ULKAMIZ XALQLARI TARIXIN O’RGANISHDA DASLABKI ETNOLOGIK MANBALAR.Qadim va o`rta asrlarga oid manbalarda o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish jarayoni haqida aniq ma`lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma`lumotlar kamchil, ba`zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo`ladi.
Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki) ma`lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «Shimoliy (Xitoy) xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577); «Suy sulolasining tarixi» — Suyshuda (581—618) «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (Shi, Chjeshe), Samarqand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, Shm yoki Shi, Kesh — (Shahrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi) viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga olingan manbalarda VII asr oxiri — VIII asr o`rtalarida turk xoqonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ayrim tomonlari haqida ma`lumot beruvchi muhim va ishonchli manbalardan biri Sibir` erlaridagi qadimgi turkiy tildagi qabrtosh bitiklari hisoblanadi. Bular: QulTegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq) va uning xotini Elbilga xotun, Mogilan, QuliChur (Magillanning ukasi) va uyg`ur xoni Moyn Chur sharafiga qo`yilgan qabrtosh bitiklaridir.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, madaniy va xo`jalik faoliyatini o`rganishda X asrda yashab o`tgan geograf sayyohlar al Istaxriy Ibn Hovqal va al Muqaddasiy asarlarining ahamiyati bebahodir. Bu mualliflar bergan axborotlarning afzalligi shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida bo`lib, bevosita ko`rganbilganlarini yozgan. Yuqorida tilga olingan mualliflarning asarlarida So`g`d, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi), Toxariston, Shosh, Farg`ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari, shahar va qishlokdari, aholisi, tabiati, ekinzorlari, xo`jaligi, hamda tijorati haqida batafsil ma`lumotlar berilgan. Ularning axborotlarida turg`un yashovchi turkiy xalkdar va ko`chmanchi qabilalar (o`g`o’z, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib o`tilgan.
Beruniynshg mashhur asari — «Qonuni Ma`su diy» da ham evroosiyodagi juda ko`p shaharlar va xalqlarning nomlari tilga olingan. Bizning ishimizda eng muhimi asarning «Shaharlarning o’zunlik va kengliklarini jadvallarda ko`rsatish haqida» deb nomlangan bobidir. Ushbu bobda turli iqlimlardagi shaharlar nomlari, kengligi va ularning qaysi viloyatlarda va mamlakatlarda joylashganligi belgilangan. Jadvalda Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan o`nlab yirik shaharlar ham tilga olinadi. Shular katorida, Farg`ona vodiysida, Sirdaryo sohillarida, ettisuvda va Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarga qarashli 30 ga yaqin shaharlar ham qayd qilingan.
Mahmud Qoshg`ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo sohillarida, ettisuvda va Sharqiy Turkistonda yashovchi xalklarning tilini va etnik tarixini o`rganishda muhim manba ekanligi haqidagi o`z fikrmulohazalarimizni oldinroq bildirgan edik. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozimki, Mahmud Qoshg`ariyning asari ba`zi afsonaviy ma`lumotdan ham xoli emas. Masalan, asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishini «Nuh payg`ambar o`g`li Yofasning o`g`li Turk» bilan bog`lanishi, Afrosiyobni Qoraxoniy turklarining xoni deyilishi: uning (Afrosiyobning) qizi Kazvin shahrini; hamda Kaz suvi (Balxash ko`li) qirg`og`ida shahar qurilganligi, o`g`li Barman — Barman shahrini; boshqa bir o`g`li Balasag`un — Balasag`un shahrini bino qilganligi haqidagi ma`lumotlar afsonaviy ma`lumotlardir. Olimning bu xildagi qarashlariga tanqidiy qarab, ularni nima sabab bilan keltirganligini obdon tushunib olish lozim. Arab tilida yozilgan manbalardan yana biri Ibn al Asirning (1232—33 yy.) «Kitob alkamilfittarix» nomlangan asari.
Mazkur asarda bizni qiziqtirayotgan X—XII asrlarga oid ma`lumotlar mavjud. Unda shu asrlarda Markaziy Osiyoda yo’z bergan siyosiy holat, chunonchi qoraxoniylarning Movarounnahr hududini egallashi, G`arbiy Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishi, qoraxyatoy qabilalarining ettisuvni va keyin Movarounnahrni egallab, qoraxoniylarni tobe etishi, G`arbiy Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljukiytar va Xorazm shohlar o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, qarluq, xalach qabilalari Qoraxoniylar davlatining siyosiy hayotida tutgan o`rni va bir qancha boshqa masalalar haqida gap ketadi. Ibn al Asirning ma`lumotlaridan XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarining etnik xaritasida ham o`zgarish bo`lganligini tushunib olish qiyin emas.
Olmaliq shahrida 1230 yili tavallud topgan, turkiy xalqlardan chiqqan fors-tojik tilida asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat assurah» asarida ham ishimizga oid ba`zi ma`lumotlar mavjud. Asarda asosan Mo`g`ul xonlari, ayrim tarixiy shaxslar, shahar va viloyatlar (Qoshg`ar, Xo`tan, Xo`jand, Shosh, Farg`ona va boshq.) haqida gapiriladi.
Biz uchun eng muhimi, asarning Qoraxonlar tarixiga bag`ishlangan qismi. Bunda muallif Qoraxonlar xoni (X asr o`rtalarida vafot qilgan) Satuk Bug`raxon Abd ul Karimning va uning yaqinlari tomonidan islom dini qabul qilinganligi, islom dinining ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi xalqlar orasiga kirib borishi hiksi qilinadi. O`sha asrda islom dinining chorvadorlar orasida keng tarqalib borishi, ular madaniy darajasing o`sishi turg`un aholi bilan iqtisodiy va madaniy qaparning yana mustahkamlanib borishida muhim omil bo`lgan. Asarda Qoraxonlar sulolasiga mansub bo`lgan xonlarning nomlari keltirilgan.
Demak tariximizning o`g`onish davrida ota-bobalarimiz tomanidan Etnologiya bilimlargi ham asos solinganligining guvohi buldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |