Gap bo‘laklarining to‘g‘ri tartibi va inversiya.
So‘z tartibi haqida umumiy tushuncha.
So‘zlar tartibi gaplarning so‘zlashganda va yozma nutqdagi joylashuvi bo‘lib, so‘z tartibi gap mazmunini o‘zgartiradi. Bu bo‘lim sintaksisda alohida o‘rganiladi. Sintaksisda so‘z birikmasi, gap va uning turlarini o‘rganuvchi soha hisoblanadi. So‘z tartibi gapning asosiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Gapda so‘zlarning tog‘ri joylashuvi aytilayotgan fikrni tinglovchiga tezroq yetib borishiga yordam beradi. Asosan, o‘zbek tilida so‘z tartibida birinchi ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi yoki hol, keyin kesim joylashadi. Bu odatdagi tartib hisoblanadi. Odatdagi tartib so‘zlashuv nutqida muntazam qo‘llanuvchi faol birlik sanaladi. Bu tartib ega va kesimdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Qo‘rqoqlik-o‘lim. Ammo, bu joylashuvning o‘zgarish holati ham mavjud bo‘lib, bu holat inversiya (lot.unversio-o‘rnini almashtirish)deb ataladi. Bu tartib o‘zgargan tartib ham deb ataladi. Badiiy adabiyot va she‘riyat ko‘proq inversiyaga asoslaniladi. Adabiyotda bu holat, asosan, qofiya talabi bilan ham yuzaga keladi. Shoir yoki yozuvchi qahramon his-hayajonini yuzaga chiqarishi uchun ham o‘zgargan tartibdan foydalanadi. Ega va kesimning o‘rin almashuvi natijasida darak gap his - hayajon gapga o‘rin almashinadi. Gapdagi so‘zlar tartibining bunday o‘zgarishlarga uchrashi grammatik vaziyatga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, Gapda bo‘laklar turli so‘z turkumlari bilan ifodalana oladi. Masalan, ega ko‘pincha ot bilan, kesim esa fe‘l bilan, aniqlovchi sifat bilan, hol esa ravish bilan ifodalanadi. So‘z turkumlarining gapda biror vazifa bajarib kelishi va tartib bilan joylashuvi grammatik hodisa hisoblanadi. Bu so‘z turkumlari ba‘zan boshqa turkumdagi so‘z bilan ifodalanadi; lekin har bir bo‘lak uchun shu bo‘lakka mos keladigan so‘zlar bor. Bu holat gap bo‘laklari va so‘z turkumlarining uzviy bog‘liqligini isbotlaydi.
O‘zbek tilida inversiya so‘zlashuv, publisistik hamda badiiy uslublarida mavjud.
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar nihoyatda erkin holda qo‘llanadi. Natijada, gap bo‘laklari ham o‘rni ko‘p holda almashib ketadi. So‘zlashuv uslubida nafaqat inversiya, balki so‘zlarning o‘zining ham buzib qo‘llanish hollari uchraydi(Ya’ni, bu yerda sheva tili aytilyabdi).
Badiiy uslubda esa inversiya, ayniqsa, she‘riyatda keng qo‘llanadi. Deyarli hamma she‘rda innversiya mavjud. She‘riyatda inversiyaning qo‘llanishi she‘rga o‘ziga xos ko‘rk beradi.
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami(Alisher Navoiy “Hayratul abror”).
O‘zbek tilida tartib so‘zlarning sintaktik munosabatlarini belgilovchi vositalardan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, Chopiq endi boshlandi. Bu gapda chopiq so‘zi boshlandi so‘ziga tartib vositasida birikkan. Bunda bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi Grammatik munosabatni ham, mazmunni ham boshqa qilib yuboradi: Endi chopish boshlandi. So‘zlar tartibi sintaktik funksiyasini bajaradi. Tenglik ma‘nosini bildirgan otli birikmalarda bosh bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi uning sintaktik xususiyatini ham o‘zgartirishi mumkin (bunda bog‘lama, kesimlik qo‘shimchasi qo‘llanmaydi): Bilim - aql chirog‘i. Aql chirog‘i - bilim. Aniqlovchi bilan aniqlanmish o‘rni almashganda ega va kesim kabi ikki tarkibli gap hosil bo‘ladi:
Sirli qo‘ng‘iroq. Qo‘ng‘iroq sirli2. Bular so‘zlarning bog‘liq tartibidir. Erkin tartibda so‘zlar o‘rnining almashinishini grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay boshqa qilib yubormaydi, balki bunda biror bo‘lakka alohida urgu berishni ko‘zda tutadi.
2. Birikmalarda so‘z tartibi.
Shu asosda so‘zlarning to‘g‘ri tartibi va teskari tartibi farq qiladi. Tog‘ri tartibni normal hol, teskari tartibni - inversiyani anormal hol deb tushunish to‘g‘ri emas. Gapdagi so‘zlarning har qanday o‘rin almashtirilishi inversiya bo‘lavermaydi. Masalan, kun sovuq va sovuq kun tarzida o‘zgartirilishi inversiya sanalmaydi. Inversiyada so‘zlar o‘rnining o‘zgarishi, almashinishi ularning gapdagi sintaktik funksiyalarini butunlay boshqa qilib yubormaydi. Inversiya hodisasi gapdagi biror bo‘lakning ahamiyati, mazmunini ochish uchun xizmat qiladigan hodisadir. Inversiya hodisasi faqat so‘zlashuv, publisistik va badiiy uslubda ro‘y beradi. Gap-ma‘lum bir fikrni ifodalab, nutqning bir qismini tashkil qiladi. Til, nutq orqali kishilar o‘z fikrlarini maqsad va his - hayajonlarini ifoda qiladilar. Fikr turlicha ifodalanadi: sodda yoki qo‘shma gaplar, murakkab qo‘shma gaplar orqali, darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar vositasi bilan, ikki yoki bir tarkibli gaplar yordamida, to‘liq yoki to‘liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Til ongga ta‘sir etadi, uni shakllantiradi, kengaytirdi, chuqurlashtiradi va nutq momentiga olib chiqadi. Shu jihatdan, so‘zlar tartibi yuzaga keladi. Har bir gapda ma‘lum fikr, maqsad yoki hayajon ifodalanadi, agar o‘rni almashtirilsa gap emas, so‘z birikmasi bo‘lib qoladi. Masalan: Sovuq kun. Kun sovuq
Ma‘lum maqsad yoki his-hayajon sodda yoki qo‘shma gap shaklida ifodalanishi mumkin. Ega bilan kesim birgalikda gap tarkibini hosil qiladi. Gapdagi boshqa bo‘laklar, odatda, shularning biriga-egaga yoki kesimga (yoki biri ikkinchisiga) bog‘lanadi. Masalan : Ana shu sinovlarda sabr-bardoshli bo‘ling. ( Bu gapda ega yo‘q, hamma bo‘laklar kesimga bog‘langan).
Gaplar tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi : bir tarkibli gaplar va ikki tarkibli gaplar. Ega va kesimi mavjud bo‘lgan gaplar ikki tarkibli gaplar sanaladi. Gapda so‘zlar bir bosh bo‘lak bilan ifodalangan bo‘lsa, bunday gap bir tarkibli gap sanaladi. Misollar: Zo‘r ekan. Bo‘layotgan voqealarni alam bilan kuzatib turgan Ummatali bu ishlarga men gunohkor, degandek chetda, odamlarning ko‘zi tushmaydigan panada devorga suyanganicha qimirlamay turardi.
Ikki tarkibli gap sodda gapning eng xarakterli tipi bo‘lib, uning sodda formasi ega va kesimdan tuziladi. Bir tarkibli gaplarda bosh bo‘laklarning biri ,,tushib qolgan” yoki „ yashiringan” emas. Bunda butun gapning o‘zi bir tarkibdan iborat, unda biror bo‘lakning yashiringani sezilmaydi. Demak, bir tarkibli gaplar to‘liqsiz gaplardan butunlay farq qiladi.Gaplarning bunday bo‘linishi ularning strukturasiga, tarkibiga asoslanadi. Gaplarning asosiy, eng ko‘p uchraydigan turi bu - ikki tarkibli gapdir. Ikki tarkibli gaplarda o‘zaro ikki elementning maxsus bog‘lanishi va mazmun mosligi talab etiladi. Bir tarkibli gaplarda bu hol ko‘rinmaydi: bunday gaplarning tabiati ularda mazmunning ifodalanishi bundan boshqachadir.
Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma‘lum so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi deyiladi. Ba‘zi adabiyotlarda eng asosiy bosh bo‘lak ega deb, ba‘zi darsliklarda esa kesim asosiy bo‘lak sifatida qaraladi. Meni fikrimcha ham kesim gapning asosiy mazmunini tashkil etadi. Chunki kesimga savol berish orqali ega anglashiladi. Gapning egasi bor yoki yo‘qligi kesimdan anglashiladi. Kesim butun bir gapni egasiz shakllantira oladi. Masalan, Bordim (men). Bordi (u).
So‘z leksik hodisa, so‘z birikmasi esa grammatik hodisadir. So‘z birikmasi so‘z kabi nominativ xarakteriga ega bo‘lib, predmet, belgi, harakat - holatni bildiradi, lekin u predmet yoki harakatni yakka holda atash emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalanadi.
So‘z birikmasi tarkibida erkin va turg‘un birikma mavjud bo‘lib, ular biri ikkinchisidan o‘z ma‘no va ko‘chma ma‘no bildirib kelishi bilan farqlanadi. Boshi egildi - uyaldi; boshi egildi - o‘z ma‘nosida; jizg‘anagimni chiqarish uchun-ko‘chma ma‘noda turg‘un birikma; jizg‘anagini chiqardi-o‘z ma‘nosida b), ko‘z oldiga keldi - esladi, ko‘z oldiga keldi - ko‘rdi (Erkin A‘zam,,Shovqin’’); kabilarda ifodalanadi. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. So‘z birikmasi xuddi ayrim so‘z singari, gap vositasida, uning tarkibidagina kommunikativ funksiya sirasiga kiradi.
3. Gap bo‘laklarining tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |