Dialekt – o’zaro bir-biriga yaqin shevalar tizimi.
Lahja –shakllanish jihatidan umumiy tarixga ega bo’lgan dialektlar yig’indisi.
Qarluq – chigil – uyg’ur lahjasi – o’zbek tilining shu nom bilan ataladigan urug’-qabila ittifoqi negizida shakllangan sheva va dialekt uyushmasi.
Qipchoq lahjasi – o’zbek tilining asosan qipchoq urug’ va qabilalari negizida shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
O’g’uz lahjasi - o’zbek tilining asosan o’g’uz urug’ va qabilalari negizida
shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
Atlas – sheva, dialekt, lahjalarni turli ranglar va shartli belgilarda yaxlit idrok etish uchun xizmat qiladigan o’quv quroli.
Izoglossa – til,sheva faktlarining teng kelish holatlari.
Lingvistik geografiya – o’zbek shevalarini o’rganishning bir metodi , shevalardagi til faktlarini maxsus o’rganadigan soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |