Kurs ishi maqsadi. O`zbеk tilidagi so`zlarning tarkibiy qismlarini, ya‘ni ma‘noli qismlarini o`rganib chiqish, shuningdеk, bu hodisadan boshlang`ich sinf o`quvchilarini boxabar qilish uchun uni boshlang`ich sinf o`quvchilariga so‘zning tarkibiy qismlari: o‘zak va qo‘shimchalarni o`rgatish usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifasi. Tadqiqotning asosiy maqsadini amalga oshirish uchun ushbu ish oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:
-So‘z tarkibining o`zbеk tilshunosligida o`rganilish darajasini bеlgilash;
-So`zning tarkibiy qismlari haqida so`z yuritish;
- o‘zak va o‘zakdosh so‘z tushunchasini o`rganib chiqish;
-tildagi qo`shimchalarni va ularning vazifasiga ko‘ra turlarini o`rganib chiqish;
-tildagi qo‘shimchalarning tuzilishiga ko‘ra turlarini tahlil qilish;
-Boshlang`ich sinf o`quvchilariga so`zning o‘zagi va qo‘shimchalari tushunchasini o`rgatish usullarini aniqlash;
-Boshlang`ich sinflarda so`zning o‘zagi va qo‘shimchalarini o`rgatish va amaliyotda sinab ko`rish, natijalarni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |