MAVZU: O`zbek xalqining etnologiyasi
REJA:
1. O`zbek Etnologiya fanining paydo bulishi tarixi va tarixshunosligi
2. Ulkamiz xalqlari tarixin o’rganishda daslabki etnografik manbalar.
3. O`zbekistonda yuritilgan etnografik tadqiqotlar va ularning tarixiy ahamiyati
Har bir fan o’ziga xos uslub, kontseptsiya, maktab va yunalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buen muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bulgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va yunalishlar yo’zaga kela boshlagan. XIX asr urtalarida nihoyatda keng miqesida utkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida tuplangan boy ma`lumotlarni jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bulgan evolyutsionizm, diffo’zionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy yunalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta`sir utkazgan.
Qadim va o`rta asrlarga oid manbalarda o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish jarayoni haqida aniq ma`lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma`lumotlar kamchil, ba`zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo`ladi.
Manbalarda qadim va o`rta asrlarda yashagan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqidagi ma`lumotlar ham mavjud. Bu ma`lumotlar, garchi qisqa bo`lsada, o`sha davr aholisining hayoti, etnik tarkibi, etnik aloqalari haqida ma`lum tasavvurga ega bo`lishga imkon beradi.
O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari — saklar, massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar, qang`arlar, so`g`diylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar haqida oldinroq chop etilgan ishlarimizdan birida batafsil gapirilgan, ularni bu erda takrorlab o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.
Mazkur ishda o`zbek xalqining elat bo`lib shakllanish jarayonida ishtirok etgan xalqlar, etnik guruhlar haqida eslatilgan manbalarga qisqa izoh berib o`tishning o`zi kifoya qiladi.
Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki) ma`lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «Shimoliy (Xitoy) xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577); «Suy sulolasining tarixi» — Suyshuda (581—618) «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (Shi, Chjeshe), Samarqand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, Shm yoki Shi, Kesh — (Shahrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi) viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga olingan manbalarda Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda joylashgan bir qancha turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, ba`zi urf odatlari va ularning u yoki bu hududning siyosiy hayoti da ishtiroklari haqida ham ma`lumotlar olish mumkin. Xitoy manbalarida eftaliylar (idal, yeda), qarluqlar (gelolu) va uning tarkibidagi qabilaurug`lar (meulo, dami, jisi, tashili, pofu, gesa), nushibi, dulu (duglat), turkesh, usun va boshqa turkiy qabilalar va qabila ittifoqlari tilga olinadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu qabilalar haqidagi ma`lumotlar tarjimon tomonidan qisqartirilib berilgan, ular xatodan ham holi emas. Shuning uchun ham N. Ya. Bichurinning tarjimalarini boshqa tarjimalar va izohli adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada N. V. Kyuner va Yu. A. Zuevning ishlari e`tiborga loyiqdir. Bu ishlarda Xitoy manbalarida keltirilgan ayrim viloyatlar, xalqlar haqidagi axborotlar tarjima qilinishi bilan bir vaqtda ularga ilmiy izoh ham beriladi.
VII asr oxiri — VIII asr o`rtalarida turk xoqonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ayrim tomonlari haqida ma`lumot beruvchi muhim va ishonchli manbalardan biri Sibir` erlaridagi qadimgi turkiy tildagi qabrtosh bitiklari hisoblanadi. Bular: QulTegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq) va uning xotini Elbilga xotun, Mogilan6, QuliChur (Magillanning ukasi) va uyg`ur xoni MoynChur sharafiga qo`yilgan qabrtosh bitiklaridir.
Qabrtosh bitiklarida turk xoqonlarining davlat mustaqilligini saqlab qolish, uning kuchqudratini oshirish borasvda olib borgan ichki va tashqi kurashlari, o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish arafasida Markaziy Osiyoda yo’z bergan siyosiy voqealar, ba`zi urfodatlar va boshqa masalalar tasvirlangan. Shuningdek, mazkur bitiklarda quyidagi etnonimlar ham tilga olinadi: o`g`o’z, ucho`g`o’z, sakkizo`g`o’z, to`qqizo`g`o’z, o`no`g`o’z, kengeres (kangar) qarluq, qipchoq, qirg`iz, az, teles, kidan, dulu, turkesh, turk va boshqalar. Bu xalqlar, qabilalar va qabila ittifoqlarining ko`pchiligi yoki ularning ayrim guruhlari o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanishida bevosita ishtirok etganlar. Qadimgi tosh bitiklar turkiy xalqlarning til tarixini o`rganish borasida ham muhim manba hisoblanadi.
Tosh bitiklarida keltirilgan ma`lumotlarni Xitoy manbalari va o`rta asrlarga oid boshqa manbalar bilan taqqoslab o`rganilsa, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbek xalqi etnik tarixi va etnogeneziga birmuncha aniqliklar kirgizish mumkin.
O`zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o`rganishda IX—XIII asrlarda arab va fors tillarida yozilgan tarixiy va geografik asarlarning ahamiyati juda katta. Bunday adabiyotlar talaygina. Ular asosida qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan1. Biz arabfors tilli manbalarning ko`pidan, asosan rus tilidagi tarjimalaridan foydalandik. Shularning ayrimlarini qisqacha eslatib o`tmoqchimiz.
Foydalanilgan manbalardan biri AbuJafar Muhammad ibn atTabariyning «Tarix arrasul va alMuluk» asari. Asarda Dixiston, Toxariston, So`g`d, Farg`ona, Shosh, Xorazm, ettisuv hududlarida yashagan turkiy va eron tilli aholi haqida qisqa ma`lumotlar beriladi. Manbada eftaliylar, qarluqlar, turkeshlar haqida hamda turkesh xoqonlari — Qursul, AbuMo’zaxim va ayrim turk sarkardalari tilga olinadi. Unda turklarning so`g`diylar, farg`onaliklar va toxaristonliklar bilan birgalikda arab istilochilariga qarshi kurashlari, turkiy xalklarning ayrim urfodatlari, e`tiqodlari haqida ham qisqa axborot beriladi.
Bog`dod xalifasi tomonidan Volga bulg`orlari podshosi oldiga 921—922 yillarda elchi qilib yuborilgan Ahmad ibn Fadlanning safar xotiralarida, Xorazm va xorazm xalqi, Dashtiqipchoqda va Orol dengiziga tutash cho`llarda yashovchi o`g`o’z (g`o’z) bijanak (pecheneg) qabilalari, ularning ijtimoiy hayoti, xo`jaligi haqida ko`rganbilganlarini yozib qoldirgan. Uning ma`lumotlaridan o`sha davr hayotini, turg`un va ko`chmanchi aholining o`zaro munosabatlarini tushunish qiyin emas.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, madaniy va xo`jalik faoliyatini o`rganishda X asrda yashab o`tgan geograf sayyohlar alIstaxriy Ibn Hovqal va alMuqaddasiy asarlarining ahamiyati bebahodir. Bu mualliflar bergan axborotlarning afzalligi shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida bo`lib, bevosita ko`rganbilganlarini yozgan. Yuqorida tilga olingan mualliflarning asarlarida So`g`d, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi), Toxariston, Shosh, Farg`ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari, shahar va qishlokdari, aholisi, tabiati, ekinzorlari, xo`jaligi, hamda tijorati haqida batafsil ma`lumotlar berilgan. Ularning axborotlarida turg`un yashovchi turkiy xalkdar va ko`chmanchi qabilalar (o`g`o’z, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib o`tilgan.
Ba`zi o`rinlarda Ibn Hovqal va Muqaddasiy ma`lumotlari al-Istaxriy keltirgan ma`lumotlarni takrorlanganga o`xshaydi. Shu bilan birga, ular talay yangiliklar qo`shib, birbirlarini to`ddiradilar ham. Shuning uchun ham ularning asarlari X asrga oidg eng aniq va mukammal geografik asarlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo haqida muhim axborot bergan mualliflardan biri X asrda yashab o`tgan yana bir arab sayyohi Abu Dulafdir. Uning yo`l taassurotlarida chigil, qarluq, kimak, pecheneg, tug`o’z g`o’z, (tuqo’z o`g`o’z), g`o’z, qirg`iz qabilalari va qator hududlarda turg`un yashovchi aholi eslatib o`tilgan.
So`zsiz, o`sha davrda, turkiy xalqlarning yashagan hududlarini aniqlashda Abu Dulafning ma`lumotlari muhim manba hisoblansada, uning ma`lumotlaridan foydalanishda tadqiqotchi juda ehtiyot bo`lishi kerak. Chunki tilga olingan xalqlarning ko`pchiligi orasida Abu Dulafning o`zi shaxsan bo`lmagan, ular haqidagi ma`lumotlarni muallif boshqalardan eshitib yozgan bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham uning safar xotiralarida berilgan yo`l marshrutlari juda chalkash. Masalan, sayyoh slavyanlardan o`tib go`yoki pecheneglar eriga (shu davrda bularning katta bir qismi Emba va O`rol daryo oralig`ida joylashgan bo`lgan), undan o`tib chigillar va Tibet erlariga, ulardan o`tib kimak g`o’z erlariga borganligini hikoya qiladi. Ya`ni kelgan tomonga (orqaga), O`rol tog` oldi mintaqalarda yashaydigan kimak eriga yana qaytib borib, so`ngra Xitoyga o`tib ketganligini hikoya qiladi. Hech qanday sayyoh Tibetdan (orqaga qaytib), O`rol tog` oldi mintaqalarida yashovchi kimaklar eriga, keyin qaytib Xitoyga bormasa kerak?
Abu Dulaf axborotlarining yana bir xatolik joyi shuki, u Markaziy Osiyo, Sibir` va Tibetda yashovchi turk, mo`ng`ul, tung`o’z, tibet xalqlarining tillarini e`tiborga olmasdan, ularning barchasini turkiy xalqlar deydi. Sayyoh o`zining xotiralarida qarluqlarga tobe bo`lgan Sharqiy Turkistonda turg`un yashovchi (qarluq bo`lmagan) aholini ham qarluq deydi. Abu Dulafning axborotlaridan foydalangan kishi shu xildagi xatolar, noaniqliklarni hisobga olishi kerak, albatta.X asrning oxirgi choragi — XI asrning birinchi yarmida o`tgan yurtdoshimiz xorazmlik buyuk olim Beruniyning asarlarida Xorazm, Movarounnaxr va Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida yashagan xalqlar haqida juda ko`p muhim tarixiy etnografik ma`lumotlar mavjud. Masalan, uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», asarida Xorazm va Xorazm podshohlari, podshohlarga xos laqablar, Xitoy chegarasigacha bo`lgan mintaqalarda yashovchi turkiy xalqlar, o`g`o’z turklari, turklarning e`tiqodlari, So`g`d va Xorazm xalqlarining bayramlari, urfodatlari6 va bir qancha boshqa qator masalalar ham yoritilgan. Asarda keltirilgan so`g`diylar, xorazmliklar va turkiy xalkdarning oy va kun nomlari bu xalqlarning qaysi tilda so`zlashganlaridan dalolat beradi.
Beruniyning «Hindiston» deb nomlangan asari ham tarixiy etnografik ma`lumotlarga boy. Bu asarda, asosan, Hindistonning siyosiyijtimoiy hayoti, madaniyati, urfodatlari va e`tiqodlari haqida gap ketadi. Shu bilan birga Hind daryosining yuqori oqimlarida joylashgan turkiylar; Xo`tan va G`azna turklari hamda Kobulning turk podsholari haqida ham gapiriladi. Beruniyning bu ma`lumotlari turkiy xalkdarning Osiyo mintaqalarida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Mazkur asarda olim Shosh (Toshkent) shahrining nomi haqida ham fikr yuritgan.
Beruniyshng Geodeziya asarida g`o’z (o`g`o’z) pecheneg (bijanak), alan va asqabilalariningjoylashgan hududlari hamda pechenglarning (turkiy xalq) ta`sirid eron tilli as va alanlarning talay qismi turklashgan ligi haqida qisqa ma`lumotlar mavjud. Mazkur asar Beruniy ettn iqlimni doira shakli bilan ifodala doiraning shimoliy qismiga (ya`ni oltinchi iqlimg xazarlarni, go’zturlarini, qirg`izlarni, kimaklarn rus va slavyanlarni joylashtirgan, doiraning sharkt qismiga (ya`ni ettinchi iqlimga) Sin, Xutan va turkgy xalkdarni joylashtirgan. Beruniyning etti iqlimni ifodalagan doiralaridan ilk o`rta asrlarda evroosryo xalkdarining joylanishi haqida ham aniq tasavvurga ega bo`lish mumkin.
Olimning «Kitob assaydana fittibb» kitobida Markaziy Osiyoda mavjud bir qancha shahar va viloyatlar (Buxoro, Samarqand, So`g`d, Farg`ona, Xorazm, Qoshg`ar, Balasag`un, Shosh va boshq.) hamda egnik nomlar (turk, turkman, g`o’z, qirg`iz va boshq.) eslatilgan.
Beruniynshg mashhur asari — «Qonuni Ma`su diy» da ham evroosiyodagi juda ko`p shaharlar va xalqlarning nomlari tilga olingan. Bizning ishimizda eng muhimi asarning «Shaharlarning o’zunlik va kengliklarini jadvallarda ko`rsatish haqida» deb nomlangan bobidir. Ushbu bobda turli iqlimlardagi shaharlar nomlari, kengligi va ularning qaysi viloyatlarda va mamlakatlarda joylashganligi belgilangan.
Jadvalda Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan o`nlab yirik shaharlar ham tilga olinadi. Shular katorida, Farg`ona vodiysida, Sirdaryo sohillarida, ettisuvda va Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarga qarashli 30 ga yaqin shaharlar ham qayd qilingan. Asarda Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengiziga tutash cho`llarda o`rnashgan g`o`zlar, Volga bo`ylarida Qora dengiz yaqinidagi xazar va boshqa turkiy toifalar ham eslatilgan.
Jadvalda keltirilgan ma`lumotlar xalqlarning va qabilalarning X—XI asr boshlarida joylashgan hududlarini aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Beruniyning Mineralogiya asarida bir necha marotaba Sharqiy turklar, Qobul viloyatida yashovchi turklar, Hindistonning shimolida, Tibet va Kashmirga chegaradosh mintaqalarida joylashgan turklar haqida ham qisqa axborot berilgan. Asarda turkman atamasining ma`nosi, qarluq, pecheneglar yashagan hududlar, Qoraxoniylar xoni Bug`raxon tomonidan somoniylar sulolasini inqirozga uchratilganligi, turkiy xalqlarning e`tiqodlari, qimmatbaho toshlar bilan bog`liq ba`zi odatlar ham eslatilgan.
Beruniyning yuqorida eslatib o`tilgan asarlaridan keltirilgan tarixiy etnografik ma`lumotlar o`zbek xalqining etnik tarixini, etnogenezini yoritishda eng ishonchli manbalar ekanligiga hech shubha yo`q, albatta. Lekin bu asarlardagi ma`lumotlardan foydalanayotgan tadqiqotchi o`rta asr tarixini mukammal bilmasa xatoga yo`l qo`yishi ham mumkin.O’zbek xalqi va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning til va etnik tarixini o`rganuvchi tadqiqotchi yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg`ariyning (XI asr) «Devonu lug`otit turk» asarini chetlab o`tolmasa kerak. Mazkur asarda turkiy tillarga oid muhim ma`lumotlar qatorida Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy xalkdar, qabilalar va ularning til xususiyaxglari, dialektlar haqida ham fikrmulohazalari berilgan. Asarda 80 dan ortiq shahar va qishloqlarning nomlari va 80 ga yaqin turkiy etnonimlar keltirilgan. Unda yana Sirdaryo sohillarida, Farg`ona, etti suv va Sharqiy Turkistonda turg`un yashovchi turkiy aholi, eron tilli so`g`diylar (Mahmud Qoshg`ariyda Sug`dak) va til jihatidan turklashgan so`g`diylar hamda yirik turkiy xalqlar (qarluq, basmil va boshq.) tilga olingan. Mahmud Qoshg`ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo sohillarida, ettisuvda va Sharqiy Turkistonda yashovchi xalklarning tilini va etnik tarixini o`rganishda muhim manba ekanligi haqidagi o`z fikrmulohazalarimizni oldinroq bildirgan edik. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozimki, Mahmud Qoshg`ariyning asari ba`zi afsonaviy ma`lumotdan ham xoli emas. Masalan, asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishini «Nuh payg`ambar o`g`li Yofasning o`g`li Turk» bilan bog`lanishi, Afrosiyobni Qoraxoniy turklarining xoni deyilishi: uning (Afrosiyobning) qizi Kazvin shahrini; hamda Kaz suvi (Balxash ko`li) qirg`og`ida shahar qurilganligi, o`g`li Barman — Barman shahrini; boshqa bir o`g`li Balasag`un — Balasag`un shahrini bino qilganligi haqidagi ma`lumotlar afsonaviy ma`lumotlardir. Olimning bu xildagi qarashlariga tanqidiy qarab, ularni nima sabab bilan keltirganligini obdon tushunib olish lozim. Arab tilida yozilgan manbalardan yana biri Ibn al Asirning (1232—33 yy.) «Kitob alkamilfittarix» nomlangan asari. Mazkur asarda bizni qiziqtirayotgan X—XII asrlarga oid ma`lumotlar mavjud. Unda shu asrlarda Markaziy Osiyoda yo’z bergan siyosiy holat, chunonchi qoraxoniylarning Movarounnahr hududini egallashi, G`arbiy Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishi, qoraxyatoy qabilalarining ettisuvni va keyin Movarounnahrni egallab, qoraxoniylarni tobe etishi, G`arbiy Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljukiytar va Xorazm shohlar o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, qarluq, xalach qabilalari Qoraxoniylar davlatining siyosiy hayotida tutgan o`rni va bir qancha boshqa masalalar haqida gap ketadi. Ibn alAsirning ma`lumotlaridan XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarining etnik xaritasida ham o`zgarish bo`lganligini tushunib olish qiyin emas. Ma`lumki, 999 yil qoraxoniylar somoniylar ustidan g`alaba qozonib, Movarounnahrni egallashlari bilan bu hududga ettisuvdan va Sharqiy Turkistonning g`arbiy mintaqalaridan qarluq, chigil, xalach va boshqa turkiy qabilalar ko`plab ko`chib o`tadilar va ular qoraxoniylarning harbiysiyosiy hayotida muhim rol` o`ynaydilar. Qarluq, xalach va o`g`o’z qabilalari G`azna va Xorazmning siyosiy hayotida ham faol qatnashganlar. ettisuvga, bu erlar uchun yod bo`lgan yangi etnos — qoraxitoylar (qorakidan, kidan) kelib o`rnashdilar va o`z hukmronligini o`rnatdilar. Movarounnahr va ettisuvning etnik tarkibida yo’z bergan o`zgarishlar o`sha davrning (X—XI asr) etnik taraqqiyotiga muayyan ta`siri bo`lgan, albatta.
Fors tilida ham bir qancha asarlar mavjud. Bularning ham eng asosiylariga, (ishimizdagi ba`zi masalalarni yoritish uchun) kerak bo`lgan manbalarning ayrimlariga to`xtab o`tmoqchimiz.
Fors tilida yozilgan asarlardan biri Buxoroning Narshaxiy qishlog`ida 899 yili tug`ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja`far Narshaxiyning «Buxoro tarixi»dir. Bu asar dastavval Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan. 1128 y. hozirgi Quva shahrida yashagan alQuboviy nomli kishi tomonidan forstojik tiliga tarjima qilingan.
Etnik tarixni va etnogenezni o`rganish masalasiga oid yana bir muhim manba X asrda fors tilida yozilgan «Hudud alolam» asaridir. Asarning muallifi ma`lum emas, shuning uchun ham bu asar ko`pincha «Turk manskiy qo`lyozmasi» nomi bilan mashhur bo`lib qolgan.
«Xudud alolam» geografik asar bo`lib, unda dunyo xalklarining geografik joylanishi, ma`muriy iqtisodiy sharoitlari batafsil yoritiladi. Asarning talay qismi Markaziy Osiyoga bag`ishlangan bo`lib, undYa mintaqalardagi tabiiy boyliklar, daryolar, cho`l vj sahrolar, aholi yashaydigan viloyatlar haqida gapiriladi. Masalan: to`g`o’zo`g`o’zlar, kimaklar yashaydigaYa hududlar, ularning shaharlari, shuningdek Movarounahr, Xuroson, Xorazm viloyatlari va ularning shaharlari haqida ham qisqa ma`lumotlar berilgan.
Ma`lumotlar asosida X asrda Movarounnaxrda, Sirtaryo bo`ylarida, ettisuv, O`rol oldi mintaqalarida va Sharqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning etnik xaritasini tasavvur kilish qiyin emas. Evroosiyo mintaqalarida joylashgan xalqlar, yirik qabila uyushmalari haqida ma`lumot beruvchi manbalar qatoriga Gardiziyning (XI asr) «Zayn ulaxbor» asari ko`p yillar davomida tarixchitadqiqotchitrning diqqatini o`ziga jalb qilib kelgan. Asar fors tilida yozilgan.
Asarda Evroosiyo xududlarida yashovchi bir qancha urkiy xalqlar va qabilalar, chunonchi qarluq, kimak, qirg`iz, yag`mo, chig`il, pecheneg, to`g`o’zo`g`o’z (to`qqizo`g`o’z), hazar, suvor, bulg`or va boshqa etnonimlar tilga olinib, ularning joylashgan erlari, xo`jalik faoliyati, e`tiqodlari va urfodatlari yoritiladi. Gardizi bergan axborotlar «Hudud alolam» va undan oldinroq o`tgan mualliflarning asarlaridagi ma`lumotlarni jrmuncha to`ldiradi va shu bilan evroosiyo, xususan, gtisuv, Janubiy Sibir, Sharqiy Turkistonda va Sirdaryo sohillarida yashovchi aholining etnik tarkibi borasida aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Turkiy xalklarning etnik tarixini, uni etnogenezini o`rganuvchi tadqiqotchi Muhammad ibn Mansur Marvarudiyning (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshlari) «TarixiMuborakshox» asariga murojaat qilmasdan o`tolmaymiz. Bu asar umumiy tarix bo`lib, juda ko`p mamlakatlar va xalqlar haqida ma`lumotlar beradi. Bizning ishimiz uchun asarning eng muhim joyi Turkiston va turkiy xalkdar haqidagi ma`lumotlaridir.
Asarda Turkiy xalqlarning juda katta hududda yashaganligi, ularning sharqiy chegarasi Xitoy bilan, G`arbiy Rim bilan, shimolda shimoliy xalqlar bilan, janubda — Hindistonning baland qorli cho`qqilari bilan tutash ekanligi ta`kidlanadi. Turklarning evroosiyo va arab mamlakatlaridagi o`rni (mavqei) hamda ular yuqori madaniyatli xalqlar bo`lganliklari, o`z yozuvlariga ega ekanliklari ham asarda qayd qilingan. Asarda 60 dan ortiq turkiy etnonimlar tilga olinadi. Sharaf ulzamon Tohir Marvaziy (XII asr boshida yozilgan) asaridan keltirilgan ayrim ma`lumotlar ham diqqatga sazovor. Asarning bir bobi Xitoy mamlakatiga va Hindistonga bag`ishlangan. Shu bobning katta qismida turkiy xalkdar haqida gapiriladi. Marvaziyning asari XII asr boshlarida yozilgan bo`lsada, uning turkiy xalqlar haqidagi ma`lumotlari ilk o`rta asrlarni (VI—X asr) to`la qamrab olgan.
Marvaziy o`g`o’z, uyg`ur, kun, qay, sariq (shari), kimak, yag`mo, pecheneg, qirg`iz, qarluq, xaloch, bulg`or va boshqa etnonimlar haqida muhim ma`lumotlar beradi. Asarda tilga olingan qabilalarning etnik tarixi, xo`jalik faoliyati, moddiy va madaniy hayoti, e`tiqodlari haqida gapiriladi. So`zsiz, Marvaziyning barcha ma`lumotlarini boshqa manbalar bilan solishtirmasdan, chuqur tahlil qilmasdan qabul qilib bo`lmaydi. Olimning ishidan foydalangan har bir kishi u bergan izohlarni ham e`tiborga olishi kerak bo`ladi.
Olmaliq shahrida 1230 yili tavallud topgan, turkiy xalqlardan chiqqan forstojik tilida asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat assurah» asarida ham ishimizga oid ba`zi ma`lumotlar mavjud. Asarda asosan Mo`g`ul xonlari, ayrim tarixiy shaxslar, shahar va viloyatlar (Qoshg`ar, Xo`tan, Xo`jand, Shosh, Farg`ona va boshq.) haqida gapiriladi. Biz uchun eng muhimi, asarning Qoraxonlar tarixiga bag`ishlangan qismi. Bunda muallif Qoraxonlar xoni (X asr o`rtalarida vafot qilgan) Satuk Bug`raxon Abd ul Karimning va uning yaqinlari tomonidan islom dini qabul qilinganligi, islom dinining ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi xalqlar orasiga kirib borishi hiksi qilinadi. O`sha asrda islom dinining chorvadorlar orasida keng tarqalib borishi, ular madaniy darajasing o`sishi turg`un aholi bilan iqtisodiy va madaniy qaparning yana mustahkamlanib borishida muhim omil bo`lgan. Asarda Qoraxonlar sulolasiga mansub bo`lgan xonlarning nomlari keltirilgan.
Ilk ezma manbalardan qadimgi Yunoniston va Rim mualliflarining asarlarida Orol bo’yi va Oks hamda Yaksart, Movarounnahr va Baktriyada yashagan qabila va elatlar tilga olindi. Masalan antik davr mualliflaridan miletlik Gekatey, Strabon, Geradot, Arrian, Ptolomey va Ktesiy, sitsilyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsitlar o’z asarlarida sak-massaget qabilalari, xorazmliklar, baktriyaliklar, parfiyaliklar va so’g`diylar to’g`risida ayrim ma`lumotlar keltirilgan. Eramizdan avvalgi II-I asrlardan boshlab arab istilosigacha Urta Osiyo xalqlariga tegishli ba`zi axborotlarni Eron mustabidlari salnomalarida, Xitoy sayehlarining ezuvlarida uchratamiz. Jumladan, qadimgi Farg`ona va Xorazm aholisi to’g`risida eramizdan avvalgi II asrda bu erga kelgan Xitoy elchisi va sayehi Chjan Tszyanning ma`lumotlari diqqatiga sazovordir.
Arxeologik kashfietlar tufayli aniqlangan O’zbek elidagi shahar va qishloqlar bilan birga ayrim katta-kichik hovlilar ulardagi boy dekarativ bezaklar va bo’eqlar rasmlar ham diqqatga sazovordir. Salavkiylar va baktriyaliklar zamonasidagi Sug`diena, Marg`iena, Farg`ona va Choch eramizdan avvalgi I-ming yilliklar oxirida O’zbekiston xududida qishloq qurg`onlari va ayrim dehqonlarning hovlilari borligi aniqlangan.
Xorazmda qazib tekshirilgan Tuproqqal`a, Aezqal`a, jonbosqal`a kabi shahar xarobalari bilan birga tevarak-atrofi qad ko’tarilgan qasrlar, qishloq va qo’rg`onlar, zarafshon vodiysidagi Kofirqal`a, Qashqadare vodiysidagi avultepa kabi obidalar O’zbek xalqi qadimiy ajdodlari yuksak shahar madaniyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Arab hukumronligi o’rnatilgandan keyingi davrlvrda ilk o’rta asr (IX-XII asrlar) mualliflaridan mashhur geograf va sayehlar ibn Xurdodbeh, al-Balxiy, al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas`udiy, Equtlar o’z saehatnomalarida zamondosh elatlar to’g`risida nisbatan boy ma`lumotlar ezib qoldirganlar. Masalan, Xurosanda yashagan atoqli geograf olim Abu Qayd Balxiy 60 ga yaqin asarn ezgan. Uning asarlaridagi xaritalardan biri Buxorodagi somoniylar kutubxonasida saqlangan. Muallif mahalliy elatlar to’g`risida ma`lumotlar beradi. Eronlik geograf va sayeh al-Istaxriy Balxiy bilan Samarkandda uchrashib, uning asarlarini o’rganib yangi ma`lumotlar bilan to’ldirgan.
X-asrda Balxiy va uning muxlislari butun Sharq xaritografiyasining samaralarini jam qilib, yaxlit bir asar shakliga solishgan. Ularning asarlarida er yo’zi ta «iqlim» ga bo’lingan.
Urta Osiyoning buyuk mutafakkirlari-ajoyib entsiklopedist olim Muhammad al-Xorazmiy, faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, ulug` entsiklopedist olim Abu Rayxon beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, gnograf va tarixchi al-Farg`oniy, Abu Sa`d Abdul Karim, ibn Muhammad Sa`moniy kabilarning asarlarida o’zbeklar va boshqa o’rta Osiyolik xalqlarning bevosita ajdodlari, ularning mayshiy turmush va madaniyatining ayrim tomonlari ta`riflangan. Shu ma`noda tarixiy va etnografik jihatdan nihoyatda muhim manbalardan biri «Dada-Ko’rkut» qissasi ham diqqatga aszovordir.
Xorazmda tug`ilib, Bag`dodda ta`lim olib, mashhur Ma`mun akademiyasi «Bayt al -hikma» da eng yirik namoyandalardan biri bo’lib tanilgan 70 ta olimga xalifa dune atlasini to’zishni topshirib, unga Muhammad al-Xorezmiy boshliq qilib tayinlangan. Taxminan 840 yili bu topshiriq bajarilib «Jahon xaritalari» eki «Ma`mun dune xaritasi» nomi bilan mashhur bo’lgan.
Dastlabki ilmiy etnografik ma`lumotlar, ayniqsa, ajoyib entsiklopedist mutafakkir olim Abu Rayxon beruniy asarlarida erqin ifodasini topgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikiricha, Urta Osiyo va Xuroson geografiya tarixini aslida «Beruniyning geografik maktabi» deb atash mumkin. Etnologiya fani ham asli geografiya bilan enma-en shakillanib kelganligini inobatga olsak, Urta va Janubiy Osiyo Etnologiyasini ham Beruniy maktabidan boshlasak xato bo’lmaydi.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga kutargan va jahon Etnologiya fanida o’ziga xos obruga ega bulgan maktabning paydo bulishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm sahnasiga kupatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yulida hormay-tolmay xizmat qildi.
S.P.Tolstov Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini o’rganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bulgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta`kidlagan edi.
Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jaraenni o’rganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov, G.F.Debes, M.O.Kosmen, S.A.Tokarev, M.G.Levin, N.N.Cheboksarov, V.O.Dolgix, D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko buldilar. Sunggi yillarda yetishib chiqqan va Etnologiya fanining rivojiga salmoqli hissa qushgan tadqiqotchilar Yu.V.Bromley, Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.E.Markov, V.A.Andrianov, V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Ko’zeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova, Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar o’zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar.
Urta Osiyoda no’xat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, o’rik, zig`irpoya va boshqa qadimiy ziroatchilik mahsulotlari yaratilganligini juda ko’p olimlar, ayniqsa mashhur biolog N.N.Vavilov o’z asarlarida isbotlab bergan. O’zbeklarning ko’p qirrali qishloq xo’jaligi asrlar osha to’plangan an`anaviy tajribaga tayanadi. O’zbekistonning hozirgi xududi tabiiy-geografik sharoitiga qarab uchta qishloq xo’jaligi zonalariga bulinadi.
O’zbekiston xududidagi ziroatchilik sug`arish xususiyatlari va ekin turlari bilan ham farqlangan. Masalan, sug`arma dehkonchilikni mahalliy aholi «suvli er», «Tirama» eki «Obikor», «Obi», sug`arilmaydigan erlarni «Lalmi» eki «Bahori» deb nomlaganlar. Fargonaliklar Tirma ekinlarni yana ekkiga buladilar: Erta ekiladigan «oq» va kechiroq hosil beradigan «ko’k» ekinlar. Xorazmda ham Lolmikor sug`arma erlar «oq er» deb atalib ariqlardan ortgan qo’yi oqimdagi suvli erlarga sholi ekilib, unga «Sholikor er» deb nom berganlar.
Xorazmliklar qadimgi davrlardan suv chiqorishning boshqa usullarin ham bilganlar. Ular qul kuchi bilan harakatga kelidigan «sepma», «dapma», «nova» kabi usullarni ishlatganlar.
O’zbekistondagi sug`orish shoqobchalari katta ariq eki arna, ariq eki er, o’qariq eki solma, oqava ariq va boshqalarga bo’linadi. Odatda bitta ariq bir qishloqni ta`minlaydi.
Daslavki etnografik ma`lumotlar ibtidoiy jamiyat tashkil topgandan keyin qabilalar o’rtasida aloqalar o’rnatilishi natijasida asta-sekin to’plana boshlagan. o’sha davrdaeq ayrim qo’shni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarni o’rganish, ularni aniq va to’g`ri tushunish amaliy ehtiejlarni qondirish taqozasi bilan vujudga kelgan.
Ma`naviy madaniyat deyilganda etnoslarning milliy xis tuyg`ulari va tabiyati, urf-odat va marosimlari, xalq oyinlari va sayillari, raqs va kuylari, og`izaki ijodi, diniy tasavvurlvri va hakozalar tushuniladi.
O’zbek xalqining milliy madaniyati o’zoq tarixiy davrni qamrab oladi. Sharq mamlakatlari ichida eng qadimiy ezuv namunalari o’lkamizda yashagan ajdodlarimiz yaratganligi fanda aniqlangan. Xorazm tuprog`ida joylashgan Qo’yqirilgan qal`a xarobalaridan topilgan sopol idishlarga o’yib eki tush` bilan bitilgan aromey tipidagi ezuvlar eramizdan avvalgi IV-I asrlarga oiddir. Bundan tashqari xorazmshohlar poytaxti Tuproqqal`ada kashf etilgan eramizning III-asrga mansub arxiv hujjatlar, Nisodan topilgan eramizdan avvalgi I-asrga tegishli parfiya arxivi hujjatlari o’rta Osiyoliklarning ilk antik zamandaeq savodli bo’lganligini isbotlaydi.
IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualiflaridan ibn Xurdodbek, Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, Mas`udiy, Yaqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Farobiy, mashhur entsiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning «Hindiston» asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Sa`d Abdukarim, ibn Muhammad Sa`moniy asarlarida hamda noma`lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi to`g`risida noyob etnologik ma`lumotlar aks etgan.
Shuningdek, XI asrda yashab ijod etgan ulug` tilshunos olim Mahmud Qashg`ariyning «Devonu lug`atit turk» («Turkiy so`zlar devoni») asarida har bir shahar va qishloq aholisining turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlari maxsus o`rganilgan, juda ko`p turkiy qabilalarning ijtimoiy to’zumi, kelib chiqishi va o`rnashishi, hatto har bir qabilaga oid geografik mavqulari belgilanib, o`z davriga mos ilmiy xarita to’zilgan.
Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzod Samarqandiy va boshqa ulug` ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin. Temur davlati, Movarounnahr va qo`shni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengiz asari – «Boburnoma» alohida diqqatga sazovordur. Bu asar o`nlab evropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk o`zbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur ko`p o`lkalarni zabn etgan, boshidan o`tgan voqealarni, o`zi boshqargan yoki o`rgangan o`lkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha to`xtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga ko`targan va jahon Etnologiya fanida o`ziga xos obro`ga ega bo`lgan O`zbek Etnologiya maktabning paydo bo`lishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm sahnasiga ko`patrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yo`lida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini o`rganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bo`lgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo`lgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma`naviy madaniyatini o`rganishdagi katta xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni o`rganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar.
Bular ichida S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov, G.F.Debes, M.O.Kosmen, S.A.Tokarev, M.G.Levin, N.N.Cheboksarov, V.O.Dolgix, D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko bo`ldilar. So`nggi yillarda yetishib chiqqan va Etnologiya fanining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan tadqiqotchilar Yu.V.Bromley, Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.e.Markov, V.A.Andrianov, V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Ko’zeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova, Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar o`zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda ko`plab iste`dodli olimlar milliy Etnologiya fanini o`z asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni har qilishda o`zlarining muayyan hissalarini qo`shib ketmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |