O`xshatishlar. O`xshatishda ham, tropning deyarli barcha ko`rinishlarida
ham o`xshatish g`oyasi asos bo`ladi. Biroq o`xshatish bir xususiyati bilan tropdan
farqlanadi: o`xshatish va troplarda ham o`xshatish g`oyasi asos bo`lsa-da, trop
turlarida o`xshatish belgilari qisqa ifodalanadi, o`xshatish ifodada bu belgilar to`liq
ifoda etiladi. Qolaversa, troplarda o`xshatishni ifodalovchi –day, -dek, kabi, xuddi,
yanglig`, go`yo, misli singari til vositalari ishtirok etmaydi.(tulki odam-metafora,
tulkidek ayyor odam)
O`xshatish ifoda quyidagi to`rt elementdan iborat:
1) o`xshagan narsa
2) o`xshatilgan narsa
3) o`xshash sifat
4) o`xshashlikni ifodalovchi til vositalari
O`xshatish ifodasi matn ichida amalga oshadi. Chunki, shoir va
yozuvchilarning ba’zilari bir predmet yoki voqea-hodisani biror bir predmet yoki
voqea-hodisaga o`xshatsa, ikkinchi bir yozuvchi yoki shoir o`sha predmet yoki
voqea-hodisani ikkinchi bir predmet yoki voqea-hodisaga o`xshatadi.
Goho sutdek oydin kechalari hovli o`rtasidagi supadami, chorpoyadami
yotganinggizda, birdan uyg`onib ketasiz. (“Uzun kechalar”43-b)
Manbalarda o`xshatishni hosil qiluvchi vositalar ikki guruhga ajratilgan
66
:
leksik vositalar hamda grammatik vositalar. Leksik vositalarga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin: kabi, singari, qadar, yang`lig`, bamisoli, bamisli, misoli,
misli, monand, xuddi, naq, go`yo, teng, o`xshatmoq, eslatmoq, aynan kabi.
66
Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. – Samarqand, 1994. – B. 18.
-day, -dek, -dayin, -namo, -simon, -ona, -omuz, -cha, -larcha, -chalik, -
chasiga kabi qo`shimchalar esa grammatik vositalarni tashkil etadi.
Hotam-xasis negadir iljayadi. Qoshiqdekkina yuzidagi ajinlar qat-qat
bo`lib ketadi. (67-b)
Bu hikoya bilan tanishadigan bo`lsak, hikoya qahramonining yolg`izgina
o`g`li urushga ketib, qaytib kelmagani, hayotiga mazmun kiritish maqsadida “uch
oyoqlisi”, ya’ni fotoapparatida yosh bolalarni rasmga tushirib yurganligi, to`plagan
barcha pullariga o`g`lining bittagina rasmini turli xil ko`rinishlarda chiqarganligini
guvohi bo`lishimiz mumkin. Muallif qahramonning yuzini aynan “qoshiq” qa
o`xshatganligi ham shundan. Umri davomida o`g`lining hayoli bilan yashagan
otaning yuziga bunday o`xshatish hikoyaning ta’sir kuchini yanada oshirgan.
Goho sutdek oydin kechalari hovli o`rtasidagi supadami, chorpoyadami
yotganinggizda, birdan uyg`onib ketasiz. (“Uzun kechalar”43-b)
Bu jumlada kechaning sutdek oppoq ekanligi, oydinlikka o`xshatilgan.
Tamom bo`ptiku! Rangi dokadek oppoq… Soqol-mo`ylovi o`sgan… (65-b)
Do'stlaringiz bilan baham: |