Mavzu: O’zbek jadid adabiyoti Reja



Download 0,61 Mb.
Sana31.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#520078
Bog'liq
303-guruh Jo\'rayeva Nasiba O\'zbek jadid adabiyoti mavzusi





O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI


Kutubxona axborot faoliyati fakulteti


Kutubxonachilik va bibliografiya yo‘nalishi


JAHON VA O‘ZBEK ADABIYOTI FANIDAN
Bajardi: 3-bosqich 303-sirtqi guruh
talabasi Jo’rayeva Nasiba

MAVZU: O’zbek jadid adabiyoti

Reja:

  1. Jadidchilik harakati va jadidchilik adabiyoti.

  2. Mahmudxo’ja Behbudiy ijodi.

  3. Jadid adabiyoti ahamiyati.


XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan muslamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:


1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;
2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.
I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari aloxida e’tiborga molikdir.
Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:
1.Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
2.Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3.Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga
qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. YAngicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida xam ko’rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muxarrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «Shuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi. Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam paydo bo’ldi.
Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. Chunonchi, Toshkent politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o’qituvchi Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan. Qo’qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo’lgan. Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti «Taraqqiyparvar» deb atalib, maxfiy ishlar bo’yicha politsiya bo’limining ma’lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan biri Ubaydulla Xo’jayev bo’lgan. SHuningdek, podsho ayg’oqchilari 1909-1916 yillar davomida mudarris va maktab o’qituvchilarining o’lkani boshqarishda isloxotlar o’tkazish kerakligi xaqida targ’ibotlar olib borayotganliklarini bir necha marotaba xukumatga yetkazganlar.


Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarish yuzasidan asosli isloxotlar o’tkazish, o’lkaga Davlat Dumasidan axoli soniga qarab o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «Sho’roi Islomiya», «Ittifoqi muslimin», «Turon» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston Qo’mitasi xam o’lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutmoqda. Chunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. Shu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy xujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo’lgan masalalar bo’yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi. Demokratik xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o’z g’oyalarini xayotga tatbiq etishni mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o’rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik asosda shakllantirilgan Rossiya Ta’sis majlisini chaqirish bilan bog’langanliklari xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda «Sho’roi islomiya»dan «Sho’roi Ulamo» tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta’sis majlisida o’rin olish masalasining muximligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo’shilishiga va «Turk Adami markaziyati» nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining tashkil etilishiga olib keldi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan xokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. Shunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), xujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha, «Ittixodi taraqqiy» (1917-1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol» (1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi» (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o’lkada xokimiyatni qo’lga olish maqsadida faoliyat yuritgan.
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko’nikmay xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar xarakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g’oyaviy raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilishdagi sa’y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik xarakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida isloxotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan isloxotlar o’tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o’rin tutadi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Turkistonda jadidchilik G’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqandda tug‘ilgan. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi.
Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi.
Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi.
Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga qo‘chirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo‘lib, o‘qimagan, johil va nodon bolaning o‘z otasini o‘ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor syenzurasi yo‘l qo‘ymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag‘ishlanadi» degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) syenzurasidan o‘tkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qo‘yish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanvarda sahnaga qo‘yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo‘ldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi.
Behbudiy «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta o‘zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to‘xtadi. Shu yil 20 avgustdan u «Oyna» jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan o‘zbekcha bo‘lib, she’r, maqola (forscha), e’lonlar (ruscha) ham berib boriddi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi.
Behbudiy kitob nashrini ham yo‘lga qo‘yadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).
Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo‘ladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adanaga o‘tib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So‘ng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom shaharlarida bo‘ladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jurnalida bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim bo‘lib, an’anaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi o‘ziga xos namunasi edi.
«Oyna» jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq «Ikki emas, to‘rt til lozim», degan maqola bilan chiqib, o‘zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (mas, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi («Har millat o‘z tili ila faxr etar» —1914), o‘zaro munosabatlari («Til masalasi» — 1915) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini ko‘tardi («Tanqid saralamoqdir» — 1914). Millat sha’nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o‘z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi («Sart so‘zi majhuldur» 1915).
Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qo‘shulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir», «Xurshid» gazetasi, 1906). O‘zlikni anglashni muhim biladi. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «marquq» derlar», deb yozadi («Sart so‘zi majhuldur», «Oyna» jurnali, 1914).
1917 yilning oxiri 1918 yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda o‘lka xalqlarini birlikka chaqiradi.
Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizg‘in qo‘shildi. Aslida bu faoliyat 1906 yildan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq so‘zladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda o‘lka musulmonlar sho‘rosining raisi etib saylandi. 1917 yil 26 noyabrda Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyabrga o‘tar kechasi «Turkiston muxtoriyati» e’lon qilindi. Uning g‘oyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat sho‘rolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda ko‘p tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston sho‘rolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919 yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg‘oqchilari ko‘magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo‘ladi. Fitrat, Cho‘lpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar.
O‘zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQSHda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent shahrida ko‘cha va maktabga Behbudiy nomi qo‘yilgan.
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish