Mil. avv. 1 ming yillkning o’rtalarida va ayniqsa milodning V-VIII asrlarida shimoldagi turkiy qabilalarning Markaziy Osiyo xududlariga kirib kelish jarayoni kuchayadi. Ular mahaliy xalqlar bilan aralash-quralash yashash jarayonini o`z boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jixatdan ta`sir o`tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyodagi turkiy aholining asosiy qismi Chust, Yettisuv, Shosh, Farg`ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vaholarida yashaganlar. Yozma manbalarda bu xududlar VII asrda Turkiston deb nomlangan. O’troq turmush sharoitini kechirgan mahaliy xalqlar ham asosiy kasbi charvochilik bo’lgan turkiy xalqlarga o`z ta`sirini o’tkazganlar. Ammo til nuqtai nazaridan turkiy xalqlarning ta`siri shu qadar kuchli bo’lganki, arablar bosqini arafasida Movoraunnaxr va Xorazmning tub yerli aholisi turkilashib bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |