ziga ep ko`rmadi va butun fe`l-atvori bilan hokim nomidan uning oldiga yubarilgan bizni amaldorlarimizni ko`pgina davlat elchilaridan, xatto usun elchilaridan ham quyiga o`tkazdi”. Chjan Tsyan ma`lumotlariga asoslanib, Sima Tsyan o`zining “Tarixiy xotiralar” asarida qang’lilarning turmush tarzi haqida fikr yuritib, “ular urf – odatlari bo`yicha yuechjilarga o`xshab ketadi”, deb yozadi.
Xullas, xitoyliklar ayg’oqchi diplomat, sobiq harbiy zobit Chjan Tsyanning har ikki sayoxati davomida imperator saroyiga yuborgan hisobotidan so`ng, O`rta Osiyo, ayniqsa qadimgi Farg’ona va Qang’ davlati, bu davlatlar aholisining urf-odatlari, turmush tarzi, xo`jaligi va hayoti haqida to`liq ma`lumotga ega bo`ladilar. Davan podsholigi. Qadimgi Xitoy manba`larida Qang’ davlatiga nisbatan ham Davan podsholigi haqida ko`proq ma`lumotlar keltiriladi. Qadimgi Xitoy tarixchisi Sima Tsyanning “Tarixiy xotiralar” (Shi Ji“) asarida yozishicha: “Davan Xan sulolasidan 10 ming li (Li qadimda taxminan 0,5 km ga teng bo`lgan, hozir esa – 576 m. deb qabul qilingan) olisda bo`lib, hunlarning g’arbiy-janubiga, Xan (sulolasi) ning aynan g’arbiga to`g’ri keladi. Davanliklar avloddan avlodga o`troq hayot kechirib kelgan ekan. (Ular) dehqonchilik bilan shug’ullanib, sholi, bug’doy ekar ekan. Uzum sharobi chiqarar ekan. Davanda asl otlar ko`p bo`lib, mazkur otlarning hammasi tulpor otlardan ekan. Badanidan qizil ter tomchilari (yaltirab) chiqib turar ekan. (Davanda) shahar, qal`a, uy – imoratlari bor, katta- kichik 70 dan ortiq shaharlar bor ekan. Ularda 60 ming oila (300 ming odam) yashar ekan. Bu davlat askarlari o`q-yoy, nayza ishlatar ekan va ular otga minishga, o`q-yoydan foydalanishda mohir mergan ekan. Shimolda Qanguy, g’arbda Da-yuechjilar, janubiy-g’arbda Baqtriya, shimoliy-sharqda Usun, sharqda Dandan uylik, Udun bor ekan”.
Bu asarda ya`ni “Shi Ji”da Davanning ikkita poytaxti bo`lganligi, ularning biri Ershi bo`lsa, ikkinchisi Yu (Yuchen) ekanligi tilga olinadi. Bu ikki shaharning lokalizatsiyasi masalasida olimlar o`rtasida hozirgacha ilmiy munozara va baxslar davom etadi. O`zbekiston tarixining 1950 yilda chop etilgan nashrida Davan xukmdorining qarorgoxi Gushan(Yu-chen)ni O`zgan shahri bilan taqqoslanadi, Ershini esa A.N.Bernshtamga asoslanib Andijon viloyatining Marxamat rayonida joylashgan Mingtepa deb ko`rsatiladi, O`z davrida N.Ya.Bichurin Ershi bu Qo`qon bo`lishi kerak, degan g’oyani o`rtaga tashlagan. Shavanna taxliliga ko`ra, Ershi shahri O`ratepa yoki Jizzax bo`lishi kerak. Ershi shahrining lokalizatsiyasi masalasida A.N.Bernshtam taxlilining tarafdorlari ko`proq. Ammo, keyingi yillarda Ershini lokalizatsiyasi masalasida A.Anorboyev yangi g’oya bilan chiqib, Ershi bu eski Axsikentdir, degan asosli xulosaga keladi. Gushan (Yu-chen) esa Davan podshosining yozgi qarorgohi sifatida Koson yodgorligi o`rnida bo`lgan, degan fikrga ko`pchillik olimlar kelgan.
Miloddan avvalgi II asrda, ya`ni Xitoy elchisi Chjan Tsyan qadimgi Farg’onaga kelganda, u bu yurt qishloq va shaharlari obod, sug’orma dehqonchilik va xunarmandchilik xo`jaliklari yuksak darajada rivojlangan, kuchli qo`shinga ega mamlakat edi. Chjan Tsyan imperator saroyiga yuborgan hisobotida bu mamlakatni Davan deb ataydi va uning aholisi juda xush muomilali, mehmondo`st, ko`ngli ochiq odamlar ekanligi, ular qishloq xo`jaligi ekinlaridan arpa, bug’doy, sholi, beda, momiq (paxta) ekib, ulardan yuqori hosil olishlarini yozadi. Davanliklarda bog’dorchilik rivojlanganligi, ular uzumdan kishini kayfiyatini ko`taruvchi ichimlik tayyorlashlari, har bir xonadonning yer to`lasida bir nechalab katta xumlarda bu ichimlik borligi haqida shunday yozadi: “Davanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik xumlarda bir necha o`n yillarda ham buzilmay saqlanadi” deydi. Davanliklar bog’larida uzumdan boshqa anor, badring, yong’oq va boshqa mevali daraxtlar ko`p bo`lib, Xitoy tarixchilari bu mevalarning Xitoyda poydo bo`lishini Davan bilan bog’laydilar.
Xitoy elchisi Davanda kuchli davlat tizimi shakllanganligi, uning aholisi 60 ming oiladan (300 ming kishidan) iborat ekanligi, har bir oila mamlakat mudofaasiga bittadan, ja`mi 60 ming o`q-yoy va nayza bilan qurollangan, ot ustida kamondan o`q uzuvchi, nayza sanchguvchi mohir jangchilar ajratishi mumkinligi, davlat tepasida mahalliy aslzodalardan chiqqan xukmdor turishini yozib, ulardan ba`zi birlarini nomini xitoychaga ag’darib, Mugua, Chan Fin, Yan’lyu deb ataydi. Xitoy yozma manba`lariga ko`ra, xukmdorning yonida uning eng yaqin qorindoshlaridan ikkita yordamchisi bo`lgan. Xukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Oqsoqollar kengashi xukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal etgan. Shu bilan birga, oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Demak, Oliy kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquq oliy kengash qo`lida edi.
Xitoy manba`larining xabar berishiga qaraganda, o`zga davlat va uning qo`shini bilan bo`lgan janglarda davanliklarning mag’lubiyati uchun oliy hokimiyat egasi-hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o`lim jazosiga tortilgan.
Manba`larda xabar qilinishicha, dastlab Xitoy qo`shiniga qarshi Davanga hayrixoh qishloq va shaharlar qarshilik ko`rsatishmagan. Ammo, Xitoy qo`shini Bugur xonligiga kelganda (Sharqiy Turkistondagi kichik bir shahar-davlat) ular birinchi qattiq qarshilikka uchraydi, taslim bo`lishni istamagan shahar aholisi va askarlari ikki kun davom etgan qattiq janglarda qirib tashlanadi Ammo, Xitoy qo`shinlaridan ershiga 30 ming lashkar yetib kelgan edi xolos. Demak, Bugurdan to Ershiga borgunga qadar ham Xitoy qo`shinlari mahalliy xokimliklar qashshiligiga uchragan va yo`l-yo`lakay talofatlar ko`rgan, degan xulosa kelib chiqadi. Qamal jarayonida mudofaachilar Qanguy qo`shinlari davanliklarga yordamga kelayotganligini xabar qilib, Xitoy qo`shinini tashvishga sola boshlaydilar. Lekin, qanqaliklar negadir yordamga shoshilmas edilar. 40 kunlik qamaldan so`ng Xitoy qo`shinlari devor teshar qurollari yordamida shahar tashqi mudofaa devorini buzib kirishga erishadilar. Shahar aholisi va mudofaachilar esa ichki shaharga kirib olishga ulguradilar. Kezi kelganda ta`kidlash joizki, arxeolog A.Anorboev “Ershi-bu eski Axsining o`zginasidir,” degan xulosaga kelganda, u haqli edi. Chunki Axsikent shahri Davan hokoni qarorgoxi joylashgan arki a`lodan tashqari mudofaa devorlari bilan o`ralgan ikki qismdan, ya`ni ichki va tashki shahristonlardan iborat. Xitoylilar tashki shahriston devorlarini buzib, shahar ichqarisiga kirganda, ular faqat tashqi shahristonni egallagan, mudofaachilar esa shahar aholisi bilan ichki shahristonga joylashib olishgan. Biroq, uzoq davom etgan qamal ta`sirida davanlik aslzodalar orasida, orqadan Kanguydan amaliy yordam kelavermagach, xovatirlanish boshlanadi.
Farg’ona yurishida Xitoy uchun katta talofatlar bo`lishiga qaramay, hoqon Udi Li Guanglini katta g’alaba bilan tabriklab, unga “Xansu to`rasi” unvonini beradi va 8 ming xonadonli yer suyurgal qilinadi. Urushda qatnashgan 3 harbiy amaldor vazir etib tayinlanadi, 1000 qopdan ortiq maosh oladigan odamlar soni mingdan oshib ketadi. Urushga safarbar qilingan banditlar gunohidan o`tilib, ularga berilgan jazo xukmlari bekor qilinadi. Askarlarga 40 ming pul yoki o`sha pulga teng keladigan molu-dunyo in`om qilinadi Chjan Tsyan o`z hisobotida ularning davlat chegaralarini quyidagicha belgilaydi: “Daxya g’arbga tomon, Davandan 2-3 ming li janubda joylashgan. Undan g’arbda – An’si (Parfiya), shimolda esa Kanguy joylashgan». Ya`ni uning chegaralari O`zbekistonning Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Kobadiyon va Xuttalon viloyatlarini o`z ichiga oladi. Chjan Tsyanning ta`kidlashicha, Da-yuechji qabilalari aslida ko`chmanchi qabilalar bo`lib, yangi joylar aholisi madaniy-xo`jalik ta`sirida o`troqlashgan va qisman chorvachilik xo`jaligi bilan ham shug’ullanadilar. Elchi keltirgan ma`lumotlar taxliliga ko`ra, yuechji qabilalari Baqtriyada yagona davlat tuzmaganlar, “Daxyada yagona davlat boshligi yo`q, har bir shahar o`z hokimi tomonidan boshqariladi”. “Daxyada 5 ta patriarxal knyazlik xonadonlari (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dyumi) mavjud”. Chjan Tsyan Daxya va Dayyuanda: “Erkaklar o`z qarorlarida xotinlari bilan masloxatlashadilar” deb xabar beradi. Aholining turmush tarzi va urf-odatlari haqida: “Daxyada o`troq hayot kechiradilar, shaharlari bor va uylarda yashaydilar, urf-odatlari bo`yicha dayyuanlilarga o`xshab ketadi; qo`shini kuchsizroq, lekin jangda chaqqon va chabdast. Aholisi savdoda ustamon. Daxyada aholi soni millionga yetadi. Poytaxti Lan’shi deb ataladi. Bu shaharning xilma-xil tovarlarga boy bozori bor” deb yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |