Mavzu: O’zbek muhojirligi tarixi tanlov faniningning maqsad va vazifalari, tarixshunosligi Reja



Download 81,41 Kb.
bet6/8
Sana12.06.2022
Hajmi81,41 Kb.
#659818
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Abdullaev N. Muborak haj safari. Toshkent. Kamalak 1991.

  2. Zuhuriddin Mirzo Obid o’g’li Turkistoniy: “Anda jonim qoldi mening...” “Cho’lpon” nashriyoti 1992.

  3. Ibrohimov A. Toshkentning bir yaprog’i. Toshkent 1993.

  4. Turdiev Sh. “Ular Germaniyada o’qigan edilar”. Toshkent. “Fan” 1992.

  5. Irisov A. Vatan mehri. “Guliston” 1995 yil, 6 – son.

  6. Usmonxo’ja Temurxo’ja. “Men Vatanda emasman, Vatan mening ichimda. “Munosabat”. 1990 yil 30 noyabr.

  7. Hayitov Sh. Vatan, vatanparvar, vatanjudo. Toshkent 1992.

  8. “O’zbek muhojirligi tarixidan lavhalar”. “Farg’ona” nashriyoti 1998.


Sharq mamlakatlaridagi o’zbeklar, ularning tarixi va etnik xususiyatlari.
1. Afg’oniston va Turkiyadagi o’zbeklar
2. Arab mamlakatlaridagi o’zbeklar
3. Muhojir o’zbeklarning Arab mamlakatlaridagi uyushma va tashkilotlari tarixi.
Tayanch atamalar
Turkiston jamiyati” – Turkiyadagi o’zbek ziyolilarining jamiyati
Yulduz” gazetasi – Afg’onistonda nashr qilinadigan 7,5 ming nusxada chiqadigan gazeta
Buloqboshi”, “Toshqin” – Xorijda badiiy ijod bilan shug’ullanadigan Ergash Shermat va Kamol Abdullohlar taxallusi
Sening sha’ningga o’lkam!” – o’zbek muhojir ijodkorlarining she’riy to’plami

Zamona zayli va taqdir taqozosi bilan hozirda Amerika va Olmoniyada, Turkiya va Saudiya Arabistonida, Afg’oniston va Suriyada, yoxud boshqa o’nlab mamlakatlarda ming-minglab vatandoshlarimiz istiqomat qilmoqda. Xorijdagi vatandoshlarimiz nafaqat tijorat bilan, qolaversa fan, badiiy ijodiyot, san’at sohasi bilan shug’ullanib, o’zga yurtlardan turib umumo’zbek madaniy taraqqiyotiga baholiqudrat o’z hissalarini qo’shdi va qo’shmoqda. Ularning kamtarona ijodidan namunalar istiqlolimiz sharofati tufali davriy matbuotimiz sahifalarida e’lon qilinmoqda.


O’zbekistondagi o’zga yurtlarda yashayotgan o’zbeklar orasidan Said Akmaliddin Parvona, Sharofiddin Sharof (domlo Bedil), Qori Muhammad Aziz Saripuliy, Qori Sharofiddin, Hofiz Sulaymon, Sharobiddin Xubiy, Burxoniddin (Xubiy) Patak, Orif Oynarul, Ergash Buloqboshi, Ergash Uchqun, Sh.Ahmadiy, Kamol Andijoniy (Toshkin), Sobir Sayxon, Temur Xo’ja singari o’nlab ijodkorlar etishib chiqdi. Ular o’zining she’r, g’azal, muxammas va prozaik asarlarida ona yurt sog’inchi, Vatanga muhabbat tuyg’ularini ifoda etdilar. Asli namanganlik, Afg’onistonda muhojirlikda yashagan Said Akmaliddin Parvona (1907-1978 y.) “Sho’rishi dil” she’riy to’plamini yaratgan bo’lsa, (she’riy to’plam 60 varaq, 120 sahifadan iborat bo’lib, o’zbek tilida arab imlosida yozilgan) A.Yassaviy avlodlaridan bo’lgan asli turkistonlik, Turkiyada istiqomat qilayotgan Shaxobiddin Yassa ism–sharifli otaxon o’z qilmish-qidirmishlari asosida “Turkiston achchiq haqiqatlari” romanini yozdi... Amerikalik vatandoshimiz Ergash Buloqboshi “Gullar makoni” she’riy to’plami, Istambulda (Turkiya) yashagan qo’qonlik Orif Oynarul esa (1907-1989 y.) behisob g’azal, muxammas, badialar muallifidir. Yuqoridagi kabi dalil va misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, turli mamlakatlarda yashovchi O’rta Osiyo millati vakillari faqatgina tijorat, hunarmandchilik, harbiy, chorvachilik sohalari bilan shug’ullanib qolmay fan, adabiyot, san’at sohasida ham ancha salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Ular orasidan madaniyat jonkuyarlari etishib chiqdi. Ulug’ Oktyabr inqilobidan oldin ota-bobosi Samarqandda yashagan, otasi birinchi jahon urushida ishtirok etib (1914-1918) halok bo’lgan Xorun Tojiev bir paytlar onasi bilan Belgiyaga borib qoladi. U ulg’aygach vulqonshunoslikka qiziqib, Franstiyada shu sohani o’rganishga asos soladi, ilmiy institut tashkil qiladi. Xorijga chiqqan o’zbeklar o’z farzandlarini ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor berdilar. 1988 yil O’zbekistonda mehmon bo’lgan turkiyalik vatandoshimiz Lutfulla Temur “Xorijga borib qolgan o’zbeklar nima sababdan ketgan, bu haqda men to’la ma’lumotga ega emasman, lekin tashqarida yashayotgan hamshaharlarni hech birisi yo’qki, bolasini o’qitmagan bo’lsa, o’zimning 7 bolam bor, 5 o’g’il, 2 qiz. Ular turkcha, arabcha, inglizchani (o’zbek tilidan tashqari) bilishadi, to’rtta o’g’lim Liviyada turk-arab sohasida tarjimon. Bir qizim havo maydonida ishlaydi, ikkinchisi hukumat idoralarida, eng kichik farzandim dorulfunun talabasi”, - degan edi, yoki Saudiya Arabistonidan Zuxuriddin Turkistoniy farzandlaridan uch qizi shifokor, o’g’illari AQSh, Angliya, Saudiya Arabistoni dorulfununlarida ta’lim olganligini, turmush o’rtog’i Atiyaxon Abulsaid qizi diniy maktab muallimasi ekanligini aytadi.
Xayrulla Ismatullaev ma’lumoticha, AQSh ning Chikago shahrida yashovchi G’iyosiddin Nasafiy oilasidagilarining barchasi oliy ma’lumotli mutaxassislardir. O’z ona tilini bilish o’z elingga, o’z ona–yurtingga hurmat belgisi bo’lsa, o’z tilingdan tashqari xorijiy tillarni o’rganish esa bu boshqa xalqlar madaniyati, fani, adabiyoti, san’atidan yaqindan tanishish, bilimlar ko’lamini kengaytirish, boshqa xalqlarga do’stona yaqinlashuv intihosidir. Xorijdagi o’zbek vatandoshlar o’zlari yashab turgan mamlakat tilidan tashqari bir necha xorijiy tillarni biladilar. Shuning uchun xorijning ko’pgina mamlakatlarida ular qo’shiqchi, shoir, olim sifatida olingan. Ular 1990-yillarda O’zbekiston bilan o’zaro aloqalarni mustahkamlash, o’zbek yigit va qizlarini xorij dorulfununlarida o’qishga yordam berish, o’zbek san’ati va adabiyotini chetda targ’ib qilish kabi talablar va takliflar, iltimosnomalar xarakteridagi maktublar yo’llandilar. Ushbu maktublardan bir nechasini o’z holicha keltirishni lozim ko’rdik.
“Janob Nuralibek Qobulga” Toshkent. O’zbekiston.
Janobingizga sog’lik va sarvaqtlik tilab, ma’lumingizki, Vatanimiz O’zbekiston ziyoratidan qaytgach u o’lka uchun qanday xayrli faoliyatlar qilish fikri ko’pchilikning orzusidir. Bulardan biri esa O’zbekistondan yuksak akademiy talabalarining chet o’lkalarda yurtga kerakli bo’lgan sohalarda ilmiy va akademiy o’qish, fanniy tekshiruvlar olib borish sohalarini ochib berish va u o’rgatuvchilarga arab olamidagi oliy bilim yurt (universitet)larda er (o’rin) hozirlash damlarini kunushmoqdamiz.
Uning uchun lutfan bu haqda O’zbekiston maorifi qanday fikrdadir – bilsak. Chunki bunday ishlarni ijrosi rasmiy aloqalar bilan boshlanadi. Nuralibek, lutfan boshda maorif ministri bo’lib, shunday ishlarni xohlovchi kishilar bilan so’zlashib va o’zlarimiz tanlangan ilg’or akademiy talabalardan qancha kishi hozirlash imkoniyatini bildirsalar. Va qaysi sohalarda ta’limga hozir ekanligini ham aniqlash lozimdir. Uning uchun siz do’stimizdan xrito (umid) qilamizki, shu haqda tezdan bir belgi bersangiz.
Agar bu haqda qiziqish bo’lsa, lozim kelgan imkoniyatlaring hamon biz sizlarga bildirib, ishga boshlash mumkindir. Bu haqda kerakli tashvishda bo’lib, tezda javob kutamiz. Sizga va oilangizga baxt va saodatlar tilab do’stingiz.
Hurmat ila Abulg’offor Nur va Ahmad Ali Turkistoniy, Jidda 10.11.90 y. Saudiya Arabistoni.
“Kyolndan xat”. Odil Yoqubovga:
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi sekretari.
Muhtaram begimiz.
Zoti oliylaringizning suhbatlarini, maqsadlarini gazetalar orqali o’rganib turmoqdamiz. Suhbatlaringiz, maqolalaringiz millatimizning bugungi jiddiy talab va ehtiromlarini tilga keltirayotganidan sevinamiz. Sizga va sizning atrofingizda bo’lgan ziyolilarimizga qayta qurish davridagi orzularingizni amalga oshirishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Bugun zoti oliyingizga va sizning vositangiz bilan boshqa ziyolilarimizga, ayniqsa shoir va abidlarimiz ba’zi bir iltimoslarimizni izhor etmoq uchun jur’at topa oldim.
1. Ma’lumingizkim, o’zbekcha yozilgan asarlar chet mamlakatlarga ora-sira, tasodifan keladi. Gazeta va majmualarda o’z tilimizda ko’p miqdorda, qiziqarli tadqiq qilishga arziydigan, o’ziga jalb etadigan, mazmunli adabiy asarlar nashr etilayotganligi sezilmoqda. Chet mamlakatlarda yashayotgan turkistonliklarning shu jumladan o’zbeklarning bulardan xabari yo’q. Sovet Ittifoqidagi gurjilar, armanlar, latishlar, litvaliklar, estonlar, ukrainlar o’z tillaridagi asarlari Ovro’paning har bir kutubxonasida (tabiiy, ilmiy kutubxonalarida) bor. Bizning tilimizdagi kitoblarni esa “kunduz kuni chiroq yoqib” qidirganda topolmaymiz. O’z tilimizdagi adabiy va tarixga oid asarlarni chet mamlakatlarda sotish mumkin bo’lmasmikan. Bu ishni tashkil etsa ko’p foydali bo’lardi.
2. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 10 noyabr 1989 yil Navoiy va Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofotini adabiyot sohasida qozonganlarning ism va asarlarini e’lon etgan edi.
Bular: Umarali Normatov: “Qalb inqilobi” – Norboy Xudoyberganov “O’z dunyosi o’z qiyofasi”, Ibrohim G’ofurov “O’ttiz yil izhori”.
Iltimosimiz: mumkin bo’lsa zikr etilgan asarlardan bizga har biridan bir donadan yuborsalaring, xursand bo’lamiz. Madaniyatimiz din va fikr hayotimizni anglatish uchun keraklidir.
Mamlakatda va tashqi mamlakatlarda Turkiston atamasining qo’llanishi masalasida munozaralar davom etmoqda. Men ham Turkiston atamasining qo’llanilishi masalasida bir ilmiy maqola yozmoq niyatidaman.
Sizlarda bu mavzudagi maqolani ilmiy va adabiy matbuotlarda nashr etmoqqa imkon, ruxsat berish tabiiy, majmua hay’ati kirish so’zi yoki sahifada bu maqola G’arbiy Germaniyadagi Turkiston tadqiqoti instituti boshlig’ining fikridir, majmua hay’ati fikri emasligini eslatamiz, - deb ilova etishi mumkin.
“Hisobli do’st ayrilmas” deydilar. Yuqoridagi kitoblarni sotib olamiz. Buning uchun Bank hisobingiz Bankning nomi, nomerini bilishimiz kerakdir. Yoki biz yuborilgan kitoblarning narxlariga ko’ra bu tarafda ayricha Bank hisobi sizlar uchun ochdira olamiz.
Sizga va atrofingizdagi do’stlaringizga baxt-saodat tilaymiz. Kechirasiz, vaqtingizni oldim. Lekin masalalarimizning ko’pligini va millatimizning madaniy manfaatlarini himoya etmoq masalasi ham muhim masalalaridan birisidir.
Lutfan chet mamlakatlarga o’z tilimizdagi kitoblar sotish masalasini O’zbekiston kitob qatlamasi (palatasi) xodimlari bilan muhokama qilsangiz ham tomonlama foydali bo’lar edi. Bizga shoir va adiblarimizning o’z tilida yozgan asarlari kerak.
Bizga qozoqcha, qirg’izcha, turkmancha, qoraqalpoqcha va tojikcha yozilgan asarlar kerak. Bularni tashqi dunyoga tanishtirishimiz kerak. Afsuski, bizning fikr odamlarimizning asl asarlari tashqarida tanitilmagani uchun Turkistondagi ziyolilarni “haybarakallachilar” va ahamiyatsizliklar qatorida ko’rsatmoqdalar. Men bunday tomondagilarga qarayman.
Salom va hurmatlarim bilan doktor Boymirza Hayit.
Turkiston tadqiqot institutining mudiri.
Ilova.
11 dekabr 1989 yilda Olmoniya televideniesi O’zbekistonda paxta falokati haqida qiziq bir film ko’rsatdi.
Ajab! Paxta biz uchun o’lmasimizdan avval hozirlangan kafan bo’ldimi?
Suriyalik Yosir Buxoriy Abdulloh Yusupovga topshirilgan o’zbek vatandoshlar tomonidan talabnomaning nusxasi Sovet Ittifoqining Suriya Arab Respublikasidagi elchisiga: Sovet Ittifoqining Damashqdagi konsuliga.
Sovet Ittifoqining Damashqdagi madaniyat mudiriga.
O’zbekistondagi “Chet ellarda yashayotgan o’zbek millatiga oid kishilar bilan madaniy aloqa o’rnatish “Vatan” jamiyati hay’atiga”.
Biz Suriyada yashovchi o’zbek farzandlari Sizlarga talabnoma taqdim etib, o’z farzandlarmiziga ona tilini o’qitish ishlarida madaniy yordam berishlaringizni so’raymiz. Koshki bu o’zbekistonlik qondoshlarimiz bilan aloqani mustahkamlashga bir vosita bo’lsa. Biz bu talabimiz sababini quyidagicha bayon etamiz. Bu erda o’zbek tilini birovga o’rgatish darajasida yaxshi biladigan kishilar yo’q. Undan tashqari til o’rgatish uchun dastlabki qo’llanmalar yo’q. Ko’p sonli o’zbek tilini o’rganish istagida yurgan o’zbeklarning nazarda tutib, Damashqdagi sovet madaniyat markazida rus tili o’qitilayotgani kabi shu markaz qoshida o’zbek tilini o’qitish kurslarini ochib berishingizni iltimos qilamiz. Bundan tashqari Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi o’zbek birodarlarimizda ham o’z ona tillarini o’rganishga rag’bat katta. Lekin Sovet Ittifoqi bilan Saudiya Arabistoni o’rtasida madaniy aloqa bo’lmagani uchun ular ham zarur qo’llanmalarni bizdan so’ramoqda. Sovet madaniyat markazida keng ommaviy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, bizning ona Vatanimiz bilan aloqalarimizga e’tiborsizlik bilan qaramoqdalar.
Agar madaniyat markazida o’zbek tili kursi ochilsa, kelajakda O’zbekiston bilan aloqalarimizni mustahkamlab, o’zimizning shaxsiy sarf-xarajatlarimiz hisobiga farzandlarimizni O’zbekiston oliy ta’lim dargohlariga yubormoqchimiz, hozirgi paytda biror kishi Toshkentga safar qilmoqchi bo’lsa: juda ko’p to’siqlarga duchor bo’ladi. Bir amallab u erga borgan chog’ida ham, o’zi xohlagan biror ilm dargohida tahsil ololmaydi. Shu sababli biz sizlardan shu masalaga e’tibor berishingizni va iloji boricha tezroq biror chora ko’rishlaringizni so’raymiz, chunki bu ish natijasini faqat biz emas, balki ko’pgina davlatlarda yashovchi o’zbek birodarlarimiz ham kutmoqda.
Sizlarga chuqur ehtirom bilan:
Abdulhamid Buxoriy, Abdullatif Buxoriy, Abdulmajid Buxoriy, Burxon Buxoriy, Muhammad Amin Buxoriy, Abdul Hafiz Buxoriy, Abullaziz Buxoriy, Abdulhofiz Buxoriy, Farrux Buxoriy.
Biz o’zbeklar o’zlari turgan mamlakatlarda o’zbek madaniyatini, tarixini o’rganishga hissa qo’shyaptilar deb aytdik. Haqiqatan ham ular amalga oshirayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Shin Jong uyg’ur avtonom jumhuriyatidagi dorilfunun dostenti Fayzullo Ikrom Xitoyda yashayotgan o’zbeklar orasida xalq qo’shiqlari va termalarini to’plash bilan shug’ullanadi. U xalq qo’shiqlaridan to’plangan maxsus kitob nashr qildirdi. O’zbekistonda mehmon bo’lib turganida u Xitoyda o’zbeklar orasida keng tarqalgan termalar, laparlardan quyidagilarni o’qigan edi:
Eshik oldi goh hovuz,
Gul ko’rgani kelganmiz,
Gulni bahona qilib,
Yor ko’rgani kelgan biz
Shamol eshik qoqadi,
Yorim pista chaqadi,
Oching desam ochadi,
Ochadi-yu, qochadi.
Oltin qo’lning soziman,
Qo’ldan uchgan g’oziman
Bevafolik qilguncha
O’lgunimcha roziman.
Shubha solma uyimga
Qurbon bo’lay bo’yingga
Chindan sevsang sen mani
To’y qo’shilsin to’yingga, - va hokazo.
Afg’onistonlik o’zbek Fayzullo Aymoq Qobulda birinchi marta. Afg’oniston o’zbeklari xalq og’zaki ijodi namunalaridan xalq matallari, termalari, qo’shiqlari, latifalari, dostonlari, zarbulmasallaridan iborat “Xalq dostonlari” kitobini nashr qildirdi, uning Afg’oniston o’zbeklari xalq qo’shiqlari mavzusidagi dissertastiyasi ilk bor Afg’oniston o’zbeklari folklori tadqiqoti haqidagi yuksak maqsadga qaratilgan ilmiy ishdir.
1980 yildan boshlab Afg’onistonda yirik shoir Sulaymon Loyiq rahbarligida “o’zbek va turkman madaniyatini rivojlantirish qo’mitasi” ishlab turibdi. Qobulda o’zbek folklorlik va ilmiy to’plamlardan “Yangi zamon taronalari”, “O’lkam bahori”, “Xalq tafakkuri” kabi to’plamlar qo’mita tomonidan nashr qilindi. Afg’oniston Fanlar Akademiyasi o’zbek tili va adabiyoti bo’limida faoliyat ko’rsatayotgan o’zbek shoirasi Shafiqa Yorqin Z.M.Boburning “Boburnoma” asari 460 yilligi yubileyi sharafiga (1990 y.) “Boburning she’riy devoni”, “Boburga armug’on” degan she’riy to’plamlarni nashrga tayyorlagan. A.Navoiyning 550 yilligi yubileyi oldidan (1991 y.), Shafiqa Yorqin ushbu bo’lim boshlig’i, afg’on olimi (Juzjonlik o’zbek) professor Muhammad Yoqub Vohidiy bilan hamkorlikda adibning “Muhokama tul - Lug’atayn”, “Mezon – ul avzon”, “Vaqfiya” nomli asarlarini mo’’tabar nusxalar asosida nashrga tayyorladilar. O’zbek klassik va sovet adabiyoti namoyondalari yubileylari oldidan Afg’onistonda o’zbek adiblarining muntazam ravishda ilmiy-adabiy yig’ilish mushoiralari uyushtirildi. Ushbu anjumanlarda o’zbek shoir va shoiralardan Sharofiddin Sharof (Domlo Bedil), Qori Sharofiddin, Sayyid Akmalidin, Parvona, Qori Muhammad, Muhammad Azimiy, Ashraf Azim (uning “Zafar kunlari” she’riy to’plami “Vatan” jamiyatiga sovg’a qilingan), Abdusalom Osim, Oifa Shadob, Ishoq Sano, Shafiqa Yorqin kabilar aktiv qatnashadilar. “Navoiyxonlik”, “Boburxonlik”, “Hamzaxonlik” mushoiralarida yangi she’riy asarlar vujudga keladi. Jumladan, Sh.Yorqinning “Yaxshilik tamannosi” she’ri, H.H.Niyoziyning “O’zbek xotin-qizlariga” she’ri asosida vujudga kelganini quyidagi misralar tasdiqlashiga shak-shubha yo’q.
Ey yigit vatandoshim, ey enaga qardoshim
Ilmu fanni o’rganib, o’zni yaxshi dono qil,
Istasang jahon bo’lsa, odami omon bo’lsa,
O’lka jovidon bo’lsa, xalqaro modaro bo’lsa
O’lka xizmatin qilgil, ona haqqini bilgil,
Yaxshilik tomon borgil, yaxshilik tamanno qil
O’tdi ranju mehnatlar, keldi yaxshi fursatlar,
“Yorqin” o’ldi zulmatlar nur ichida ma’vo qil...
Nafaqat, badiiy adabiyoti qolaversa, adabiyotshunoslik, tarix, medistina, huquqshunoslik, til sohasida ham o’zbek vatadoshlarimiz xorijda anchagina mavqega egadirlar. Suriyada istiqomat qiluvchi filolog olim, professor Burxon al-Buxoriy o’z uyining yarmini ilmiy kutubxona, yarmini esa ilmiy kompyuter markazi qilib olib, 10-12 shogirdi bilan, ulkan adabiy asarlarni kompyuter programmasiga joylayapti. U Navoiyning ayrim asarlarini aruz vaznini yo’qotmagan holda, arab tiliga tarjima qilib o’zi tuzgan transkripstiya yordamida kompyuterga kiritib, kompyuter ingliz va nemis tiliga tarjima qilgan materiallarni ko’paytirib, Evropa mamlakatlariga tarqatish ustida ishlayapti. “O’zbek va qozoq romanchiligida milliy ong masalasi”ni tadqiq qilib doktorlik diplomini olgan olmoniyalik Temir Xo’ja Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanini hamda shoirlar Toshpo’lat Ahmad, Salomat Vafoevalar she’rlarini turk tiliga tarjima qilib, Turkiyaga tarqatish ustida ish olib bormoqda.
Afg’onistondan Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tgan vatandoshimiz Mubashirxon Solmoniy-Kosoniy tarixiy adabiyotlar va arab yozuvidagi manbalardan foydalanib uch jildli “O’rta Osiyo tarixi” kitobini yozgan. U o’zi yashovchi Axbo shahridan Madinaga borib, Abdulqodir Marg’inoniy nomli vatadoshimizning “Maktabi imon” kutubxonasiga qarashli matbaada o’z kitobini chop ettirib xorijdagi o’zbek vatandoshlarga tarqatgan. Yana bir hamyurtimiz til muammolari bilan shug’ullanuvchi Yoqubxo’ja Yo’ldosh Maxjuriy “Til yo’rig’i” kitobining avtoridir. Saudiya Arabistonidagi Makka shahri Um-ul Qaro Universiteti professori, doktor Muhammad Said Hasan, muallimlar tayyorlash maktabining ustozi doktor Muhammad Umar Toshkandiy kabilar o’zlarining bir qancha risola va maqolalarini arab mamlakatlarida e’lon qilganlar. Saudiya Arabistonidagi o’zbek vatandoshlarning ziyolilar orasidagi mavqei to’g’risida vatandoshimiz Abdulhakim Xalifa Ismoiliy shunday degan ekan: “Mamlakatimizda (Saudiyada) hamyurtimiz bo’lgan Abdulazim Abdulfattoh qori Qo’qondiy, Muhammad Sayid Hasan qori, No’’mon Toshkandiy singari din arboblari va olimlar bilan faxrlanamiz. Bu ulug’ insonlar nomi arablar o’rtasida ham hurmat ehtirom bilan tilga olinadi”.
Ziyoli o’zbek vatandoshlar xorijning ko’pgina mamlakatlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Medistina professori Shohmurod Ilhom va doktor Axmedovlar Olmoniyada medistina ilmining bilimdonlari sifatida tan olinadi. Turkiyadagi “Turkiston jamiyati” raisi professor Ahad Andijoniy Orol va O’zbekistondagi ekologik muammolar hamda Afg’onistondagi mantiqsiz urushda bekorga halok bo’lgan o’zbek farzandlariga bag’ishlangan o’nlab maqolalar avtori, Anqara Universiteti professori O’rxun Qovunchi Turkiyaddagi eng e’tiborli kishilardan biri Shahobiddin Yassaviy, Sobir Sayxonlar ta’sirchan she’rlar va axloq-odobga undovchi risolalar avtorlaridir. Xorijda yashagan o’zbek mashhur qo’shiqchilaridan Sobir Korgar (Turkiya), avval mashhur san’atkorlardan Komiljon Otaniyozov keyinchalik esa Ortiq Otajonov bilan yaqin aloqada bo’lgan, ularning qo’shiqlarini o’zbek vatandoshlariga targ’ib qilgan Ismatulla Turkistoniy (Afg’oniston) kabilar faoliyati ham diqqatga sazovordir.
Bizning mamlakatimiz Evropa qismida yashovchi xalqlar o’z vatandoshlari tomonidan yaratilgan madaniyatni ko’z qorachig’lariday asrab avaylaydilar. Ularning asarlarini, ijod namunalarini o’z jumhuriyatlarida keng targ’ib qiladilar va o’rganadilar.
Xorijda o’zbek va o’zbek vatandoshlar tomonidan yaratilayotgan madaniyat o’zbek xalqi vakillari tomonidan yaratilar ekan, umumo’zbek madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida qaralib, O’zbekistonda o’rganilsa foydadan xoli bo’lmaydi.
Jamiyatimizda xalq ommasi siyosiy ongining tobora o’sib borishi, xalqlarning insoniy manfaatlar yo’lida birgalikda harakat qilishga intilib borishi, mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlardan kengroq xalqaro aloqalarga amaliy kuch-qudrat baxsh etmoqda. Afg’onistonlik akademik Asadulla Habib ta’kidlaganidek: Hukumatlar o’rtasidagi munosabatlar har doim bir xil bo’lavermaydi. Bugun yaxshi, ertaga yomonlashuvi mumkin. Xalq munosabati esa abadiy, hech vaqt buzilmaydi. Imkoniyat cheklanishi mumkin, lekin qalblarining cheklanishi mumkin emasdir.



Download 81,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish