Til 3 qismdan iborat
4 .Ravon talaffuz qilish.
Shirin
|
|
Sho`r va nordon
|
|
Achchiq
|
T ilning ustini shilliq qavat qoplab turadi.Shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari joylashgan.Tilning uch qismi shirinni,tanasi nordonni va sho`rni, ildizi achchiqni sezadi.
Og`iz bo`shlig`iga 3 juft so`lak bezlarining kanalchalari ochiladi
|
Bu bezlardan ajralgan so`lak og`iz bo`shlig`iga quyilib ovqatni ho`llab , uning yutilishini qulaylashtiradi.
Ptialin fermenti
|
|
Lizotsim moddasi
|
Uglevodlarni parchalaydi
|
|
Og`iz bo`shlig`iga tushgan mikrobni eritib yuboradi
|
H ALQUM-Burun va og`iz bo`shlig`ining davomi hisoblanadi.
H alqum uzunligi katta odamda o`rtacha 15 smni tashkil qiladi.
Halqumning vazifasi: 1.Ovqatni og`iz bo`shlig`idan qizilo`ngachga
o`tkazish . 2. Havoni burun bo`shlig`idan hiqildoqga o`tkazish vazifasini bajaradi. Halqumning pastki qismi qizilo`ngachga tutashadi.
QIZILO`NG`ACH- 23-25 sm bo`lib u ham halqum singari shilliq va muskul qavatlardan iborat.U ko`krak qafasi to`sh suyagining orqa qismida joylashgan.Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o`tkazadi.
M EDA-Qorin bo`shlig`ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan.
Katta odamda me`daning hajmi o`rtacha 2,5 litr atrofida bo`ladi.Ko`p ovqat va suyuqlik iste`mol qilish natijasida me`da devori cho`ziladi natijada uning hajmi ancha kattalashadi.Me`daning ichki shilliq pardasi ostida 14 mlnga yaqin mayda bezlar joylashgan.
Pepsin Oqsilni parchalaydi
M edada Lipaza Yog`larni parchalaydi
CL kislota Pepsinning faolligini oshiradi
Me`dada ovqat fizik va kimyoviy o`zgarishlarga uchraydi va maydalanib parchalanib,hazm bo`lib 12 barmoqli ichakka o`tkaziladi.
A ralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat
Y og`li ovqatlar 5-6soat Hazm bo`ladi
S ut ,non va shirinliklar 2-3 soat
Me`dada spirtli ichimliklar qonga tez so`riladi ,shuning uchun ularning ta`siri tez seziladi.Aralash ovqatlar 3-4 soatda hazm bo`lganligi uchun har 4 soatda ovqatlanish kerak.Ovqatlanish tartibini buzilishi 5-7 soat och qolish so`ng birdaniga ko`p oqat iste`mol qilish me`daning ichki shilliq pardasini yallig`lantirib gastrit va me`da yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi.Bu kasallikda meda shirasida avvalo CL kislota va fermentlar ko`payadi.Shuning uchun odam zarda bo`ladi,nordon kekirish,me`dasohasida achishish va og`riq seziladi.Shuning uchun ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak.
O`N IKKI BARMOQLI ICHAK-Ingichka ichakning boshlang`ich qismi bo`lib 12 barmoq eniga teng.25-30 sm bo`ladi.Shuning uchun 12 barmoqli ichak deyiladi.
Me`da osti bezining shirasi
O `n ikki barmoqli ichakka quyiladi
Jigarning o`t suyuqligi
Tripsin Oqsilni parchalaydi
M e`da osti bezi Lipaza Yog`ni parchalaydi
fermentlari Amilaza Uglevodni parchalaydi
Katta yoshli odamda bir kecha kunduzda o`n ikki barmoqli ichakka 500-800 ml, me`da osti bezi suyuqligi ,700-1200ml o`t siyuqligi quyiladi.Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm qilish jarayoni juda faol o`tadi.
INGICHKA ICHAK-O`nikki barmoqli ichakning davomi bo`lib uning uzunligi katta odamda 5-6 m kengligi 2-2,5 sm bo`ladi.Devori silliq muskullardan tashkil topgan . Bu muskullar ichakning mayatniksimon va peristaltik harakatini ta`minlaydi.Ichakning mayatniksimon va to`lqinsimon harakati natijasida ovqat moddalariichak shirasi bilan aralashadi.Bu ovqatni parchalanib hazm bo`lishini ta`minlaydi.Ichakning siljishini ta`minlaydi. Ingichka ichak shilliq qavati ostida juda ko`p mayda bezlar joylashgan .Ulardan ajraladigan suyuqlik tarkibidagi enterokinaza lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqligidagi tripsin va boshqa fermentlar ta`sirini faollashtiradi.Ichak shilliq qavati yuzasida mayda so`rg`ichlar –Vorsinkalar bor. Vorsinkalar qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta`minlangan.Ichak shilliq qavatining 1va 2 chi sathida 30-40 ta Ichakning butun yuzasida esa 4 mln ga yaqin vorsinka bo`ladi.Vorsinkalar ovqat moddalarini ichak devorida hazm bo`lishini ta`minlaydi. Buni akademik A.I. Ugolov aniqlagan.
Ingichka ichak shilliq qavati bezlaridan ishlab chiqariladigan fermentlar
Yuqoridagi fermentlar ta`sirida ovqat moddalari juda mayda molekulyar xolatgacha parchalanadi.Parchalangan ovqat vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so`riladi.Ingichka ichakda ovqatning hazm bo`lishi 6-8 soat davom etadi.
YO`G`ON ICHAK-Ingichka ichakning davomi bo`lib uning uzunligi katta odamda o`rtacha 1,5 m .U qorin bo`shlig`ida ing`ichka ichakni o`rab turadi.
Yo`g`on ichak 6 qismga bo`linadi.
MUSTAXKAMLASH:Berilgan tarqatma materiallar orqali ishlash
Tish 2 litr
Halqum 25 sm
Oshqozon 1 ta
Ogiz 6 m
,Yo`g`on ichak 15 sm
O`nikki barmoqli ichak 20 ta
Qizilo`ngach 1,5 m
Ingichka ichak 12 barmoq eniga
teng
Doskaga ovqat hazm qilish sistemasi organlari yoziladi
1. Halqum
2.Oshqozon
3. Ogiz
4, Yo`g`on ichak
5. O`nikki barmoqli ichak
6. Qizilo`ngach
7. Ingichka ichak
Javob o`qiladi:3,1,6,2,5,7,4
Mavzuni o`rgatishning oson usullaridan foydalanamiz.
YO`G`ON ICHAKNI O`RGATISHNING OSON YO`liNI IBORA ORQALI O`RGATISH.
Ibora tarzida o`rgatish
Ko`richak ,ko`tarilib ,ko`ndalang , tushib ,sigmasimon orqali,
to`g`ri chiqib ketdi .
1.Ko`richak
2.Ko`tariluvchi chambar ichak
3.Ko`ndalang chambar ichak
4.Tushuvchi chambar ichak
5.Sigmasimon chambar ichak 6.To`g`ri ichak
Ovqat hazm qilish sistemasining ketma-ketligini oson usulini o`rgatish
Ovqat yeyishimiz uchun og`zimizni ochamiz
Yeydigan ozig`imizni og`zimizga solamiz
Og`izdan ozig`imiz halqum orqali o`tar
Halqumdan so`ng keyingi qizilo`ngachga yetar
Qizilo`ngach tugagach medamiz boshlanadi
Medamizni so`nggisi o`nikki barmoq ichak
Ingichka ichak undan keyingisi bo`larkan
Ingichka ichakdan so`ng ,yo`g`on ichak kelarkan
Oshqozon osti bezi va eng katta bez jigar ularga qilar yordam
va yegan ozigimizni parchalab tashlar har gal
BAHOLASH:
5-rag`bat,ofarin
4-balli,barakalla
3-harakat qil
Uyga vazifa: Mavzuli o`qib ,organlar haqida ma`lumot to`plab kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |