Mavzu: Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Darsning maqsadi :
ta’limiy : Tinglovchilarga mavzu bo’yicha tushuncha berish , topqirlik o’yini orqali o’quvchilarning so’z boyligini yanada oshirish .
tarbiyaviy : Tinglovchilarni nutq odobiga o’rgatib , ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish .
rivojlantiruvchi : Tinglovchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish , dunyoqarashini kengaytirish :
Darsning turi : Nazariy ma’lumot berish .
Darsning uslubi : Suhbat , bahs – munozara usullaridan foydalanish
Darsning jihozi: Mavzuga oid qo’llanma ,test savollari , tarqatma materiallar .
DTS talablari : Tilning ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini tushuntirib bera olish , til bilan nutq tushunchalari o’rtasidagi farqni bilish .
Darsning borishi :
I .Tashkiliy qism : Davomatni aniqlash va darsga tayyorgarligini tekshirish , yangiliklar , sport xabarlari :
II . Uyga vazifani so’rash : Birinchi dars bo’lganligi sababli tilga oid she’r , hikmatli so’zlar ,maqollar so’rash
III . Yangi mavzu bayoni
Reja
1 .Til va tafakkur .
2. Tilning ijtimoiy mohiyati .
Til va jamiyat .
Davlat tili to’g’risidagi qonun .
Mavzuga doir har xil o’yinlar .
Til
Har tilni biluv emdi bani odama jondur
Til vositayi robitayi olamiyondur.
G’ayri tilni bilgali sa’y aylangiz , yoshlar
Kim ilm-u hunarlar kaliti andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek ,
Bilmakka oni g’ayrat eting , foydaga kondur
Ilm-u fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o’qug’onlar bori yaktoyi zamondur
Zor o’lmasun onlar dag’i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidek aning bag’ri to’la qondur.
Avaz O’tar .
Lug’at
1.Bani odam-odam ato farzandlari,
olam ahli-odamlar, insoniyat.
2.Vositayi robitayi olamiyon-olam
ahli aloqa-aralashuv quroli, vositasi.
3. G’ayri til- chet til.
4.Sa’y aylamak -intilmoq, harakat qilmoq.
5.siza-sizga
6Yaktoyi zamon –davr saralari .
Til bilan nutqni farqlash lozim.
Til so’zlash vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lganidagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida nutq yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari nutq faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir.
Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin .
Til nisbatan turg’un , barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi.
Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq . U dialog, monolog , matn shaklida bo’lishi mumkin.
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatida, ya’ni nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa, fikrlashish , so’zlashish, amalga oshirish yaqqol ko’rinadi . Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda.
Og’zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so’zlashuv nutqi va adabiy so’zlashuv nutqi
Oddiy so’zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo’lib, sheva ta’sirida bo’lgan kundalik so’zlashuv nutqining turli ko’rinishlaridan iborat. Adabiy so’zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi.
Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy , punktuasion, uslubiy qonun – qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir . Yozma nutqnig mazmuniy bo’laklari, gaplar , ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko’rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda ) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir.
Yozma manbalar orqali biz o’tmish tariximizni o’rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishni ta’minlaymiz.
Nutqning bu shakllari turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Nutq ayrim shaxsga tegishli bo’lishi (monologik), ikki kishi o’rta sida yuz berishi (dialogik) va bir necha shaxslar orasida bo’lishi (polilogik) mumkin. Nutq ko’rinishlari ifoda maqsadi, qurilishi, hissiy-ta’siriy vositalari bilan farqlanadi. Yozma nutq uslubiy turlari (ilmiy , badiiy, publistik rasmiy-idoraviy ) bilan o’ziga xos nutq yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |