Tamaddixonalar - taomlar assortimenti cheklangan ovqatlantirish maskani bo‘lib, maxsulotlardan tez va oson taom tayyorlanadi. Ular boshqa ovqatlantirish korxonalaridan farq kilib, xizmatni juda tez amalga oshiradi va tashrif buyuruvchilar bir zumda ovqatlanishadi. Iste’mol taomlar assortimenti asosan issiq va sovuq taomlardir. Tamaddixonalarda alkogol ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi.
Tamaddixonalar maxsulotlar assortimentini sotish bo‘yicha umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus tamaddixonalarda chuchvara, pishirilgan go‘sht, kabob, somsa va shu kabilar tayyorlanadi. Tamaddixonalarda ko’p xollarda tik turib tamaddi qilinadi va taom tanlangach, xisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi.
Bufetlar - ovqat mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan bulib, ular odatda maxsulotlarni o’zlariga qarashli ovqatlantirish korxonalaridan oladi.
Ommaviy o’yin - tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolat maxsulotlari, shirinliklar, meva va turli xildagi sharbatlar, issiq ichimliklar sotiladi. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. U yerda uz - o‘ziga xizmat qilish usuli amalga oshiriladi.
Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi:
• maktab va OTMlarda;
• tomosha maskanlarida:
• sport maydonlari atrofida;
.vokzallarda:
daryo va dengiz kemalarida:
• ishlab chiqarish va transport korxonalarida:
• qurilish va boshqa muassasalarning ichida yoki tashqarisida joylashishi mumkin.
Ovqat magazinlari - aholiga har xil taom va qandolat maxsulotlari, yarim tayyor maxsulotlarni sotadi. Sotiladigan maxsulotlarga oldindan buyurtmalar qabul qilishi mumkin. Yirik ovqat magazinlarida esa issiq ichimliklar kandolat va maxsulotlari sotadigan kafeteriylar tashkil etiladi. Ovqat magazinlari aholi yashaydigan binolarda va odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalardagi aloxida uylarda joylashishi mumkin. Ular restoran, oshxona va boshqa korxona filiallari xisoblanadi.
Choyxonalar - gazaklar va ikkinchi issiq taomlar, choy va salqin ichimliklar, sotib olingan non maxsulotlarini chegaralangan assortimentda, yuqori darajada texnologik ishlov berilgan taomlarni taklif qiluvchi xamda iste’molchilarga tez xizmat ko‘rsatuvchi korxonadir. Bundan tashkari u yerda gushtli va baliqli taomlar xamda qandolat maxsulotlari sotiladi.
Qaxvaxonalar - iste’molchilarga keng assortimentdagi qaxva ichimligini tavsiya qiladigan maxsus korxona bo’lib, dunyga mashhur bo’lgan ichimliklar ularning taomnomasida bo‘ladi:
. tabbiy qaxva (filter coffe);
kapuchchino qaxvasi (coffee cappuccino): qaynagan sut ko‘pigiga o’xshash ko‘pikka ega bo‘lgan kuchli qora qaxva, ba’zan dolchin va maydalangan shokolad qushiladi:
lyus qaxvasi (coffee luz): kuchli meva likeri bilan;
korretto qaxvasi (coffee corretto): uzum arog’i bilan;
varshava qaxvasi (coffee Warsaw style): pishirilgan sut va sut kupigi bilan;
turk qaxvasi (Turkish coffee) qand bilan qo‘shib qaynatilgan:
espresso qaxvasi (coffee espresso): kuchli qora kofe.
Qaxvaxonada mijozlar kofedan tashqari boshqa ichimliklar, sharbatlardan tortib to kuchli alkogol ichimligigacha ichishlari mumkin. Muqobil ichimlik sifatida taomnomaga ko’ra, ko’k va o‘t choylari kiritilishi mumkin:
ko’k choy (green tee);
na’matak choy (rose-hip tea);
yalpiz choy (mint tea).
ko’kat o’t choy (herb tea):
romashka choyi (comomile tea):
muz bilan choy (iced tea);
qora choy (black tea).
Qaxvaxonalarda gazaklar xuddi restoranlardagidek bo‘lib, taomlar xam taomnomaga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |